1-sinf-eng maqbul(komfort)mehnat sharoiti.Bunda organizmning minimal zo`riqishida maksimal ish unumdorligiga erishiladi.Bu sinf faqat mikroiqlim kattaliklari va mehnat jarayonida omillar uchun shartli ravishda aholiga nohush ta`sir qilmaydigan,yo`l qo`ysa bo`ladigan chegaradagi qiymatlari komfort sharoit deb qabul qilinga.
2-sinf-yo`l qo`ysa bo`ladigan mehnat sharoiti.Bunda muhit va ish jarayoni omillari satxi ish joylari uchun belgilangan sanitariya me`yorlaridan oshmaydi. Bunda ish jarayonida organizmda bo`lishi mumkin bo`lgan funktsional o`zgarishlar dam olish yoki kelasi smenaga ishga tushguncha tiklanadi va ishchining sog`lig`iga va nasliga yaqin va uzoq kelajakda nohush ta`sir qilmaydi.Komfort va yo`l qo`ysa bo`ladigan mehnat sharoitlari havfsizdir.
3-sinf-zararli mehnat sharoiti.Bunda odam organizmi va
zurriyotiga nohush ta`sir ko`rsatadigan va gigienik me`yorlardan katta bo`lgan ishlab chiqarish omillari mavjud.
Zararliligi bo`yicha ushbu sinf omillari to`rt darajaga bo`linadi:
3.1. Organizmda tiklanishi mumkin bo`lgan funksional o`zgarishlar keltirib chiqaradi;
Qat`iy funktsional o`zgarishlarga va kasallanishning ortishiga olib keladi;
Engil formadagi kasbiy patologiyaning aniq belgilari paydo bo`lishi,surunkali kasalliklarning ortishiga olib keladi;
Kasbiy kasalliklarning aniq belgilari paydo bo`lishi,surunkali kasalliklarning sezilarli ortishi va umumiy kasallanishning ko`payishiga olib keladi;
4-sinf-havfli (ekstremal) mehnat sharoiti.Bunda ishlab chiqarish omillarining ish smenasi yoki uning bir qismidagi ta`sir kishi hayotiga havf solishi yoki o`tkir kasbiy kasalliklarning og`ir formasi paydo bo`lish havfi yuqoridir.
Ergonomika-insonning ish jarayonidagi harakatidir.Erganomika-ishlab chiqarish jarayonida ishchining charchamasdan,ish qobiliyati pasaymagan va sog`lig`ini yo`qotmagan maksimal ish unumdorligiga erishishda funktsional imkoniyatlarni o`rganuvchi fandir.
Ergonomika-nazariy fan bo`lib,fiziologiya,psixologiya,antropometriya, mexnat gigienasi va insonning ish faoliyatini kompleks ravishda qamrab oladi.Hozirgi paytda yangi texnologik jarayon,kichik korxonalar, yangi mashina va uskunalar albatta mahsulot sifatiga binoan bo`lishi zarur.Ergonomik ko`rsatkichlar belgilangan talablarga javob berishi kerak.
Ish joylarida narsalarni joylashtirish,ularning shakli,rangi va boshqa qator omillar noto`g`ri joylashtirilsa ishni charchatadi,to`g`ri joylashtirilganda esa aksincha,ish unumdorligini oshiradi.Bunda ish joylarini tashkil qilish ham kata ahamiyat kasb etadi: asboblar joylashtirilishi,rangi,mashinaning balandligi va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari shular jumlasidandir.Bular shunday joylashtirilishi kerakki,ishchi ortiqcha harakatsiz,o`zini zo`riqtirmasdan ulardan osonlik bilan foydalansin.Ish joyining balandligi ham muhim ahamiyatga ega. Odatda, u 1000-1600 mm oraliqda olingani maqsadga muvofiqdir.Bundan tashqari ko`zning imkoniyati doirasini ham hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |