400
Tashqi iqtisodiy aloqalar qayd etish soni, imzolash joyi va sanasi ko’rsatilgan kontrakt
asosidan amalga oshiriladi. Kontrakt bo’yicha nizolar vujudga kelsa, ularni imzolangan joy sudi hal
qiladi (London, Toshkent va boshqalar).
Xalqaro iqtisodiy shartnomalar ishtirokchilari uchun yuzaga keladigan tavakkalchiliklardan
biri valyuta tavakkalchiligi bo’lib, uning asosiy sabablari sifatida quyidagi omillarni ko’rsatishimiz
mumkin:
-
ochiq valyuta pozitsiyasining mavjudligi;
-
kontraktda valyuta sifatida chet el valyutasidan foydalanish;
-
shartnoma tuzilgan vaqt bilan uning amalga oshirilish vaqti orasida ma’lum muddatning
mavjudligi.
Valyuta tavakkalchiligi kontrakt tuzilgan kun bilan to’lovning amalga oshirilish kuniga
bo’lgan davr mobaynida milliy valyuta kursining kontrakt valyuta kursiga nisbatan aniqlanadi.
Valyuta kurslari qanchalik nobarqaror bo’lsa, valyuta tavakkalchiligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Valyuta xavf-xatari tashqi iqtisodiy shartnomalar ishtirokchilari uchun real valyuta yo’qotishlariga
olib kelishi mumkin. Bu turdagi valyuta tavakkalchiligida rejalashtirilgan tashqi iqtisodiy
muomalalarning natijalari amalga oshirilgan muomalalar natijalaridan farq qiladi. Buxgalteriya
hisobi nuqtai nazaridan qaraganda bunday holat sintetik hisobda va moliyaviy hisobotlarda ham aks
ettirilmaydi. Masalan, «tuzilgan shartnomalar, lekin amalga oshirilmagan» degan modda hech joyda
uchramaydi. Valyuta tavakkalchiligining bu turi faqatgina analitik hisoblar tuzishidagini
hisoblanishi mumkin.
Tashqi savdo shartnomalari bilan bevosita bog’lanmagan valyuta tavakkalchiligi balansning
chet el valyutasida ifodalangan aktiv va passiv moddalarini qayta baholagan vaqtda, shu jumladan,
chet eldagi filiallarning milliy valyutadagi foydalarini qayta baholaganda yuzaga keladi. Albatta, bu
turdagi tavakkalchilik buxgalteriya hisobda aks ettiriladi va shuning uchun buxgalteriya
tavakkalchiligi, deb atash mumkin. Bizning fikrimizcha, buxgalteriya tavakkalchiligining yuzaga
kelishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
- chet el valyutasidagi aktivlarning balansda milliy valyutada aks ettirilishi;
- chet el valyutasidagi aktiv va passiv moddalar summalarining har bir valyutaga nisbatan mos
tushmasligi;
- balansning chet el valyutasidagi moddalari holatini kurs o’zgarishlari davomida
o’zgarmasligi.
Yuqoridagilarni inobatga olganda auditor:
- valyuta xavf-xatarlari darajasini aniqlashi va o’lchashi;
- tavakkalchilikni boshqarish strategiyalarini tanlashi;
- valyuta tavakkalchiligini kamaytirishi;
-
valyuta tavakkalchiligini sug’urtalash va boshqa masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan
ishlar ko’lami va bajarilish darajasini aniqlashi zarur.
Tashqi xaridorga eksport tovarlarini etkazib berish uchun kontraktni tuzgach, eksportyor ikki
nusxada bitim
Do'stlaringiz bilan baham: