2. IShDAN MAQSAD
Bir fazali induksion energiya hisoblagich tuzilishi, ishlash prinsipi va nazariyasini o’rganish. Energiya hisoblagichning xususiyatlari va uni ishonchlash usuli bilan tanishish.
3. IShNING NAZARIY QISMI
Induksion o‘lchash mexanizmlarining ishlash asosi bir, ikki yoki bir necha o‘zgaruvchan magnit oqimlari mexanizmining qo‘zg‘aluvchan qismida hosil qilgan toklari bilan o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘lishi hodisasiga asoslangan. Ishlash asosiga ko‘ra, induksion o‘lchash mexanizmlari faqat o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi mumkin.
Induksion o‘lchash mexanizmlari elektr energiyani hisoblagich asboblarida keng qo’llaniladi. Ularda qo‘zg‘almas ikkita elektromagnit 1 va 2 larning o‘zgaruvchan magnit oqimlari o‘q 4 qa o‘rnatilgan aluminiy disk 3 da toklar induksiyalaydi, bu toklarning elektromagnitlar magnit oqimlari bilan o‘zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi (3.1- rasm). Induksion asbob kichik o‘zgaruvchan elektr motori hisoblanadi, unda ikkita o‘zgaruvchan oqim aylanuvchi magnit maydoni hosil qiladi. Induksion asbobning elektromagnitlaridan biri ko‘p o‘ramli chulg‘amga ega, unda induksion qarshilik katta bo‘ladi va u zanjirga voltmetr kabi ulanadi. Shuning uchun elektromagnitlardan birining magnit oqimi kuchlanishga mutanosib. Asbobning ikkinchi elektromagnit chulg‘ami kam o‘ramlardan iborat. U zanjirga ampermetr kabi ketma-ket ulanadi. Undagi elektromagnitning magnit oqimi o‘lchanadigan tokka mutanosib. Shunday qilib, induksion asbobning bitta magnit oqimi kuchlanish U ga, ikkinchisi tok I ga mutanosibdir. Bu oqimlarning diskka ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan aylantiruvchi moment Mayl o‘zgaruvchan tokning quvvatiga mutanosib bo‘ladi:
,
bu yerda – mutanosiblik koeffitsiyenti.
Induksion asbobning aylanishlar soni uning mexanizmi orqali o‘tadigan energiyaga mutanosib bo‘lishi uchun aylantiruvchi momentga qarshi, uni tormozlovchi, induksion asbobning qo‘zg‘aluvchan qismi bo‘lmish diskning aylanishlar chastotasiga mutanosib bo‘lgan moment hosil qilish kerak. Bu moment induksion asbob diskiga o‘zgarmas magnit 5 maydonini ta’sir ettirib hosil qilinadi (3.1- rasm). Disk aylanganda o‘zgarmas magnit maydonini kesib o‘tadi va ga teng e.yu.k. induksiyalanadi. Diskning chiziqli tezligi ifodalanadi, bu ifodada n – diskning bir daqiqadagi aylanishlari soni, r – diskning radiusi. Demak, o‘zgarmas magnit maydoni aylanuvchi diskda
3.1- rasm. Induksion asbobning tuzilishi (a) va vektor diagrammasi (b)
induksiyalovchi e.yu.k. ga teng, bu yerda va – o‘zgarmas koeffitsiyentlar. E.yu.k. diskda aluminiyning solishtirma o‘tkazuvchanligi ga mutanosib tok hosil qiladi.
Oqim bilan diskdagi tokning o‘zaro elektromagnit ta’sir kuchi
bo‘ladi.
Bunda hosil bo‘ladigan tormozlovchi moment
.
Disk aylanishining barqarorlashgan chastotasida aylantiruvchi moment Mayl tormozlovchi moment Mtor ga teng bo‘ladi, ya’ni:
yoki
Bu ifodada tormozlash koeffitsiyenti . Uning asosida:
.
Agar t vaqt oralig‘ida quvvat P o‘zgarmasa,
o‘rinli bo‘ladi. Ma’lumki, Pt = W – tekshirilayotgan uskunaning t vaqt mobaynida iste’mol qiladigan elektr energiyasi, nt = N – esa bu vaqt orasida energiya hisoblagich diskining aylanishlari soni. Bular asosida
deb olinadi.
Demak, diskning aylanishlar sonini hisoblagichning o‘zgarmas koeffitsiyenti ga ko‘paytmasi tekshirilayotgan uskunaning t vaqtda sarflagan energiyasini ifodalaydi. Fizik jihatdan kattalik uskunaning disk bir marta aylanganda iste’mol qiladigan elektr energiyasi miqdoriga teng.
Diskning aylanishi chervyakli uzatma va tishli g‘ildiraklar tizimi orqali hisob mexanizmiga uzatiladi, bu mexanizmni tayyorlashda uzatish soni shunday tanlanadiki, hisob mexanizmi ko‘rsatishiga qarab, iste’mol qilinadigan elektr energiyasini bevosita kilovatt soatda aniqlash mumkin.
Hisoblagichni rostlash uchun ning ga bog‘liqligidan foydalaniladi: o‘zgarmas magnitning diskka nisbatan holati o‘zgartiriladi.
Uch fazali uskunalarda umumiy o‘q orqali umumiy hisob mexanizmiga ta’sir etuvchi induksion hisoblagichlarning ikkita yoki uchta harakatlanadigan elementi ko‘rinishida bo‘lgan hisoblagichlar qo‘llaniladi. Uch simli, uch fazali tizimlarda hisoblagichlar uchun ikkita vattmetr usuliga mos keluvchi sxemadan foydalaniladi.
Induksion o‘lchash mexanizmlarining asosiy afzalliklari – o‘z maydonining kuchliligi sababli, tashqi magnit maydonlarining ta’siri sezilmasligi hamda ortiqcha yuklamaga bardosh bera olishining ancha yuqoriligidir.
Bu asboblarning kamchiliklari – faqat o‘zgaruvchan tok zanjirlari uchun yaroqliligi, chastotaning o‘zgarishiga sezgirligi va aniqligining ancha pastligidir.
4. TOPShIRIQ
1.2 - jadvalni to’ldiring, sxemadagi asbob va uskunalar bilan tanishing, induksion energiya hisoblagichning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishing.
Do'stlaringiz bilan baham: |