Dorivor valeryana - Valeryana lekarstvennaya (Valeriana officinalis L.).
Dorivorvaleryana - Valerianaceae oilasiga mansub baland bo‘yli ko‘p yillik o‘t. O‘simlik tabiiy holda MDH ning barcha hududlarida uchraydi. Dorivor xom-ashyo sifatida ildiz va ildizpoya ishlatiladi. Dorivorvaler-yana dorivor o‘simliklar ichida, juda ham ommabop bo‘lib, u asab sistemasini tinchlantirishda, asab tolalari qisilishining oldini olishda, uyqusizlik-da esa spirtli tindirmasidan foydalaniladi[66,68,67,29] (ilova - 298-bet).
SHo‘r erlarda o‘tkazilgan tajribalarda dorivor valeryana 2 xil usulda - urug‘ va ko‘chatdan ekildi. Urug‘ unuvchanligi 2 xil sho‘rlanishdagi tuproqlarda ham juda kam bo‘lib, vegetatsiyaning dastlabki kunlarida qurib qoladi. Ko‘chatdan ekilgan o‘simliklarda ko‘karuvchanlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi. Vegetatsiya davomida esa, 70 - 75 % o‘simliklarning qurib qolgan-ligi, saqlangan o‘simliklarda o‘sish va rivojlanish sust bo‘lganligi kuzatilgan. 1- vegetatsiya yilida o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklar asosiy poyasi 16,0±1,33 sm o‘sib va barglar soni 8,2±1,59 ni, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda esa, bu ko‘rsatkichlar 12,9±1,33 sm va 5,0±0,55 ta ni tashkil etgan. Vegetatsiya, sentyabr oyining o‘rtalariga kelib tugaydi, o‘simliklarning ildizlari chiriy boshlaydi, lekin 4-5 ta nishli ildizpoyalar qish davrida saqlanib, ulardan yangi o‘simtalar ko‘karib chiqadi. 2-vegetatsiya yilida o‘simliklarning o‘sishi bir oz jadallashdi. O‘rtacha sho‘rlangan erlarda asosiy poyalarning balandligi 96,7±5,35 sm ga etadi. Vegetatsiyaning o‘rtalariga kelib 1-tartibli novdalar hosil bo‘ladi va ularning uzunligi-22,4±1,74 sm, barglari 8,4±0,21 ta ga etadi. Kuchlisho‘rlangan tuproqlarda esa, asosiy poyalarning balandligi-82,5±3,86 sm va barglar soni14,0±1,51 ta ni tashkil etadi. SHo‘r tuproqlarda dorivor valeryana ko‘chatdan ekilganda,2-vegetatsiya yilida generativ davrga kiradi. O‘simliklar generativ davrga juda kech (iyun oyining oxiri) kirib, g‘unchalash va gullash fazalari vegetatsiya tugaguncha davom etadi. O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda o‘stirilgan 1 tup o‘simlikda, generativ organlarning soni bir muncha ko‘p bo‘lib,shakllangan mevalar -85,8±4,99 ta va pishgan mevalar - 45,6±2,80 ta ni tashkil etadi. Kuchlisho‘rlangan tuproqlarda esa, o‘simliklardagi generativ organlarning birinchi fazadan ikkinchi fazagao‘tmasdan turib qurib qolganligi ularning kamayib qolishiga (gullar - 5,4±1,16 ta; shakllangan mevalar-9,8±1,05 ta va pishgan mevalar-13,2±0,97 ta) sabab bo‘ldi. SHo‘rtuproqlarda o‘simliklarning urug‘dan ko‘payishi kuzatilmaydi. 2- vegetatsiyaning oxirigacha barcha o‘simliklar qurib qoladi. SHo‘rlanmagan tuproqlarda dorivor valeryana urug‘dan tez ko‘payadi(1m2 da-72-88 ko‘chat), urug‘ unuvchanligi 60-65%va saqlanishi 80,5 % ni tashkil etadi. O‘simliklar tabiiy holda urug‘dan, jadal sur’atda ko‘payadi va asosiy poyalarning soni 200-250 ming ekz./ga ga etadi. Er osti qismlarining hosildorligi 3,00-3,50 t/ga ekanligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |