Amaliy audit



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYAVIY 

NAZORATNING TASHKILIY ASOSLARI” 

MAVZUSI BO’YICHA GLOSSARIY 


61 

 

 



ATAMANING 

O’ZBEK 

TILIDA 

NOMLANISHI 

ATAMANING 

INGLIZ 

TILIDA 

NOMLANISHI 

ATAMANING 

RUS TILIDA 

NOMLANISHI 

ATAMANING MA’NOSI 

Auditor 


Auditor 

Аудитор 


Auditor  -  auditor  malaka  sertifikatiga 

ega bo’lgan jismoniy shaxsdir 

Auditorlik 

tekshiruvi 

Auditing 

Аудиторская 

проверка 

Auditorlik  tekshiruvi  moliyaviy  hisobot 

va  boshqa  moliyaviy  axborot  to’g’riligi 

va  buxgalteriya  hisobi  to’g’risidagi 

qonun  hujjatlariga  mosligini  aniqlash 

maqsadida 

xo’jalik 

yurituvchi 

sub’ektning  moliyaviy  hisobotini  hamda 

u  bilan  bog’liq  moliyaviy  axborotini 

auditorlik 

tashkilotlari 

tomonidan 

tekshirishdir. 

Majburiy 

auditorlik 

tekshiruvi 

Mandatory audit 

Обязательный 

аудит 


Xo’jalik 

yurituvchi 

sub’ektlarda 

amaldagi  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

qat’iy  muddat  va  tartib  asosida  maxsus 

malaka  sertifikati  va  litsenziyaga  ega 

bo’lgan  auditorlik  tashkiloti  tomonidan 

o’tkaziladigan tekshiruv tushuniladi 

Auditorlik 

faoliyati 

Audit activity 

Аудиторская 

деятельность 

Auditorlik  faoliyati  bu  -  auditorlik 

tashkilotlarining  auditorlik  xizmatlari 

ko’rsatish 

bo’yicha 

tadbirkorlik 

faoliyatidir 

Kompleks audit 

Comprehensive 

audit 


Комплексный 

аудит 


Kompleks  audit  –  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ekt  moliyaviy  xo’jalik  faoliyatini 

to’liq qamrab olgan auditorlik tekshiruvi 

Tashqi audit 

External audit 

Внешний аудит 

Tashqi  audit  bu  -  mustaqil  auditorlik 

tashkilotlari 

tomonidan 

amaldagi 

qonunchilikka 

muvofiq 


xo’jalik 

yurituvchi 

sub’ektlar 

faoliyatini 

belgilangan  muddat  va  tartib  asosida 

tekshirish jarayonidir 

Auditorlarning 

respublika 

jamoat 

birlashmalari 

Republican 

public 


organization 

audit 


Республикански

й  общественный 

организации 

аудита 


Auditorlarning 

respublika 

jamoat 

birlashmalari  auditorlarning  ixtiyoriy 

asoslarda 

birlashtiradigan 

nodavlat 

notijorat tashkilotidir 

Ichki audit 

xizmati 


Internal Audit 

Service 


Служба 

внутренного 

аудита 

Ichki  audit  xizmati  -  korxona  kuzatuv 

kengashining 

qarori 


bilan 

tashkil 


etiladigan  korxonaning  ichki  auditni 

amalga 


oshiradigan 

tarkibiy 

bo’linmasidir 

Auditorlik 

tashkiloti 

auditing 

organization 

аудиторской 

организации 

Auditorlik 

tashkiloti 

auditorlik 

faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga 

ega bo’lgan yuridik shaxsdir. 




62 

 

2-MAVZU. ASOSIY VOSITALAR HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR 



AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI 

 

1. 

Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o`tkazish ketma-ketligi 

 

Asosiy  vositalarni  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazish  mijoz-subyekt  faoliyati  umumiy 



auditining  bir  qismi  hisoblanadi.  Uning  maqsadi  moliyaviy  hisobot  asosiy  vositalar  harakati 

bilan  bog`liq  ko`rsatkichlarning  ishonchliligi  to`g`risida  fikr  shakllantirish  va  subyektda  asosiy 

vositalar  bilan  bog`liq  muomalalarni  hisobga  olish  hamda  soliqqa  tortish  uslubiyotini  tashkil 

etishning  O`zbekiston  Respublikasida  amal  qilayotgan  me'yoriy  hujjatlarga  muvofiqligini 

aniqlashdan iborat. 

Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim obyektlaridan biri bo`lib, undagi 

o`rganiladigan  masalalar  keng  qamrovli  va  ularning  barchasini  quyidagicha  umumlashtirish 

mumkin: 


-  asosiy  vositalar  mavjudligi  va  saqlanish  holati  ustidan  nazorat  o`rnatishni  ta'minlash 

(obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to`g`riligi); 

- asosiy vositalarning to`g`ri turkumlanishi

-  asosiy  vositalar  analitik  hisobi  va  asosiy  vositalar  uchun  moddiy  javobgarlikni  tashkil 

etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma'lumotlarining mosligi); 

- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda 

hisobda aks ettirish;  

-  asosiy  vositalar  kirimi  va  chiqimiga  doir  muomalalarni  sintetik  hisob  registrlarida  aks 

ettirish;  

- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish

- asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks etgirish; 

- amortizatsiya hisoblash usullarini qo`llashning qonuniyligi va to`g`riligi; 

- jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llashning qonuniyligi;  

- amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to`g`riligi;  

- amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to`g`riligi; 

-  asosiy  vositalarni  ta'mirlash,  tiklash,  zamonaviylashtirish  va  qayta  jihozlashni  hisobda 

aks ettirish;  

- ta'mirlash usullari;  

- ta'mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to`g`riligi;  

- asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muomalalarni hisobga 

olish; 

-  asosiy  vositalar  sintetik  va  analitik  hisobining  subyekt  buxgalteriyasidagi  holatini 

baholash; 

-  belgilangan  qoidalarga  muvofiq  subyektning  o`ziga  qarashli,  joriy  tartibda  ijaraga 

olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni saqlash joylarida moddiy javobgar 

shaxslarga biriktirilganligini baholash; 

-  subyektning  o`ziga  qarashli  va  moliyaviy  lizing  asosida  olingan  asosiy  vositalar 

bo`yicha  yillik  eskirish  hisoblanishining  to`g`riligini  tekshirish.  Chunki,  bu  ma'lumotlar 

realizatsiya  qilinadigan  mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  tannarxining  (2010,  2310,  2510,  2710 

schyotlar  debeti)  shakllanishi  bilan  bog`liq    bo`lib,  oqibatda  subyektning  moliyaviy  natijalari 

(balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to`lanadigan foyda (daromad) solig`ining  miqdoriga 

ta'sir etadi; 

-  asosiy  vositalarning  sotib  olinishi  va  hisobdan  chiqarilishi  hamda  ularni  yuridik  va 

jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq qonunchiligiga rioya 

qilinishini tekshirish; 

- asosiy vositalarni xojalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta'mirlash xarajatlarini 

hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob 

yuritush siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish




63 

 

-  subyektda  asosiy  vositalardan  foydalanishni  vaqt  oralig`i  va  quvvati  bo`yicha 



subyektning  ishlab  chiqarish  xususiyatlari  hisobga  olingan  holda  tashkil  qilish  (agap  auditor 

bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo`lsa); 

- asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. 

Auditor  ushbu  asosiy  masalalarni  o`rganib,  ularga  auditorlik  hisobotining  tashkiliy 

qismida baho berishi va yo`l qo`yilgan xatolar hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga 

chiqish hollarini bartaraf qilish bo`yicha takliflar berishi lozim. 

Auditor  asosiy  vositalar  auditini  boshlashdan  oldin,  birinchi  navbatda  quyidagilarni 

aniqlashi zarur: 

-  subyektning  hisobot  davridagi  hisob  siyosati  va  uning  o`tgan  hisobot  davridagiga 

nisbatan o`zgarishi bilan tanishish

- asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tanishish; 

-  asosiy  vositalarni  qayta  baholash  materiallari  va  ularning  hisobda  aks  ettirilishi  bilan 

tanishish.  Bunda  auditor  O`zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi, 

O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulk  qo`mitasining  tegishli  me'yoriy  hujjatlariga  muvofiq 

subyekt balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo`yicha aks 

ettirilishini nazarda tutishi lozim. 

Subyektda  asosiy  vositalarni  hisobdan  chiqarish  bo`yicha  doimiy  komissiya  tashkil 

etilishi:  asosiy  vositalarni  foydalaiish  joylarida  saqlash  uchun  javobgar  shaxslar  haqida  buyruq 

(farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to`la moddiy javobgarlik 

to`g`risida  shartnomalar  tuzilganligini  aniqlash,  shuningdek,  asosiy  vositalar  hisobini  yuritish 

qoidalari  bayon  qilingan  amaldagi  me'yoriy  hujjatlar  va  asosiy  vositalar  hisobiga  doir  yagona 

shakldagi  (unifikatsiyalangan)  idoralararo  dastlabki  hujjatlarning  shakllari  bilan  subyekt 

buxgalteriyasi qay darajada ta'minlanganligini aniqlash lozim. 

Shu  tarzda  olingan  ma'lumotlar  auditorga  mazkur  subyektda  asosiy  vositalar  hisobining 

tashkil  etilishi  haqida  umumiy  tasavvurga  ega  bo`lish  imkonini  va  tekshiruvda  maxsus  e'tibor 

berish lozim bo`lgan masalalarni aniqlashga yordam beradi. 

Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0200 – 

«Asosiy  vositalarning  eskirishini  hisobga  oluvchi  schyotlar»,  0300  –  «Uzoq  muddatli  ijara 

shartnomasi  bo`yicha  olingan  asosiy  vositalarni  hisobga  oluvchi  schyotlar»,  0700  – 

«O`rnatiladigan  asbob-uskunalarni  hisobga  oluvchi  schyotlar»,  0800-  «Kapital  qo`yilmalarni 

hisobga oluvchi schyotlar», 0920 – «Uzoq muddatli ijara bo`yicha olinadigan to`lovlar», 4800 – 

«Turli  debitorlar  qarzlarini  hisobga  oluvchi  schyotlar»,  6900  –  «Turli  kreditorlarga  bo`lgan 

qarzlarni  hisobga  oluvchi  schyotlar»,  7900  –  «Turli  kreditorlarga  bo`lgan  uzoq  muddatli 

qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob 

registrlari  va  buxgalteriya  balansi  ma'lumotlariga  muvofiqligini  aniqlash  zarur.  Ular  bo`yicha 

barcha  pozitsiyalar  oy  boshiga  qoldiq  oylik  oborotlari,  oy  oxiriga  qoldiqlar  bir-biriga  to`g`ri 

kelishi  lozim.  Agar  tafovutlar  aniqlansa,  ularning  sabablarini  aniqlash  va  subyektga  asosiy 

vositalarni,  montaj  talab  qiladigan  qurilmalarni;  kapital  qo`yilmalarni,  tuzilgan  lizing 

shartnomalari  bo`yicha  majburiyatlarni  inventarizatsiya  qilish  tavsiya  etiladi.  So`ngra 

subyektning asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan 

tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e'tibor berish lozim: 

- asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo`llash qabul qilinganligi; 

-  asosiy  vositalarni  ta'mirlash  xarajatlarini  hisobga  olishning  qanday  tartibi  qabul 

qilinganligi,  asosiy  vositalarni  ta'mirlash  uchun  rezervga  mablag`  ajratish  mexanizmidan 

foydalanib,  ya'ni  ta'mirlash  fondi  (8910  –  «Kelgusi  xarajatlar  va  to`lovlar  rezervlari»  schyoti 

bo`yicha ta'mirlash fondi schyotini qo`llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik bo`yicha subyekt 

hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor xulosasida qayd etilishi lozim. 

 


Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish