Amaliy mashg`ulot mavzusi: Sho‘r tuproqlarda introduksiya qilingan dorivor o`simliklar


-Qalampir (dorivor) yalpiz - Myata perechnaya (Mentha piperita L.)



Download 83,97 Kb.
bet3/7
Sana19.04.2022
Hajmi83,97 Kb.
#563199
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashgulot sho`r

-Qalampir (dorivor) yalpiz - Myata perechnaya (Mentha piperita L.).


Qalampir yalpiz - Lamiaceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t. O‘simlik kultigen bo‘lib, madaniy holda Rossiya, Ukraina, Belorus, SHimoliy Kavkaz va O‘rta Osiyoda ekiladi. Dorivor vosita sifatida o‘simlikning er ustki qismi ishlatiladi. Xom - ashyo tarkibida ko‘p miqdorda efir-moylar mavjud bo‘lib, ulardan mentol olinadi. O‘simlikdan olinadigan efir moylari oshqozon – ichak kasalliklarini davolashda, ishtahani ochishda va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi[137](ilova – 289-bet).
Qalampir yalpiz, sho‘r tuproqlarda ildizpoyadan ekildi. O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda ko‘karuvchanlik – 85,6% va saqlanish -100% ni tashkil etgan bo‘lsa, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda muvofiq holda 100 va 85,7% ni tashkil etdi.
O‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklar asosiy poyasining balandligi 1- vegetatsiya yilida 31,02,49 sm va keyingi vegetatsiya yillarida 81,64,04-88,35,42 sm ga etadi. Kuchli sho‘rlangan erlarda esa bu ko‘rsatkich 1- vegetatsiya yilida 26,20,93 sm va 2- vegetatsiya yilida 64,03,47 sm ni tashkil etadi. Asosiy poyadagi barglar soni o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda 8,01,26 va keyingi yillarda 39,33,61 ta ga ko‘paygan bo‘lsa, kuchli sho‘rlangan tuproqlarda 20,61,47 dan 19,82,41 gacha ko‘paygan. Tajribalarda kuzatilishicha, dorivor yalpizning o‘rtacha sho‘rlangan (Buxoro vohasi) va kuchli sho‘rlangan (Mirzacho‘l) tuproqlarda o‘sishi va ko‘payishi jadal kechadi. O‘simliklarning o‘sish ko‘rsatkichlari, hatto sho‘rlanmagan (Toshkent va Namangan) tuproqlarda o‘stirilgan o‘simliklarning o‘sishi va ko‘payishiga nisbatan yuqori bo‘lgan (Murdaxaev, 1990; 1991). SHo‘rlangan tuproqlarda 1- vegetatsiya yilidayoq o‘simliklarda 1- va 2- tartibli novdalar hosil bo‘ladi. 1- tartibli novdalarning soni 18,01,89 , uzunligi -27,02,32 sm va 2- tartibli novdalarning soni 10,41,44 ta va uzunligi -10,61,46 sm ga etadi. 2- vegetatsiya yilida esa 1- tartibli novdalar soni 48,03,09 va uzunligi -58,63,42 sm ga va 2- tartibli novdalar soni 26,82,32 va uzunligi -12,61,58 sm ni tashkil etdi. 3- vegetatsiya yilida o‘simliklar asosiy poyalarining zichlashishi (200-250 ming ekz./ga) bilan 1- tartibli novdalarning o‘sishi pasayadi. Ularning soni 17,32,40 , uzunligi esa 19,32,53 sm ni tashkil etib, 2- tartibli novdalar kuzatilmagan. 3- vegetatsiya yilida o‘simliklar shoxlanishining kamayishi bilan, generativ a’zolarning asosiy poyaning uchki qismida shakllanganligi qayd etilgan. 3.7 va 3.8 - jadvallardan ko‘rinadiki, o‘simliklarda generativ a’zolarning shakllanishi 2- vegetatsiya yilida ko‘paygan. 1- vegetatsiya yilida o‘simliklarning yosh ekanligi va 3- vegetatsiya yilida o‘simliklar poyalarining maydonda zichlashishi, ularning shoxlanishi va generativ a’zolari sonining kamayishiga sababi bo‘ladi. Misol keltiramiz, o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda 2- vegetatsiya yilining sentyabrida 1 tup o‘simlikda 86,4 ta to‘p g‘unchalar, 313,56 ta to‘p gullar, 115,96 ta shakllanganto‘p mevalar va 94,25 ta pishgan to‘p mevalar kuzatilgan bo‘lsa, 3- vegetatsiya yilining sentyabrida 57,85 ta xom to‘p mevalar va 51,66 ta etilgan to‘p mevalar kuzatilgan. YUqorida aytganimizdek, o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi kuchli sho‘rlangan (Mirzacho‘l) tuproqlarda ham jadal o‘tadi. 1- vegetatsiya yilida sho‘rlanish darajasining yuqoriligi o‘simliklarning o‘sishiga xalaqit bergan bo‘lsada, 2- vegetatsiya yili ular jadal ko‘payadi va o‘sadi. 1- tartibli novdalarning soni 1- vegetatsiya yilida 6,40,68 ta, uzunligi -12,30,70 sm ga etgani kuzatilgan bo‘lsa, 2- tartibli novdalar soni 14,40,93 ta, uzunligi 10,31,90 sm ga etadi. O‘simliklarning generativ a’zolari 2- vegetatsiya yilida shakllanadi: sentyabr oyida to‘p g‘unchalar -52,63,64; to‘p gullar -95,86,72; shakllangan -98,67,73 va etilgan to‘p mevalar -83,46,04 ta ga etadi.
SHo‘rlanmagan tuproqlarda o‘simliklar er ustki qismlarining hosildorligi aniqlanganda, 12 marta sug‘orish va 2 marta o‘rishdan so‘ng 2,80 t/ga ni tashkil etgan[123,124,135,136].SHo‘rlangan tuproqlarda bu ko‘rsatkich 2,500,11 t/ga ni tashkil etdi.

Download 83,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish