Amaliy audit


Asosiy vositalarni harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/398
Sana23.09.2021
Hajmi6,54 Mb.
#182421
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   398
Bog'liq
amaliy audit

2.5. Asosiy vositalarni harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi 

Dastavval,  auditor  moddiy  javobgar  shaxslarni  va  ular  bilan  tuzilgan  to`liq  moddiy 

javobgarlik to`g`risidagi shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar shartnomalar bo`lmasa, 

u holda auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim. 

Amaldagi tartibga ko`ra asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy guruhlari va 

inventar  obyektlari  bo`yicha,  shuningdek  obyektlarning  moddiy  javobgar  shaxslarda  turish  joyi 

(bo`linmalar, brigadalar, sexlar, uchastkalar va h.k.) bo`yicha yuritiladi. 

Subyektga  kelib  tushgan  asosiy  vositalarni  tekshirishda  har  bir  obyekt  bo`yicha  alohida 

tuzilgan  qabul  qilish-topshirish  dalolatnomasi  (AV-I  shakl)  ning  rasmiylashtirilishiga  e'tibor 

qaratish  zarur.  Bunda  dalolatnomadagi  obyektning  tavsifi,  turgan  joyi,  sotib  olingan  manbai, 




70 

 

chiqarilgan yoki ko`rilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, obyektning sinov natijalari, uning texnik 



talablarga muvofiqligi va boshqa ma'lumotlar tekshiriladi. 

Ayrim  hollarda  bir  turdagi  va  narxi  bir  xil  xojalik  inventarlari,  asboblar,  stanoklar 

olinganda  asosiy  vositalarni  qabul  qilish-topshirish  umumiy  dalolatnomasi  tuzilishi  mumkin. 

Bunda  ushbu  dalolatnoma  ma'lumotlari,  unga  ilova  qilingan  pasportlar,  ishlatish  tartibi, 

yo`riqnomalar ham tekshirilishi zarur. 

Hisobga  qabul  qilingan  har  bir  asosiy  vosita  obyektiga  inventar  raqam  berilgan  bo`lishi 

lozim.  Masalan,  001  dan  099  gacha  inventar  raqamlar  binolarga,  100  dan  199  gacha 

inshootlarga,  200  dan  299  gacha  bo`lgan  raqamlar  uzatish  qurilmalariga  beriladi  va  hokazo. 

Berilgan  inventar  raqami  asosiy    vositalar  obyektiga  metall  jeton  bilan  biriktirib,  uchmaydigan 

bo`yoq  bilan  yozib  yoki  boshqa  usullarda  belgilab  qo`yilishi  lozim.  Bu  belgilar  obyekt 

foydalanishda  bo`lgan  jami  davr  ichida  saqlanib,  buxgalteriya  hisobining  barcha  tegishli 

dastlabki hujjatlarida va hisob registrlarida ko`rsatiladi. Obyekt hisobdan chiqarilganidan so`ng, 

uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. 

Asosiy  vositalarni  qabul  qilish-topshirish  dalolatnomasi  (ilova  qilingan  hujjatlar  bilan 

birga)  buxgalteriyaga  o`z  vaqtida  topshirilgan  bo`lishi  lozim.  Subyekt  buxgalteriyasida  asosiy 

vositalarning analitik hisobi, ularning har bir turi bo`yicha ochiladigan AV-6 shakldagi inventar 

kartochkalar  yuritiladi.  Bu  kartochkada  obyekt  haqidagi  barcha  ma'lumotlar  (dastlabki  yoki 

tiklanish  qiymati,  amortizatsiya  ajratmalari  me'yori,  kirim  qilingan  paytdagi  eskirish  darajasi) 

qayd etilgan bo`lishi kerak. 

So`ngra inventar kartochkalar ma'lumotlarining asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha 

inventar  kartochkalar  ro`yxati  (AV-7  shakl)  ga  asosiy  vositalarning  tasnifiy  guruhlari  bo`yicha 

o`tkazilganligi tekshiriladi. 

Ro`yxatga  olingan  kartochkalar  asosiy  vositalar  kartotekasida  tarmoqning  tasnifiy 

guruhlariga,  guruh  ichida  esa  turgan  joyi,  foydalanish  joyi  va  turlari  bo`yicha  guruhlangan 

bo`lishi kerak. Ishlatilmayotgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari alohida guruhlangan 

bo`lishi kerak. 

Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnoma tuzilib, uning ma'lumotlari tegishli 

inventar  kartochkalarda  qayd  qilinadi,  so`ngra  bu  kartochkalar  kartotekadan  olib  qo`yiladi. 

Amaliyotda,  asosiy  vositalar  obyektlarining  qiymati  quyidagi  xojalik  operatsiyalari  natijasida 

subyekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: 

- sotilganda; 

- foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko`ra hisobdan chiqarilganda; 

- boshqa subyekt va shaxslarga beg`araz berilganida; 

- boshqa subyektlarning ustav kapitalini shakllantirish uchun ulush sifatida qo`shilganida; 

- kamomad yoki yo`qotish aniqlanganda va.h.k. 

Audit jarayonida qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan summalarining 

buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi. Qayta baholanib oshgan summa 

0100  -  «Asosiy  vositalarni  hisobga  oluvchi  schyotlar»  ning  debeti  va  8510  –  «Mulklarni  qayta 

baholash bo`yicha tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi. 

Qayta  baholangan  asosiy  vositalar  obyektlari  bo`yicha  tiklanish  qiymati  inventar 

kartochkaning rekonstruksiyalash, modernizatsiyalash bo`limida qayd etilgan bo`lishi lozim. Shu 

bilan  birga  qayta  baholangan  eskirish  summasi  ham  inventar  kartochkaning  tegishli  bo`limida 

aks  ettirilgan  bo`lishi  kerak.  Har  bir  moddiy  javobgar  shaxs  asosiy  vositalar  obyektlarining 

analitik  hisobini  AV-9  shakldagi  vedomostda  yuritishi  kerak.  Bunda  hamma  moddiy  javobgar 

shaxslar  bilan  belgilangan  shaklda  va  ikki  nusxada  to`la  moddiy  javobgarluk  to`g`pisida 

shartnomalar  tuzilganligi,  shartnomalarning  bir  nusxasi  moddiy  javobgar  shaxslarning  hujjatlar 

to`plamida, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning o`zlarida saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi 

lozim.Bulardan  tashqari,  auditor  barcha  moddiy  javobgar  shaxslar  asosiy  vositalarni  o`z 

javobgarligiga olganligini tasdiqlab, inventarizatsiya vedomostlarida imzo qo`yganliklari hamda 

asosiy  vositalarning  keyingi  kirimlari  esa  ularning  dastlabki  hujjatlardagi  imzolari  bilan 

tasdiqlanganini tekshiradi. 



71 

 

 




Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish