452
muvofiqligi to`g`risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan,
xojalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
bo`lgan hujjat». Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik
xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan
va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo`lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini
tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining
talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan 70-son
AFMS dan foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xojalik
faoliyati natijalarini
tashkil etish va hisobga olishni xolisona aks ettirishi lozim. Boshqacha qilib
aytganda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar obyektiv bo`lib, uning xulosasi ma'lum
ma'noda xojalik yurituvchi subyekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm»
hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari topshirig`iga binoan o`tkazilgan tekshiruv
natijalari bo`yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O`zbekiston Respublikasi protsessual
qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta'kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat
bo`lishi lozim.
1. Kirish qismida quyidagilar ko`rsatiladi:
- auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;
- litsenziyasining tartib raqami;
- auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va
berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;
- auditorlik tashkilotini davlat ro`yxatiga olish to`g`risidagi
guvohnomasining
raqami;
- auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;
- tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti
rahbarining nasabi, ismi-sharifi.
- auditorlik tekshiruvi o`tkazish uchun asos va xojalik yurituvchi subyektning
umumiy tavsifi.
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan o`tkazilgan
moliyaviy hisobotlar ro`yxati, sanasi va hisobot davri ko`rsatilgan holda aks ettirilishi
lozim. Shuningdek, kirish qismida, auditorlik tekshiruvidan o`tkaziladigan
hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas`uliyat xojalik yurituvchi
subyekt
rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo`yicha berilgan
auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi ko`rsatilishi
lozim.
2. Auditorlik xulosasining ta'kidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMS ga
muvofiq o`tkazilganligi ta'kidlanishi lozim.
Ta'kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning
ishonchliligini va qonunchilikka hamda xojalik yurituvchi subyekt moliya-xojalik
faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko`rsatishi lozim.
453
Shuningdek, ta'kidlovchi qismda o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun
yetarli asos berishi to`g`risida auditorlik tashklotining tasdig`i aks ettirilishi lozim.
3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida xojalik yurituvchi subyektning
moliyaviy hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash to`g`risida
yozuv yoziladi.
Tekshiruv
auditorlik
tashkiloti
tomonidan
o`tkazilganda,
auditorlik
tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi
imzolaydi va auditorlik firmasi muxri bilan tasdiqlaydi.
Xojalik yurituvchi subyekt faqat auditorlik xulosasining
yakuniy qisminigina
manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan auditorlik
xulosasining taxliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muxrlanishi
mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b)
salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot
ko`rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. qoidaga ko`ra ijobiy
auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xojalik yurituvchi subyektning moliyaviy
hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xojalik muomalalarining
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi
degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. Misol tariqasida
ijobiy auditorlik
xulosasining namunaviy shaklini keltiramiz.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli
to`g`risida ishonarli ma'lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning
moliya-xojalik faoliyati hisobi amaldagi me'yoriy qonunchilik talablariga mos
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o`z vaqtida
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg`itishi mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam
uchraydigan holat bo`lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo`lishi mumkin:
- auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi
xato-kamchiliklar
jiddiy va salmoqli bo`lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar
ularning iqtisodiy nochorligi bilan birgalikda yuzaga, xatto amal qilayotgan korxona
prinsipining buzilishiga yetib boradi;
- moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo`lgan dastlabki hujjatlar,
buxgalteriya hisobi ma'lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning katta
qismi korxona ma'muriyati tomonidan taqdim etilganda;
bunda auditorlik tashkiloti
vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda 70-sonli AFMS ga muvofiq,
auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;
- ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to`sqinlik qiladigan boshqa obyektiv
vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqozosi vujudga keladigan cheklashlar;
- mijoz-korxona ma'muriyati moliyaviy hisobot ma'lumotlarini asosan to`g`ri
deb, auditorlik xato va noaniqliklar to`g`risidagi asosiy xulosalari bilan rozi
bo`lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va
hokazo.
454
Salbiy auditorlik xulosasi xojalik yurituvchi subyekt
tomonidan sodir etilgan
moliyaviy va xojalik muomalalari moliyaviy hisobotda ishonarli aks ettirilgan, ammo
qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi.
Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga ko`ra, xojalik yurituvchi
subyektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan xato kamchiliklarni bartaraf
qilish maqsadida moliyaviy hisobotga o`zgartishlar kiritish to`g`risida bildirilgan
fikrga noroziligi sabab bo`ladi.
Masalan.
Do'stlaringiz bilan baham: