2-sxema. Tranzistorli 3-sxema. Bir lampali
RC generator. RC generator.
V) Ikki kaskadli RC–generatorni o‘rganish. Qayta aloqa anjirida ishlovchi qarshilik va sig‘imlarini ulash bilan generator yig‘iladi. Buning uchun avvalo 1-klemma 4–klemmalar bilan bog‘lanib, triodning to‘riga E ulanadi. Bunda qayta aloqa zanjiri ikkita R1 C1–yacheykadan iborat bo‘ladi: ketma–ket ulangan va paralel ulangan.
Bu holda generatsiya hosil bo‘lishi sharti:
Generator chiqishi katod takrorlagich orqali olingan. YUqoridagi aytilgan usuldan foydalanib, generator signalining chastotasi va formasini aniqlang. Aytilgan ishlarni 2-klemmani va 5-klemmaga bog‘lab uni triod to‘riga, so‘ngra 3 klemmani S va 6 klemmalarga bog‘lab bajaring.
4-Sxema. Ikki lampali RCgenerator
Nazorat savollar.
1.Generatorlarini ishlash prinsipini tushuntiring?
2.RC–generatorlar chastotasini hisoblaydigan formulalarini asoslab bering.
3.RC–generatorning LC–generatordan qanday afzallik va kamchiliklari bor?
Adabiyotlar
Turdiev N. «Radioelektronika asoslari» Toshkent «o‘qituvchi» 1992yil.
Nigmatov X. «Radioelektronika» Toshkent «o‘qituvchi» 1994yil.
Ganin YU.A. Tuxtasinov E.M. «Radiotexnika» Toshkent «o‘qituvchi» 1984yil.
10-Laboratoriya ishi
Yarim o‘tkazgichli stabilitron xarakteristikasini olish
Ishning maqsadi: Tiristorlarning tuzilishini o‘rganish va uning statik xarakteristikasini olish.
Kerakli asboblar: Tiristorning statik xarakteristikasini olishga mo‘ljallangan laboratoriya stendi, o‘lchov asboblari, 9-12Vga mo‘ljallangan o‘zgarmas tok manbai.
Ishning qisqacha nazariyasi
To‘rt qatlamli 3 ta r-p o‘tishdan tashkil topgan yarim o‘tkazgichli asbobga tiristor aytiladi. Tiristorlarning turlari ko‘p. Barcha turdagi tiristorlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: dinistorlar, trinistorlar va simistorlar. Diodli tiristorlar denistor deb, triodli tiristorlar esa trinistor deb ataladi. Simistorlar ko‘pincha simmetrik tiristorlar deb ham ataladi. Tiristorlarning radiosxemada belgilanishi 23-rasmda ko‘rsatilgan.
a) b) v)
23-rasm. a)-dinistor. b) va v) mos ravishda katod bo‘yicha va anod bo‘yicha boshqariladigan trinistorlar
Tiristorda turli xil o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli qatlamlar ketma-ket ulanadi. Uning tuzilishi 24–rasmda ko‘rsatilgan.
24-rasm. Denistor
25-rasm. Trinistor
O‘ng tomondagi r2-qatlam anod, chap tomondagi n1 qatlam –katod, n2 –qatlam boshqaruvchi elektrod yoki baza deb ataladi.Tashqi kuchlanish tiristor anodi bilan katodi orasiga beriladi. Manbaning musbat qutbi anodga, manfiy qutbi esa katodga ulanadi. Bunda kuchlanishning kichik qiymatlarida P1 va P3 r- n o‘tishlar to‘g‘ri, P2 r- n o‘tish esa, teskari yo‘nalishda ulangan bo‘ladi. SHuning uchun tashqi kuchlanishni to‘liq P2 r- n o‘tishga qo‘yilgan deb qarash mumkin. U yopiq bo‘lgani uchun tiristordan o‘tadigan tok juda kichik bo‘ladi.Tiristorning qarshiligi ana shu yopiq P2 o‘tish qarshiligi bilan aniqlanadi.
Tiristor atamasi grekcha thyra(tira ) so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tiliga o‘girganda “eshik” degan ma’noni beradi. Tiristorning tipik volt-amper xarakteristikasi(VAX) 25 -rasmda keltirilgan. Tiristorning VAXi yordamida uning ko‘pgina parametrlarini aniqlash mumkin. Uning xarak-teristikasida manfiy qarshilikli soha mavjud.
25-rasm
Tiristorning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
1. Tiristorning ulanish kuchlanishi yoki yoqilish kuchlanishi
2. Tiristorning ochiq holatidagi maksimal tok kattaligi(A)
3. Tiristorning differensial qarshiligi (Om).
Tiristorlar uzib-ulovchi diodlar bo‘lib, avtomatika, radioaloqa va radioelektronikaning ko‘p sohalarida qo‘llaniladi.
Mazkur laboratoriya ishida tiristorning VAXsi olinadi va uning
xarakteristikasi bo‘yicha uning ayrim parametrlari aniqlanadi.
Tiristorning xarakteristikasini olish uchun laborotoriya stendidan foydalaniladi. Laboratoriya stendi o‘lchamlari 40×58×10 sm bo‘lgan (faner) panelga yig‘ilgan. Laborotoriya stendining old qismida tiristor xarakte-ristikasini olishga mo‘ljallangan elektr sxema chizilgan. 26–rasm. Labora-toriya stendining old qismiga rostlagichlar va o‘lchov asboblari o‘rnatil-gan.
26-rasm
Mazkur ishda KU202A markali tiristorning VAXsi olinib uning asosiy parametrlari tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |