7. O’LChASh NATIJALARI BILAN IShLASh
1. 3.4 - sxemani yig’ing. ifodadan foydalanib cos = 1 (faol yuklama) va cos = 0,5 (reaktiv yuklama) uchun energiya hisoblagichning haqiqiy doimiyligini aniqlang.
2. formula bo’yicha ishonchlanayotgan energiya hisoblagich nisbiy xatoligini aniqlang va aniqlik sinfini belgilang.
8. QISQAChA XULOSALAR
1. Energiya hisoblagichning tuzilishi va ishlash tamoyili to’g’risida.
2. Energiya hisoblagichning tajriba orqali aniqlik sinfini belgilash haqida.
3.2- jadval
|
O’lchanganlar
|
Hisoblanganlar
|
|
|
Р
Wt
|
t
sek
|
Na
ayl
|
Cx
|
CH
|
%
|
|
cos=1
cos=0,5
|
1.
2.
3.
1.
2.
3.
|
|
|
|
|
|
|
|
Hisobotni yozish tartibi
1. Иш максади ва унинг номи.
2. Energiya hisoblagichning tuzilishi va ishlashi to’g’risida.
3. Energiya hisoblagichning tajriba orqali aniqlik sinfini belgilash haqida.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar.
1. Bir fazali induksion energiya hisoblagichning ishlash tamoyili nimaga asoslangan?
2. Energiya hisoblagichda aylantiruvchi moment qanday hosil bo’ladi va u nimaga bog’liq?
3. Tormozlovchi moment qanday hosil bo’ladi va u nimalarga bog’liq?
4. Ishqalanish momentining xatolikka ta'siri qanday yo’qotiladi?
5. Induksion energiya hisoblagich diskining o’z-o’zidan yurish hodisasi nima, u qachon sodir bo’ladi va qanday yoqotiladi?
6. Induksion energiya hisoblagichning haqiqiy doimiyligi deb nimaga aytiladi?
7. Induksion energiya hisoblagichning uzatish soni va nominal doimiyligi nima?
8. Induksion energiya hisoblagichning nisbiy xatoligi qanday formula bilan ifodalanadi?
O’ZGARMAS TOK KOMPENSATORLARNI O’RGANISh VA QO’LLASh
1. IShGA TAYYoRLANISh
Laboratoriya ishini bajarish oldidan shu mavzuga oid ma'lumotlarni ushbu ko’rsatmada keltirilgan adabiyotlarning tegishli bo’limlaridan o’qib o’rganing.
2. IShDAN MAQSAD
1. O’zgarmas tok kompensatorlarining tuzilishi va ishlash asoslari bilan
tanishib chiqish.
2. Kompensator yordamida qarshilikni o’lchashni o’rganish.
3. IShNING NAZARIY QISMI
Kompensatorlar taqqoslovchi o‘lchash asboblar turiga mansub bo‘lib, ishlash asosi e.yu.k. yoki kuchlanishni hamda ular bilan bog‘liq kattaliklarni kompensatsiyalashga asoslangan.
O‘zgarmas tok kompensatorlari kuchlanish, e.yu.k. va ular bilan bog‘liq boshqa elektr kattaliklar: tok, qarshilik va quvvatni o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgarmas tok kompensatorining sxemasi 4.1 - rasmda keltirilgan.
|
4.1- rasm. O‘zgarmas tok kompensatorining sxemasi
| Bu yerda – namunaviy, ishchi tok va o‘lchanayotgan e.yu.k. manbalari; R, Rnam, RK – rostlanuvchi, namuna va kompensatsiyalovchi rezistorlarning qarshiliklari; MK – muvozanat ko‘rsatkichi, odatda magnitoelektrik galvanometr; SA – qayta ulagich.
Kompensatorning ishlash prinsipi quyidagicha: SA ulagich 1 – holatda turganda, namunaviy qarshilikdagi kuchlanish pasayishi namuna e.yu.k. manbai kuchlanishi bilan kompensatsiyalanadi, ya’ni MK ko’rsatishi nolga keltiriladi. Keyin SA ulagich 2-holatga o‘tkaziladi va Rk qarshilik o‘zgartirilib, Iish RK = EX ga erishiladi. Namunaviy va kompensatsiyalovchi qarshiliklardagi kuchlanish pasayishlari tenglashtirilib, quyidagilar hosil qilinadi:
,
bundan:
.
Yuqoridagi ifoda Iish mo‘tadil bo‘lgan hol uchun o‘rinli. Shu sababli Eish manba mo‘tadilligiga katta talab qo‘yiladi.
EN va Rnam elementlar qiymati yuqori aniqlikda ma’lum bo‘lganligi sababli, R qarshilik kuchlanish birliklarda darajalanadi.
Kompensatorning o‘lchash doirasi 0...2 V oralig‘ida bo‘lganligi tufayli katta kuchlanishlar kuchlanish bo‘lgichlari yordamida o‘lchanadi.
4. TOPShIRIQ
Laboratoriya ishida foydalaniladigan o’lchash asboblari bilan tanishing, o’zgarmas tok kompensatorining konstruktiv tuzilishi va ishlashini o’rganib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |