4. TOPShIRIQ
1. texnika xavfsizligi qoidalari билан tanishing.
AMPERMETRLARNI IShONChLASh
1. IShGA TAYYoRLANISh
Laboratoriya ishini bajarish oldidan shu mavzuga oid ma'lumotlarni ushbu ko’rsatmada keltirilgan adabiyotlarning tegishli bo’limlaridan o’qib o’rganing.
2. IShDAN MAQSAD
Magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik va ferrodinamik o’lchash mexanizmli o’lchash asboblarining tuzilishi va ishlash asoslarini hamda ular asosida qurilgan ampermetrlarni ishonchlashni o’rganish.
3. IShNING NAZARIY QISMI
Qo‘zg‘aluvchan g‘altakli magnitoelektrik asboblar yuqori aniqlikka va sezgirlikka ega bo‘lganligi sababli juda keng tarqalgan. Bunday asboblarning o‘lchash mexanizmi (1.1- rasm) doimiy magnit 1, uning qutb boshmoqlari 2, 3 orasiga ma’lum masofada joylashtirilgan ferromagnit silindrsimon o‘zak 4, uni o‘rab turuvchi qo‘zg‘aluvchan g‘altak – ramka 5, bir uchi ramkaga mahkamlangan spiral prujina 6 hamda ko‘rsatkich 7 dan tashkil topgan.
|
1.1- rasm. Magnitoelektrik asbob o‘lchash mexanizmi
| Asbob zanjirga ulanganda ramkadan tok o‘tadi. Uning magnit maydoni bilan doimiy magnit maydoni o‘zaro ta’siri natijasida ramka aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi momentlar tenglashguncha ma’lum burchakka buriladi.
Aylantiruvchi moment quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
bu yerda B – ishchi havo tirqishidagi magnit induksiyasi; r – aylanish o‘qiga nisbatan ramkaning radiusi;, l – ramkaning uzunligi; w – ramkadagi chulg‘amning o‘ramlar soni; I – ramka chulg’amidagi tok; s = 2rl – ramka chulg‘amining aktiv yuzi.
Magnitoelektrik asbobning statik xarakteristikasi
bo‘lib, bu yerda: – ramkaning burilish burchagi. Magnitoelektrik asboblar faqat o‘zgarmas tokda ishlaydi. Demak, asbob ko‘rsatkichi kerakli tomonga burilishi uchun uni zanjirga ulashda o‘lchanayotgan kattalik (tok, kuchlanish) ning ishorasi (+, –) ga e’tibor berish kerak.
Asbobning sezgirligi
burilish burchagiga bog‘liq emas, shuning uchun ham bunday asboblarning darajasi tekis. Magnitoelektrik asboblar o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lgan asboblar turkumiga kiradi. Ular 0,1 aniqlik klassigacha yasalishi mumkin. Ishchi havo tirqishida magnit maydonining bir tekis taqsimlanganligi darajalash (graduirovka) xatoligini kamaytiradi. O‘zining magnit maydoni kuchli bo‘lganidan tashqi maydonlarning ta’siri sezilarsiz. Haroratning o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan xatolik maxsus sxemalar yordamida kompensatsiyalanishi mumkin.
Magnitoelektrik asboblarning afzalliklaridan yana biri ularning yuqori sezgirligidir. Sezgirligi bo‘yicha ular boshqa asboblardan ustun turadi, misol uchun 0,1 mkA gacha to‘la og‘ishli magnitoelektrik mikroampermetr mavjud (M 95 rusumli, aniqlik klassi 1,0). Quvvat iste’moli juda kam, yuqori o‘lchash chegarasi 5 A bo‘lgan ampermetr 0,3 Vt ga yaqin quvvat iste’mol qiladi.
Yuqorida qayd etilgan afzalliklarga ko‘ra, magnitoelektrik asboblar to‘g‘rilagich sxemalari bilan birga o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ham ishlatiladi.
Magnitoelektrik o‘lchash asboblarining kamchiliklariga:
– konstruktiv tuzilishining nisbatan murakkabligi; narxining qimmatligi;
– o‘ta yuklanishga chidamsizligi (odatda tok o‘tadigan prujinalar yoki teskari ta’sir etuvchi moment hosil qi-luvchi tortqilar kuyadi);
– qo‘shimcha o‘zgartkichlarsiz o‘zgaruvchan tok zanjirlarida qo‘llab bo‘lmasligi kiradi.
Magnitoelektrik asboblar ampermetrlar, voltmetrlar, ommetrlar va lo-gometrlar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |