Amaliy mashg’ulot №2


Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ulardan foydalanish



Download 25,5 Kb.
bet2/3
Sana14.01.2022
Hajmi25,5 Kb.
#364662
1   2   3
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOT №2

Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ulardan foydalanish

Elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalari, energiya ta’minoti tashkiloti bilan iste’mol qilingan elektr energiya bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshirish uchun o‘lchash doirasi va aniqlik toifasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lgan hisobga olish priborlari bilan majburiy tartibda ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Elektr energiyaga haq to‘lash uchun hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan iste’molchilarning elektr qurilmalarini energiya ta’minoti tashkiloti, abonentlar yoki subabonentlarning tarmoqlariga ulanishi taqiqlanadi.

Turli tarif guruhlaridagi bir nechta iste’molchilar elektr ta’minotining bitta manbaidan ta’minlanganda hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun alohida o‘rnatilishi lozim.

Hisobga olish priborlari (shu jumladan aktiv va reaktiv quvvat va energiyani o‘lchash vositalari hamda jamlovchi qurilmalar va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq o‘rnatiladi va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi shart.

Hisobga olish priborlari, o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan aloqa liniyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari balansida bo‘lgan tashkilot javob beradi.

Bundan tashqari, elektr energiyasini nazorat tartibida hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan normalari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, energiya sig‘imli agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida obyektlarda o‘rnatiladi.

Ko‘p kvartirali uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun to‘lov elektr hisoblagichlari har bir kvartiraga o‘rnatiladi.

Har bir kvartiraga o‘rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun to‘lov elektr hisoblagichlari o‘rnatiladi.

To‘lov elektr hisoblagichlari, shuningdek energiya ta’minoti tashkiloti bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo‘ljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchining mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat tekshiruvidan o‘tkaziladi va o‘rnatiladi hamda energiya ta’minoti tashkilotining vakili tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Hisobga olish sxemasi buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishning o‘lchov transformatorlari ishdan chiqishi, ikkilamchi kommutatsiya, iste’molchining aybi bilan to‘lov elektr hisoblagichlari shikastlanishi va ularning yo‘qolishi) elektr hisoblagichlarni almashtirish, ta’mirlash, davlat tekshiruvidan o‘tkazish va o‘rnatish, shu jumladan ulash bo‘yicha energiya ta’minoti tashkilotining xizmatlariga haq to‘lash iste’molchilarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Iste’molchi o‘lchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz foydalanilishini va o‘zi foydalanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarining sozligini ta’minlashi shart.

Shartnoma bo‘yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun foydalanuvchi fuqaro abonent sifatida ish ko‘rgan taqdirda elektr tarmoqlarining, shuningdek energiya iste’molini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati energiya ta’minoti tashkiloti zimmasiga yuklanadi. Xonadonda, uyda o‘rnatilgan plombalar va hisoblagichlarning butligi uchun uy yollovchisi, ijarachisi, egasi javob beradi.

Umumiy foydalaniladigan joylarda xizmat ko‘rsatish va elektr energiyasi yetkazib berish uchun shartnoma tuzishda javobgarlik uy-joy fondidan foydalanuvchi tashkilotga yuklanadi.

Energiya ta’minoti tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasidagi hisob-kitoblar uchun faol va reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish energiya ta’minoti tashkiloti bilan iste’molchi o‘rtasidagi energiya tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasidagi hisobga olish nuqtasida amalga oshiriladi.

Energiya tizimidan iste’molchi tarmog‘i orqali energiya ta’minoti tashkilotining elektr tarmog‘iga elektr energiyani tranzitli uzatishda iste’molchi tarmog‘idagi elektr energiyasi yo‘qotilishining bir qismi iste’molchi tarmog‘iga kelgan jami elektr energiya miqdoriga nisbatan iste’molchi tomonidan energiya ta’minoti tashkilotiga o‘tkazilgan energiya miqdoriga mutanosib ravishda energotizim tarmoqlaridagi yo‘qotilishga o‘tkaziladi.

To‘lov hisoblagichlari bilan birgalikda foydalaniladigan hisob-kitob elektr hisoblagichlari va o‘lchov transformatorlari (shuningdek sinov bloklari, o‘tuvchi klemmniklar qopqoqlari, kuchlanishning ajratuvchi o‘lchov transformatorlari simlari) kojuxlar mahkamlangan joyida va hisoblagich klemmnik qopqog‘ida “O‘zstandart” agentligining yoki uning hududiy boshqarmasining va energiya ta’minoti tashkilotining belgilangan namunadagi plombasi bo‘lishi kerak.

Elektr hisoblagichlar va o‘lchov transformatorlarini vaqti-vaqti bilan tekshirish “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi kerak.

Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish faqat energiya ta’minoti tashkilotining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini o‘zgartirish yoki buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ishlarni bajarish uchun abonent ishlarni boshlashdan oldin bu haqda energiya ta’minoti tashkilotini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ta’mirlash davrida elektr energiyasi hisobi energiya ta’minoti bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.


Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish