443
ko`rsatkichlariga nisbatan tahliliy hisobning batafsillashtirilgan ko`rsatkichlari
ma'lumotlilik darajasini oshiruvchi natural yoki mehnat o`lchamlarida aks etish
imkonini beradi.
Agar korxonada tahliliy hisob yuritilmasa, unda amalda buxgalteriya hisobi
yuritilmagani va hisob ma'lumotlari umuman mavjud emasligini amaliyotchi
buxgalterlar yaxshi bilishadi. Lekin, bir qator holatlarda, ayniqsa tijorat tizimlarida,
xususiy komputerlarni qo`llash sharoitlarida, ushbu ish umuman olib borilmaydi yoki
nihoyatda past darajada yuritiladi. Bu esa, o`z navbatida, faoliyat ko`rsatayotgan
korxonada tahliliy buxgalteriya hisobini yuritish talablariga javob beradigan tegishli
chop etilgan hujjatlar yo`qligi sababli, sintetik buxgalteriya hisobi ko`rsatkichlarining
haqqoniyligi va balans moddalarining ishonchliligini aniqlash imkonini bermaydi.
Tahliliy hisobning haqiqiy vazifasi sintetik buxgalteriya
hisobi tizimida aks
etilgan moliyaviy-xojalik operatsiyalarni to`liq aks etishdan iboratdir. Busiz tahliliy
hisobning umumlashtirilgan ko`rsatkichlarini buxgalteriya hisoboti hisobot
shakllarining asosi hisoblangan va faqat tahliliy hisob tizimida barcha ishlar
yakunlanganidan keyingina tayyorlanishi mumkin bo`lgan balansning tegishli
schyotlar ko`rsatkichlari va alohida moddalari bilan solishtirish yo`li orqali
buxgalteriya hisobining tahliliy va sintetik ko`rsatkichlari bir biriga mos kelishligini
tekshirish imkoni bo`lmaydi. Bu joriy oyning yoki hisobot davrining har bir sanasiga
bir vaqtning o`zida tahliliy hisob tizimi bo`yicha batafsillashtirilgan ko`rsatkichlar
bilan bir qatorda, sintetik buxgalteriya hisobida joy olgan umumlashtirilgan
ko`rsatkichlarga ham ega bo`lish maqsadida, sintetik
hisobni yuritish bilan bir
vaqtning o`zida tahliliy hisobni ham yuritishni taqozo etadi.
Auditor korxona moliyaviy-xojalik faoliyatining tekshiruvida, uni amalga
oshirishning dastlabki bosqichlarida, tahliliy hisob ko`rsatkichlari Bosh kitobda
umumlashtirilgan sintetik hisob ko`rsatkichlariga, uning ko`rsatkichlari esa,
korxonada qo`llaniladigan tahliliy hisob tizimida batafsilllashtirilganligini hisobga
olgan holda, balans aktiv va passivining tegishli moddalarining ko`rsatkichlari bilan
muvofiqligini tekshirishi lozim.
Ushbu ko`rsatkichlarning bir-biriga mos kelmasligi, korxonada moliyaviy-
xojalik faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritish amaldagi qonunchilik bilan
belgilangan tartibi jiddiy ravishda buzilganligi to`g`risida
dalolat beradi, bu esa,
auditorlik tekshiruvi dasturi va kelajakda tuziladigan auditorlik xulosasi tuzilishiga
tegishli xususiyatlarni kiritishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida
korxonada tahliliy hisob yuritilmasligi aniqlansa, bu to`g`risida tegishli dalolatnoma
tuzgan holda, tekshiruvni to`xtatish maqsadga muvofiqdir, korxona bilan esa, agar u
mustaqil ravishda tahliliy hisobni tashkil eta olmasa, auditorlik tashkiloti kuchi bilan
tahliliy hisobni tiklash to`g`risida shartnoma tuzilishi lozim.
Moliyaviy hisobotni buzib ko`rsatish turlari. Auditorlik tekshiruvi jarayonida
auditor moliyaviy hisobot mijozning moliyaviy holatini to`g`ri aks etishiga kafolat
olish maqsadida, muayyan muolajalarni amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda,
hisobotda bir qator buzib ko`rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini
inkor qilib bo`lmaydi.
444
Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko`rsatishlar
mavjud bo`lishi mumkinligi to`g`risidagi har bir shubhasi, o`z shubhalaridan kechish
yoki
ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni kengaytirishni talab qiladi.
Moliyaviy hisobotdagi buzib ko`rsatishlar, ya'ni buxgalteriya hisobini tashkil etish va
yuritish bo`yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida buxgalteriya
ma'lumotlarini noto`g`ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi mavjud: ataylab
qilingan va bilmasdan sodir etilgan.
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko`rsatishlarni sodir etish
tekshirilayotgan iqtisodiy subyekt xodimlarining oldindan bilgan holda harakat qilishi
(yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni
chalg`itish uchun g`arazgo`ylik maqsadida amalga oshiriladi. Shuning bilan bir
qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma'lumotlarida buzib ko`rsatishlarga olib
keladigan iqtisodiy subyektining xodimi tomonidan oldindan bilgan holda qilgan
harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to`g`risida xulosa faqat bunga vakolatga ega
bo`lgan idora tomonidan chiqarilishi mumkinligini unutmasligi lozim.
Moliyaviy hisobotda bilmagan holda buzib ko`rsatishlar tekshirilayotgan
subyekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi)
natijasidir. Ular hisob yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob to`liqligi
yuzasidan nazorat yetarli bo`lmaganligi, hisobda xojalik
faoliyatiga oid voqealar,
mol-mulkning mavjudligi va holati noto`g`ri aks etilishi natijasida hosil bo`lishi
mumkin.
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko`rsatish ahamiyatli
(ya'ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday darajada ta'sir etadiki, natijada
yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto`g`ri xulosalarga kelishi yoki
noto`g`ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo`lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotni buzib ko`rsatish tavakkalchiligini oshirishga ta'sir etuvchi
omillar. Audit o`tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib
ko`rsatish tavakkalchiligini baholashi lozim. Bunda ataylab va bilmagan holda ham
buzib ko`rsatish paydo bo`lishiga ta'sir etuvchi muayyan omillar mavjudligini
nazarda tutish kerak.
Buzib ko`rsatishlar paydo bo`lishiga sabab bo`lgan iqtisodiy subyektning ichki
xojalik yuritish faoliyatiga mansub omillar quyidagilardir:
- iqtisodning inqiroziy tarmoqlariga katta miqdorda moliyaviy qo`yilmalarni
amalga oshirish;
- iqtisodiy subyekt sotuvlari (ishlab chiqarish) hajmining tez o`sishiga yoki
foydaning ko`p miqdorda kamayishiga aylanma mablag`larning nomuvofiqligi;
- ma'lum bir vaqt mobaynida iqtisodiy subyektning bir yoki bir nechta
buyurtmachilar yoki mol yetkazib beruvchilarga qaram bo`lishligi;
- foydaning katta miqdorda o`zgartirishga olib keluvchi shartnomaviy
munosabatlar amaliyotida yoki hisob siyosatida o`zgarishlar;
- iqtisodiy subyekt tomonidan, ayniqsa yil oxirida,
moliyaviy natijalar
miqdoriga ahamiyatli ta'sir ko`rsatuvchi odatdan tashqari kelushuvlarni amalga
oshirish;
- bajarilgan xizmatlarga ochiqdan-ochiq nomuvofiq to`lovlar mavjudligi;
445
- iqtisodiy subyekt tashkiliy-boshqaruv tizimi xususiyatlari, ushbu tizimda
kamchiliklar mavjudligi;
- kapital tarkibi va foydani tasdiqlash xususiyatlari;
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda
belgilangan qoidalardan chetga chiqish.
Buzib ko`rsatishlar hosil bo`lishiga sabab bo`luvchi iqtisodiy subyekt
moliyaviy-xojalik faoliyatini amalga oshiruvchi aniq bir tarmoq va umuman
mamlakat iqtisodiyotini xususiyatlari holatini aks etuvchi omillar quyidagilardan
iborat:
- iqtisodiyot tarmog`i va umuman
mamlakat iqtisodiyoti holati, inqiroz,
depressiya yoki yuksalish;
Do'stlaringiz bilan baham: