Amaliy mashg`ulot№1. Mavzu: Ishlab chiqarishda ish kuni xronometraji,mehnatning og`irligi va keskinligi(zo`riqish) ni baholashni o`rganish


Organizmning energetik sarflari dinamik va statik ishdan tashkil topadi



Download 3,3 Mb.
bet21/170
Sana10.07.2022
Hajmi3,3 Mb.
#771868
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   170
Bog'liq
AMALIY MASHG

Organizmning energetik sarflari dinamik va statik ishdan tashkil topadi. Mushaklarning statik ishi tez charchashga olib keladi,chunki bunda qo'zg'alish bosh miya po'stlog'ining chegaralangan bitta sohasiga yig'iladi,mushaklarning dinamik ishida esa po'stloqning turli sohalari navbatma-navbat qo'zg'aladi. Noqulay vaziyatda ishlashga bog'­liq bo'lgan mushaklarning statik ishini iloji boricha kamaytirish g'oyat muhim.Buning uchun odamning tana o'lchovlariga,qo'l kuchiga mos keladigan dastgohlar va moslamalarda ishlash kerak va hokazo, shundagina ish unumli bo'ladi va odam charchab qolmaydi.Odam qulay o'tirganda mushaklarning statik ish kuchi hammadan ko'p bo'ladi.Shu tufayli ishni o'tirib bajargan yaxshi.Stulda oyoqlar uchun(pol yoki kursiga),sonlar va chanoq uchun (o'tiriladigan joy chuqurligi son uzunligining 2/3 qismiga teng bo'­lishi),bel uchun suyanchiq,tirsaklar uchun tayanch bo'lishi kerak.
Tik turib ishlaganda mumkin qadar kamroq egilish lozim.Ishlovchining bo'yiga mos keladigan asboblar o'lchovini tanlash bu jihatdan ahamiyatlidir.5 kg gacha kuch sarflanadigan ishni o'tirib,10 kgligini o'tirib va tik turib,20 kg da esa tik turib bajargan qulay.
Ish joyida ishlatiladigan asboblarni o'ylab joylashtirish va ishning to'g'ri usullarini qo'llash ortiqcha harakatlar qilishning oldini oladi.
Tushki tanaffus 1 soat bo'lishi kerak.Juda toliqib qolmaslik uchun ishdan tashqari vaqtda,ish kuni tugagandan so'ng,har haftada bir kun dam olish,yillik mehnat ta'tilida miriqib hordiq chiqarish kerak.
Insonning ruhiy faoliyatida uch asosiy komponent ajratiladi: ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar va ruhiy holatlar.
Ruhiy jarayonlar inson ruhiy faoliyatining asosini tashkil etadi va borliqning dinamik in`ikosi (tasviri)dir.Ularsiz bilimlarning shakllanishi va hayotda tajriba orttirish mumkin emas.Ruhiy jarayonlarning bilimga oid,his-tuyg`uga oid va irodaga oid turlari bor.
Ruhiy xususiyatlar(shaxsiy sifatlar)-shaxsning xususiyatlari yoki uning o`ziga xos tomonlari(xarakteri,temperamenti va sh.o`).ruhiy xususiyatlarning aql-zakovat,his-tuyg`u,iroda,ahloqiy,mehnatkashlik turlari mavjud. Bu xususiyatlar barqaror va doimiy hisoblanadi.
Insonning ruhiy holati-kishining ichki holatini,psixik kechinmalarini,his-tuyg`ularini aks ettiruvchi kayfiyati.Ruhiy holat o`zining turli-tumanligi,vaqtga bog`liqligi,o`zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.Ruhiy holatning bu yerda qo`yilgan vazifasiga qarab uch guruhga,ya`ni haddan tashqari ruhiy zo`riqish holati,alohida ruhiy holat va ishlab chiqarish ruhiy holatlariga ajratib o`rganish maqsadga muvofiqdir.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish