Amaliy mashg’ulot-4.
Parazit amyobalar. Entoamoeba histolitica va boshqa vakillari.
Mаvzuning mаqsаdi. Pаrаzitlarning rivоjlаnish sikli vа qo‘zg‘аtаdigаn kаsаlliklаrini o‘rgаnish.
Kerakli jihozlar: tablisa, slayd va rasmlar, mikropreparatlar.
Mаvzuning qisqаchа mаzmuni. Ichburug’ amyobasi odamlarning yo’g’on ichagida parazitlik qilib,amsobioz ya’ni qonli ichburug’ bilan kasallanishga sabab bo’ladi.Odam organizmida amyobalarning 5 ta turi uchraydi.ularning 4-tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo’g’on ichak va ko’richakdagi bakteriyalar hisobida yashaydi.
Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniqlagan va bu amyobaning patogenli xususiyatini aniqlagan. Ichburug’ amyobasining kattaligi 20-30 mkn teng.
Rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari bo’ladi. Vegetativ holatning 3-xil shakli aniqlagan
A) kichik vegetativ shakl
B) to’qima shakli
S) gemotofag yoki eritrofag shakli
Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 39 mingdan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o ‘simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo‘lsa-da, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alohida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalami o'zi bajaradi.Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o 'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi: 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2. Sporalilar (Sporozoa). 3. Miksosporidiyalar (Micsospondia). 4. Mikrospondiyalar (Microspondia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, miksosporidiyalar va mikrospondiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar. hatto, o'limga olib keladigan turlari bor. Sarkomastigoforalar tipiga 18 mingdan ortiq tur kirib, sarkodalilar va xivchinliar sinflariga bo'linadi. SARKODALILAR (SARCODINA) sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir. Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular orasida ichburug' (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo’g’o n ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, y a’ni qonli Amyobaning to’qima va eritrofag shakllari ba’zan yirik vegetativ shakllari ba’zan yirik vegetativ shakl ham deb ataladi.Sista yumaloq shaklga ega bo’lib zich parda –sista qobig’i bilan o’ralgan yetilgan sistada 4ta, yetilmaganida 1-2 yadroli bo’ladi. Mayda vegetativ shakli odamning yo’g’on ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. Noqulay Sharoitda sistaga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to’qima shakli (20-25mkm) odamning yo’g’on ichagi devorida yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi to’qimalarni yemirib, shuni xisobiga oziqlanadi. To’qima shakli boshqalarga nisbatan eng zararli hisoblanadi, gemotofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, erittsitlar bilan fagotsitoz holid oziqlanadi.Dizenteriya amyobasining sistalari 4 yadroli bo’ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv savzovot va mevalar istemol qilinganda parazttlar odamning oshqozon ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har-bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo bo’ladi.So’ngra ular mitoz yo’li bilan bo’linib,2 hissa oshadi.Ichakda amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo’lgan odamlar odatda sog’lom bo’lib qolaveradi.Organizm shaklashganda amyobalar boshqa patogen shaklga ya’ni to’qima shaliga aylanadi. To’qima shakli o’zgargan protsolik ferment ajratib,ichak devorida yaralar bo’lishiga olib keladi.Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemor najasida qon bo’lishi kuzatiladi.Odatda yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yanabitta shaklieritrofag shaklini topish mumkin.Bu shakl ancha yirik bo’lib, ko’ndalang o’lchami 20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta bo’lib, o’zi yesa ancha harakatchan bo’ladi. Sitoplazmada ko’pincha eritrotsitlarni topish mumkin. Shuning uchun eritrofag yoki gemotofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyobasi odamning boshqa a’zolari (jigar,o’pka) da ham joylashishi mumkin.
Amyobioz kasalligining belgilar, asosan qorin og’rishiB ishtaha yo’qolishi, yiring va qon aralash ich ketish aniqlanadi.Ichburug’ amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 mln sista chiqarish mumkin..Kasallikka tashhis qo’yish uchun bemorning najasi konservantga yig’iladi va tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A.Turdiev tomonidan taklif etilgan (1971y). Ichburug’ amyobasi yer yuzasida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda odamlarning kasallaishi 20% dan 30% yetadi. Ichburug’ kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko’p uchraydiyu Markaziy Osiyo, shujumladan O’zbekistonda ham uchraydi. Oldini olishda sanitariya-gigena qoidalarga rioya qilish kerak.
Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Sarkodalilarni qanchaga yaqin turi mavjud.
Dizenteriya amyobasining sistalari nechi yadroli bo’ladi
Ichburug’ amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda necha mln sista chiqarish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |