Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

 
 
10.13 Jadval
Ekport muomalalari bo’yicha ustama xarajatlar tahlili* 
№ 
Xarajatlar 
Smeta 
bo’yicha, 
ming so’m 
Haqiqiy 
xarajatlar, 
ming so’m 
O’zgarish 
Mutloq, 
so’m 
Nisbiy, % 
1. 
Chegaragacha (port) tovarlarni 
avtotransportda tashishi, ming so’m 
85,000 
97,500 
+12500 
114 
2. Yuk oboroti, t/km 
242857 
242860 
+3 
3. O’rtacha qiymat, t/km 
3,5 
4,0 
+0,5 
114 
4. Temir yo’l tarifi, ming so’m 
75000 
89000 
+14000 
118 
5. Yuk tayyorlash 
12350 
15000 
+2650 
121 


405 
6. 
Saqlash: 
a) bog’lovchi baza, so’m 
b) portlarda, ming so’m 
25000 
15000 
26300 
15005 
+1300 
+5 
105 
100 
7. 
Me’yor chegarasidagi tovarlar 
kamomadi, so’m 
7350 
2800 
24500 
38 
8. 
Vositachi firmalar uchun komission 
rag’batlantirish 
126000 
13700 
+11000 
108 
*Ko’rsatkichlar, shartli 
Bunday tahlilni eksport bo’yicha alohida so’mlarda va chet el valyutasida o’tkazish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Mutloq va nisbiy o’zgarishlar tahlili auditorga qaysi modda bo’yicha 
muhim o’zgarishlar bo’lganligini aniqlashga imkon beradi. 
Eksport tovarlari bo’yicha ustama xarajatlar miqdorining mutloq oshishi quyidagi 
o’zgarishlar oqibatida ro’y berishi mumkin: 
-
tashishning olisligi; 
-
tashilayotgan yuk miqdori; 
-
bir tonna tashilayotgan yukning o’rtacha qiymati va hokazo. 
Ustama xarajatlarning moddalari bo’yicha o’zgarishlarni bilgan holda auditor qaysi moddani 
chuqurroq tekshirishi kerakligini aniqlab oladi. Shu bilan birga shuni nazarda tutish kerakki, eksport 
muomalalarini amalga oshirish jarayonida boshqa xarajatlar ham vujudga kelishi mumkin, ya’ni 
ular qatoriga xaridorlar, transport-ekspeditorlik va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan jarimalar, 
penya, neustoykalar kirib, iqtisodiy mazmuniga ko’ra ular eksport bo’yicha noishlab chiqarish 
xarajatlari tarkibiga kiradi va 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilib, soliqqa 
tortiladigan bazaga qaytarib qo’shiladi. 
Ustama xarajatlarni tekshirganda auditor moddalar tarkibiga ham e’tibor berishi kerak. Biz 
ko’rsatgan misolda 1 tonna eksportga jo’natilgan tovarga to’g’ri keladigan temir yo’l tarifi 
kamaygan, lekin mutloq «temir yo’l tarifi» moddasi 14000 ming so’mga oshgan. Audit tadbirlarini 
o’tkazish (har bir yozuvga isbot topish, hujjatlar mavjudligi, ularning mazmuni) auditorga shu 
modda bo’yicha «temir yo’lga» to’langan 10950 ming so’m miqdorida asoslanmagan jarimalar 
borligini aniqlash imkonini berdi. Auditor bu borada soliqqa tortish bazasiga qo’shilishi kerak 
bo’lgan summani qayta ko’rib chiqishi kerak bo’ladi va kerakli maslahatlar berishi zarur. 
O’zbekiston Respublikasi «Boj tarifi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona rejalari doirasida bojxona nazorati 
ostida O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki undan 
vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga; 
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet elda investitsiya 
sohasidagi hamkorlik ob’ektlarini qurish uchun butlovchi buyumlar tarkibida olib chiqiladigan 
tovarlarga; 
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan davlat ehtiyojlari uchun eksportga 
ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga; 
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxonalarning chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga, 
shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi buyurtmalarda nazarda 
tutilgan hollarda shunday korxonalar olib chiqib ketadigan o’zlari ishlab chiqargan tovarlarning 
ayrim turlariga nisbatan ilgari to’langan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida 
hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yo’l qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 avgustdagi PF-1831-sonli «Xorijiy 
sarmoyalari bo’lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag’batlantirishga oid 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga binoan - o’zi ishlab chiqargan mahsulotga 
eksport boj to’lovlari bekor qilingan. Eksport ichki bozordagi narxlardan pastroq narxlarda amalga 


406 
oshirilgan taqdirda ular uchun soliqqa tortiladigan baza eksport mahsulotini sotishning amaldagi 
narxidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. 
Auditor o’zida ishlab chiqargan mahsulotini haqiqatda shunday ekanligini aniqlashi zarur 
bo’ladi. Buning uchun bunday mahsulot quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- korxonada shunday faoliyat bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi kerak; 
- moddiy va moliyaviy resurslar sifatida shaxsiy aylanma mablag’lari va asosiy vositalardan 
foydalanish, ilg’or texnologiyani ishlatish va bular, albatta, auditor tomonidan tasdiqlanishi kerak. 
Imtiyozlar berishda quyidagi investitsiyalar hisobga olinadi: 
- chet el investorlarining korxona nizom kapitaliga qilgan ulushi; 
- chet el kreditlari, ya’ni korxonaga kapital qo’yilma sifatida berilsa; 
- mahsulot ishlab chiqarish loyihasi bo’yicha korxona tomonidan mazkur loyihaga 
reinvestitsiya qilinadigan foyda. 
Kapital qo’yilmalar qoplanish davrini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish