1. Ob’ekt xarakteristikasi
“O‘rtoq” shokolad ishlab chiqaruvchi firmasining asosiy faoliyat sohasi bo‘lib - supermarket va bozorlarni shokolad mahsulotlari bilan ta’minlashdan iborat. “O‘rtoq” ishlab chiqaruvchi firma turli shokolad mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar bir qismini chakana sotuvchilar, qolgan qismini esa shartnoma asosida supermarketlar va mayda ulgurji savdo tashkilotlari xarid qiladilar.
“O‘rtoq” shokolad ishlab chiqaruvchi firmasining asosiy maqsadi, shokolad mahsulotlarini ishlab chiqarish va ichki bozorga etkazib berish hisoblanadi.
“O‘rtoq” shokolad ishlab chiqaruvchi firma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- turli shokolad mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- yangi turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarish.
2. “O‘rtoq” shokolad ishlab chiqaruvchi firmaning mijozlari.
“O‘rtoq” shokolad ishlab chiqaruvchi firmaningasosiy mijozlari bo‘lib:
- supermarketlar, minimarketlar;
- oziq-ovqat do‘konlari;
- chakana sotuvchilar hisoblanadi.
3. Mahsulot ishlab chiqarish
“O‘rtoq” shokolad ishlab chiqaruvchi firmasi shokolad mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ushbu mahsulotlar korxonaning raqobatchilari tomonidan ham ishlab chiqariladi, shuning uchun sof raqobat bozori nazariyasiga asosan, ularning narxi, mahsulotga bo‘lgan talab va taklif asosida bozorda shakllanadi. Firmaning asosiy ko‘rsatkichiga – sotish xajmiga bir necha omillar ta’sir qiladi. Ulardan asosiylar - reklama xarajatlari, mahsulotni bir birligi bahosi, raqobatchining bir birlik mahsuloti bahosi, iste’mol xarajatlari indeksi.
4. Firmaning statistik tahlili
SHokolad ishlab chiqaruvchi firmaning rahbariyati o‘zining ko‘pdan buyon ishlab chiqarayotgan mashhur shokolad markasini sotishni bashoratlash bo‘yicha modelni yaratishga manfaatdor.
Ushbu firma faoliyatining yillar bo‘yicha ma’lumotlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Yillar
|
Sotish hajmi, mln. so‘m,
Y
|
Reklama xarajatlari, mln. so‘m, X1
|
Bir birligi bahosi, so‘m, X2
|
Raqobatchining bir birlik mahsuloti bahosi, so‘m, X3
|
Iste’mol xarajatlari indeksi, X4
|
1999
|
126
|
4,0
|
16,0
|
17,0
|
100,0
|
2000
|
137
|
4,8
|
15,1
|
17,3
|
98,4
|
2001
|
148
|
3,8
|
15,0
|
16,8
|
101,2
|
2002
|
191
|
8,7
|
14,8
|
16,2
|
103,5
|
2003
|
274
|
8,2
|
15,2
|
16,0
|
104,1
|
2004
|
370
|
9,3
|
15,5
|
18,0
|
107,0
|
2005
|
432
|
14,7
|
15,5
|
20,2
|
107,4
|
2006
|
445
|
18,7
|
16,0
|
15,8
|
108,5
|
2007
|
367
|
19,8
|
18,1
|
18,2
|
108,3
|
2008
|
367
|
10,6
|
13,0
|
16,8
|
109,2
|
2009
|
321
|
8,6
|
15,8
|
17,0
|
110,1
|
2010
|
307
|
8,5
|
16,9
|
18,3
|
110,7
|
2011
|
331
|
12,6
|
16,3
|
16,4
|
110,3
|
2012
|
345
|
6,5
|
16,1
|
16,2
|
118,8
|
2013
|
364
|
5,8
|
15,4
|
17,7
|
112,3
|
2014
|
384
|
5,7
|
15,7
|
16,2
|
112,9
|
Ushbu ma’lumotlar asosida shokolad ishlab chiqaruvchi firma uchun sotishni eng to‘g‘ri aniqlovchi modelini topish lozim.
Qo‘yiladigan savol va topshiriqlar quyidagicha tartiblanadi:
Barcha omillar orasida juft, xususiy va ko‘plikdagi korrelyasiya koeffitsientlari hisoblansin.
Eng kichik kvadratlar usuli orqali regressiya tenglamasi tuzilsin.
Olingan natijalarni quyidagi mezonlar bo‘yicha tekshirib ko‘ring:
Regressiya tenglamasini Fisherning mezoni bo‘yicha;
Regressiya koeffitsientlarini Styudentning mezoni bo‘yicha;
Natijaviy ko‘rsatkichda avtokorrelyasiyaning mavjudligini Darbin-Uotson mezoni bo‘yicha.
4. Barcha omillar bo‘yicha elastiklik koeffitsienlari hisoblansin va iqtisodiy ta’rifi berilsin.
5. Determinatsiya koeffitsientlari hisoblansin va ularning iqtisodiy ma’nosi aniqlansin.
6. Korrelyasion bog‘lanish nima?
7. Bog‘lanishlarning qanday turlarini bilasiz?
8. Korrelyasiya koeffitsientining va korrelyasiya indeksining iqtisodiy ma’nosi nimadan iborat?
9. Regressiya tenglamalari nima?
10. Styudent, Fisher, Darbin-Uotson mezonlarning xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |