Fiziologik ko‘rsatkichlar:
qonni daqiqalik hajmi;
mushaklar chidamliligi;
yurak qisqarishlar tezligi;
nafasni daqiqalik hajmi(o‘pka ventilyasiyasi).
III
|
Mehnat keskinligi,ergometrik:
signallar zichligi(soatlik miqdori);
ko‘rinish ishlari kategoriyasi;
mehnat monotonligi;
kuzatuv ob’ektlar soni;
diqqat bilan kuzatish davomiyligi;
emotsional zo‘riqish;
fiziologik ko‘rsatkichlar;
organizmni ta’sirga bo‘lgan javob reaksiyasini yashirin vaqti;
yurak qisqarishlar tezligi;
korrekturaviy sinov testlari.
|
6-jadval Mehnat faoliyatiga sarf etiladigan energiya bo‘yicha tasnifi
I
|
II
|
III
|
Engil
|
O‘rta
|
Og‘ir
|
A
|
B
|
A
|
B
|
120 kkal/soat
|
120-150 kkal/soat
|
150-200 kkal/soat
|
200-250 kkal/soat
|
250 kkal/soatdan yuqori
|
Tushadigan og‘irlikni aks ettiruvchi tavsifdir.
Mehnat keskinligi–mehnat jarayonining ko‘proq,markaziy asab sistemasiga tushadigan og‘irlikni aks ettiruvchi tavsifdir.
Mehnatning og‘irligi va keskinligi degan tushunchalar shartli tushunchalardir,chunki har qanday jismoniy mehnat ma’lum darajada markaziy asab sistemasining faoliyatisiz amalga oshmaydi va aksincha har qanday aqliy mehnatda ma’lum darajada harakat–tayanch sistemasi ishtirok etadi.
Mehnat faoliyatlarining turli-tumanligi,ularning organizm funksiyalariga, ya’ni organ va sistemalarning faoliyatlarida turlicha ta’sir qilib,xilma-xil o‘zgarishlar chaqirishi barcha xil mehnat faoliyatlarini chuqur o‘rganib,ularni sistemaga solib klassifikatsiyalashtirishni taqazo qiladi.
Bunday klassifikatsiya avvalam bor qator amaliy masalalarni,jumladan mehnatni normallashtirish,mehnat va dam olish tartibini ratsionallashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish,turli imtiyozlarni asoslash va boshqalar uchun zarur.
Ishlab chiqarish faoliyati jarayonida mehnatni uning tavsifi va fiziologik funksiyalarni sijishiga qarab kompleks baholash uchun SSJI tibbiyot fanlari akademiyasi Mehnat gigienasi va kasb kasalliklari instituti tomonidan tavsiya etilgan“Mehnatning og‘irlik va keskinlik darajasi bo‘yicha klassifikatsiya”dan foydalanish mumkin.
Undan tashqari yuqorida aytib o‘tilgan SSJI davlat Bosh sanitariya vrachining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan(12 avgust 1986 yil,№4137-86) “Mehnatning gigienik klassifikatsiyasi(ishlab chiqarish muhiti omillarining mehnat jarayoni og‘irligi va keskinligining xavflilik va zararlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha)”.
Ushbu klassifikatsiyaga asosan mehnat sharoiti va uning tavsifi 3 ta sinfga bo‘linadi:optimal; yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan;zararli va xavfli.
Uchunchi sinf esa o‘z navbatida 1-darajali, 2-darajali, 3-darajali zararli va xavfli 3 ta sinfga bo‘linadi.
Mazkur tasnifdan foydalanib,turli korxonalarda turli sexlarda ishlovchi kasbdagi ishchilarning mehnat sharoitlarini,uning tavsifini o‘rganish,ishlab chiqarish omillarining,hamda mehnat jarayoni og‘irlik va keskinligining xavflilik va zararlilik darajasini aniqlash natijasida professiogrammalar tuzib,ish joylarini atteestatsiyadan o‘tkazish mumkin va bu attestatsiyaga asosan mehnat sharoitlari va uning tavsifinining xavflilik va zararlilik darajasiga(sinfiga)qarab ishchilarga asosiy ish haqiga qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |