457
Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor ta'kidlovchi
qismda
tekshiruv natijalarini, aniqlangan amaldagi qonunchilik buzilishi faktlarini va
korxona faoliyatidagi boshqa kamchilklarni batafsil bayon qiladi.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi,
ya'ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.
Xojalik yurituvchi subyektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so`ng 15
kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o`zlari
joylashgan hududdagi soliq
organiga taqdim qiladilar.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotda foydalanuvchilar uchun tushunarli
bo`lib, unda auditorning ikkilanish va (yoki) noroziligidan kelib chiqqan cheklashlar
aniq ko`rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo`lgan ochiq axborot hisoblanadi. Auditorlik
xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda
xojalik yurituvchi subyekt
tomonidan chop ettirilishi mumkin.
Agar ko`rsatilgan kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga ta'sir
qilmaydigan bo`lsa, auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya
hisobining yuritilishi va korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to`g`riligini
tasdiqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko`rsatilgan kamchiliklar tugatilgandan
so`nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo`yicha xulosa tuzish
mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishdagi kamchiliklarni tugatish
uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar bunday
ishlarning jiddiyligi va
sermehnatligi real baholansa, ikki-uch oydan oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma'lumotlar o`z vaqtida taqdim etilmagan yoki buzib
ko`rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo`lsa, bunga auditor javobgar
hisoblanmaydi. Bu hollarda barcha javobgarlik zarur ma'lumotlarni auditorga taqdim
etishi lozim bo`lgan, tekshirilayotgan korxona ma'muriyati va uning ma'sul
xodimlariga yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan,
auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga
qadar tanishib chiqishlari, agarda ularda
ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir takliflari bo`lsa, ushbu
bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama
qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e'tiborga olinib,
xulosaning
oxirgi taxririda inobatga olinishi lozim.
Korxona bir oy ham o`tmasdan, qayta tekshirish natijasida ijobiy xulosa olsa,
bu hol auditorlarga ishonchsizlik bildirishga olib kelishi mumkin. Bu xuddi oylab
darsga qatnashmagan, qobiliyatsiz talabaning imtihonda
mutlaqo savodsizligini
namoyon qilib, «qoniqarsiz» baho olganidan so`ng, ertasiga ba'zi bir sabablarga ko`ra
«a'lo» bahoga qayta topshirgani kabi noreal hodisadir.
Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat aniqlanmagan
bo`lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar bilan shakllantirish
mumkin emas. Ammo, shunga qaramasdan korxona ishida suiiste'mol hollari uchrasa,
sudlov-tergov organlari tomonidan chuqur tekshirilib, ular ochib tashlanadi. Yana bir
marta shuni ta'kidlash lozimki, auditor xulosada faqat qo`l ostidagi hujjatlar yoki aniq
458
formulalar, retsepturalar, normalar, limitlar va boshqa ma'lumotlarga
asoslangan,
benuqson, aniq hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan faktlarni keltirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: