Amaliy audit



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

T = Kq (F+A) 
Bu erda: T-qoplanish davri; 
Kq - korxona faoliyati davrida kapital qo’yilmalar; 
A - korxona faoliyati davrida mahsulot ishlab chiqarishga ajratiladigan amortizatsiya 
xarajatlari; 
F - balans foydasi. 
Auditor imtiyozlardan foydalanish darajasini va qoplanish davridan so’ng tarmoqlararo 
komissiyaga so’nggi hisob-kitoblarni topshirilishini tekshirishi kerak. Bojxona imtiyozlari 
moliyaviy natijaga ta’sir ko’rsatadi. Imtiyozlardan noqonuniy foydalanish asoslanmagan tarzda 
foydani ko’paytiradi. 
Korxonalar mahsulot, ish va xizmatlar eksporti bilan bog’liq bo’lmagan xorijiy davlatlarda 
daromadga ega bo’lishi mumkin, bu kapital eksporti bilan bog’liq. Bunday eksportga quyidagilar 
kiradi: 
- chet el korxonalari nizom kapitaliga qo’yilmalar; 
- qimmatli qog’ozlarni sotib olish; 
- binolar, inshootlar va boshqa mulk, shu jumladan er va er osti boyliklari, shu davlatga 
tegishli ko’chmas mulk bo’yicha mulk huquklarini olish; 
- ko’chmas mulk bo’yicha boshqa huquqlar; 
- tovarlar, ish va xizmatlar ekporti bo’yicha 180 kundan oshirilgan to’lov muddatini 
uzaytirishlari. 
Noqonuniy kelishuvlar oqibatida olingan daromadlar O’zbekiston Respulikasining 
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq davlat foydasiga o’tkaziladi, shu tufayli 
auditorning vazifasi xorijda olingan daromadlarni qonuniyligini tekshirishdan iborat. 
Auditor xorijiy xaridor va buyutmachilar bilan hisob-kitoblar shaklini, to’lov muddatini, 
eksport bo’yicha kredit va kredit to’lovlari stavkalarini o’rganadi. Eksportga jo’natilgan tovarlar 
bo’yicha debitorlik qarzlarini tahlil qiladi. 
Debitorlik qarzlarini tasdiqlash auditorlik jarayonining asosiy bosqichlaridan hisoblanadi. 
Tasdiqlashning quyidagi shakllari taklif qilinadi: 
- so’rovnoma; 
- hujjatlashtirish. 
So’rovnoma ikki xil bo’lishi mumkin: pozitiv va negativ. Pozitiv - debitorlik qarzi realligi 
haqida auditor aniq ma’lumotga ega, lekin muddati va miqdorini aniqlash kerak. Auditor debitorlik 
qarzini tasdiqlash haqida so’rovnoma berishi mumkin, xaridor esa so’rovnomada ko’rsatilgan 
summa faqat uning hisobida yo’q bo’lsa, javob berishi kerak. Agarda xaridor javob bermasa, 
auditor eksporter hisobidagi debitorlik qarzini to’g’ri deb hisoblaydi va javob faqat summa 
tasdiqlamasagina kelishini inobatga olib, bunday so’rovnomalarni «negativ» deb hisoblaymiz. 


407 
Eksport bo’yicha tovarlar, ish va xizmatlar uchun debitorlik qarzining haqiqiyligini «hujjatli 
tasdiqlash» kabi audit tamoyili orqali aniqlash mumkin. Hujjatli tekshirish so’rovnoma «negativ» 
bo’lgan hollarda amalga oshiriladi. 
Amaliyotda eksportga jo’natilgan tovarni hisobda ikki marta aks ettirish hollari uchraydi. 
Buning uchun auditor hisob yozuvlarini sinchkovlik bilan tekshirishi zarur. Masalan, eksport 
bo’yicha kontraktlar va hisob vedomostlari solishtiriladi. 
Eksport muomalalari bo’yicha hisob-kitoblarning samaradorligi tahlili o’tkazilishi kerak. 
Bizning fikrimizcha, eng samarali hisob-kitob usullaridan biri veksellar bilan hisoblashishdir, 
chunki mol etkazib beruvchi bunday holda chet el valyutasida daromad olishi mumkin. Bunday 
muomalalarni (10.14 jadval) tekshirish uchun misol tariqasida ish jadvali taklif qilinadi.

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish