Nazorat savollari
Tish frezalash stanoklarining vazifasi.
Silindrik tishli g’ildiraklarga chervyak frezalar bilan ishlov berish jarayoni.
Chervyak frezani o‘qini o‘rnatish burchagi.
Tish frezalash stanogida to‘g’ri tishli g’ildiraklarni kesish uchun harakatlar sanab bering.
Tish frezalash stanogida qiya tishli, g’ildiraklarni kesish uchun harakatlarni sanab bering.
Tish frezalash stanogida chervyak g’ildiraklarni kesishni radial surish usuli.
Tish frezalash stanogida chervyak g’ildiraklarni kesishni tangensial surish usuli.
Tish frezalash stanogini differensial zanjiri.
Tish frezalash stanogini to‘g’ri tishli silindrik g’ildiraklarni kesishga sozlash.
Tish frezalash stanogini vintsimon tishli silindrik g’ildiraklarni kesishga sozlash.
AMALIY MASHG’ULOT - 2
STRUKTURA SETKALARINI VA AYLANISHLAR CHASTOTASI GRAFIGINI QURISH
Ishning maqsadi: Talabalarda tezliklar qutisini hisoblashda, struktura setkalarIni va aylanishlar chastotasi grafigini qurishda amaliy konstruksiyalash va kursning nazariy asoslaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Nazariy qism
Stanokni berilgan kesish tezligiga kerakli aniqlik bilan sozlashni ta’minlash uchun shpindelning quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadigan nmin dan nmax gacha chegaradagi har xil aylanishlar chastotasiga o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak:
,
bu erda V – kesish tezligi, m/min;
d- zagotovka yoki asbob diametri, mm.
Shpindelning aylanishlar chastotasini rostlash diapazoni stanokning ekspluatatsion imkoniyatlarini xarakterlaydi va quyidagicha aniqlanadi:
Bosh harakat yuritmasi tezligini pog’onasiz rostlaydigan stanoklarda (zamonaviy stanoklar va RDB ishlov berish komplekslari) berilgan diametrga tanlangan kesish tezligiga mos aylanishlar chastotasini absolyut aniq o‘rnatish mumkin. Biroq ekspluatatsiyada mavjud ko‘p sonli stanoklar aylanishlar chastotasining pog’anali qatoriga ega. Shuning uchun, berilgan diametrda hisoblangan optimal kesish tezligini ta’minlaydigan chastota o‘rniga stanokda mavjudlaridan eng yaqin kichigini tanlashga to‘g’ri keladi. Bu haqiqiy nh chastotaga
m/min
kesish tezligi to‘g’ri keladi, va u hisobiydan (V-Vh) ga kichik.
Kesish tezligining nisbiy yo‘qotilishi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
n-nh qancha kichik bo‘lsa bu farq ham shuncha kichik bo‘ladi.
nmin dan nmax gacha eng ratsional aylanishlar chastotasi maxraji φ bo‘lgan geometrik progressiyada yotadi, ya’ni quyidagi munosabatni saqlash kerak bo‘ladi:
Geometrik progressiya maxraji GOST 8032-56 (jadval A1)bo‘yicha tanlanadi.
Shpindelning aylanishlar sonining geometrik progressiya qonuniyati tezliklar qutisini eng oddiy ko‘paytuvchi deb ataladigan kinematik struktura bilan loyihalash imkonini beradi. Bunday strukturalar bitta kinematik zanjirda o‘zaro ketma-ket bog’langan ikkita elementar valli mexanizmlardan tashkil topadi.
Ikkita qo‘shni vallarni aylanishini bog’lovchi uzatmalar to‘plami uzatmalar guruhini hosil qiladi. Uni ikkita ko‘rsatkich: guruhdagi uzatmalar soni - n ularning uzatishlar nisbati kattaligi - i xarakterlaydi.
Qurilmani soddaligi uchun olti pog’onali tezliklar qutisini ko‘ramiz (29-rasm). I valdan II valga aylanishni uzatish uchun uch venetsli blokli ko‘paytuvchi mexanizm xizmat qiladi (1-2, 3-4 5-6 g’ildiraklar), II valdan III valga ikki venetsli blok bilan ko‘paytuvchi mexanizm (7-8, 9-10) xizmat qiladi. Bu mexanizmlarni ketma-ket birikishi natijasida (odatdagi ko‘paytuvchi struktura) yetaklovchi val I ning bitta tezligida yetaklanuvchi val (yoki shpindel) III olti xil har xil burchak tezliklariga ega bo‘ladi.
Ko‘rilayogan sxemada biz ikkita ko‘paytuvchi guruhga: birinchisi uchta uzatmadan tashkil topgan (1-2, 3-4, 5-6), ikkinchisi – ikkita uzatmadan (7-8, 9-10 ) ega bo‘lamiz.
Guruhlarning kinematik zanjir bo‘ylab kelish tartibi tezliklar qutisining konstruktiv variantini xarakterlaydi.
Uni shartli ravishda struktura formulasi ko‘rinishida ifodalash mumkin:
z=6=3*2
Olti pog’onali tezliklar qutisi sxemasi boshqa konstruktiv varint (tartibga) ega bo‘ladi (24,b rasm).
Bu erda birinchi guruhda ikkita uzatma (1-2, 3-4), ikkinchi guruhda esa –uchta uzatma (5-6, 7-8, 9-10) mavjud. Bu variant uchun struktura formulasi:
z=6=2*3.
Umumiy ko‘rinishda tezliklarning pog’onalari soni:
Do'stlaringiz bilan baham: |