Amaliy audit


 Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

 

2. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi 

Auditning  maqsad  va  vazifalaridan  kelib  chiqib,  umumlashtirilgan  va 

baholangan  tekshiruv  natijalarini  kamida  ikkita  hujjat  bilan  rasmiylashtirish 

maqsadga muvofiqdir: 

1.Audit haqida shartnoma ko`zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-

xojalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o`tkazish to`g`risida hisobot. 

2.Moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasi. 

O`zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi qonunning 

18-moddasiga  muvofiq:  «Auditorlik  hisoboti  auditorlik  tekshiruvining  borishi, 

buxgalteriya  hisobini  yuritishning  belgilangan  tartibidan  aniqlanagan  chetga 

chiqishlar,  moliyaviy  hisobotdagi  qoidabuzarliklar  to`g`risidagi  mufassal 

ma`lumotlardan,  shuningdek  auditorlik  tekshiruvi  o`tkazish  natijasida  olingan 

boshqa  axborotdan  iborat  bo`lgan  va  xojalik  yurituvchi  subekt  rahbariga, 

mulkdorga qatnashchilarining umumiy yig`ilishiga yo`llangan hujjat».  

70-sonli  «Auditorlik hisoboti va  moliyaviy  hisobot to`g`risida»gi  auditorlik 

xulosasi nomli AFMS ga muvofiq auditorlik xulosasi tarkibi quyidagicha: 

a) nomi; 

b) adresat nomi

v) kirish qismi

g) tahlil qismi

d) yakuniy qism. 

Auditorlik  hisoboti  moliyaviy  hisobotni  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazgan 

auditor  tomonidan  betma-bet  imzolanishi  lozim.  Auditorlik  hisoboti  auditorlik 

tekshiruvining  buyurtmachisiga  buyurtmachining  barcha  zarur  rekvizitlari 

ko`rsatilgan holda jo`natiladi. 

Auditorlik  hisobotining  kirish  qismida  auditorlik  tashkilotining  rekvizitlari, 

shu  jumladan  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  berilgan  litsenziyaning 

raqami  va  sanasi,  auditorlik  va  auditorlar  tekshiruvidan  qatnashgan  boshqa 

shaxslar haqida ma`lumotlar hamda auditorlik tekshiruvini o`tkazish uchun asos va 

xojalik yurituvchi subekt faoliyatining umumiy tavsifi ko`rsatiladi. 

Auditorlik  hisobotining  tahliliy  qismi  auditorlik  faoliyati  milliy  standartiga 

tayanadi va quyidagilarni o`z ichiga oladi: 

- xojalik yurituvchi subektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari 

(batafsil bayoni); 

- buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning ahvolini tekshirish natijalari; 

- moliya-xojalik faoliyatini amalga oshirish mobaynida qonunchilikka rioya 

qilinishini tekshirish natijalari; 

-  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to`lovlarni  hisoblash  hamda  to`lashning 

to`g`riligini tekshirish natijalari; 

- aktivlar (mablag`lar) saqlanishini  tekshirish natijalari. 

Korxonadagi  ichki  nazoratning  ahvolini  tekshirish  natijalari  to`g`risidagi 

axborotlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: 




482 

 

-  ichki  nazorat  tizimi  xojalik  yurituvchi  subyekt  faoliyati  tavsifi  va 



miqyoslariga mos kelishini umumiy baholash

-  auditorlik  tekshiruvi  mobaynida  aniqlangan,  ichki  nazorat  tizimining 

xojalik  yurituvchi  subyekt  faoliyati  tavsifi  va  miqyoslariga  katta  mos  kelmaslik 

holatlarini bayon qilish. 

Xojalik  yurituvchi  subyekt  buxgalteriya  hisobi    va  moliyaviy  hisobotining 

ahvolini tekshirish natijalari to`g`risidagi axborotlar quyidagilarni o`z ichiga olishi 

lozim: 

-  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  moliyaviy  hisobotni  tayyorlash  tartibini 

auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazish  jarayonida  aniqlangan  katta  qoidabuzarlik 

holatlarini bayon qilish.  

Xojalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  moliya-xojalik  faoliyatini  amalga 

oshirish  mobaynida  qonunchilikka  rioya  qilinishini  tekshirish  natijalari 

to`g`risidagi axborotlar quyidagilarni o`z ichiga olishi lozim: 

-  xojalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  sodir  etilgan  moliya-xojalik 

muomalalarining qonunchilikka mos kelishini baholash

-  xojalik  yurituvchi  subyekt  tomonidan  amalga  oshirilgan  moliya-xojalik 

muomalalarini  auditorlik  tekshiruvidan  o`tkazish  jarayonida  aniqlangan    katta 

nomuvofiqliklarni bayon qilish. 

Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to`lovlarni  hisoblash  hamda  to`lashning 

to`g`riligini  tekshirish  natijalari  to`g`risidagi  axborotlar  quyidagilarni  o`z  ichiga  

olishi lozim: 

-  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to`lovlar  bo`yicha  tuzilgan  va  tegishli 

organlarga taqdim qilingan hisob-kitoblarning to`g`riligini baholash; 

- soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblashning belgilangan tartibini 

buzish faktlarini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni bayon qilish. 

Aktivlar  saqlanishini  tekshirish  natijalari  ularni  inventarizasiya  qilishga 

asoslanishi  va  ularning  haqiqatda  mavjudligi  hamda  butligi  to`g`risidagi 

axborotlarni o`z ichiga olishi lozim. 

Auditorlik  hisobotining  yakuniy  qismida  aniqlangan  xato-kamchiliklar  va 

qoidabuzarliklarni  bartaraf  qilish  bo`yicha  auditorlik  tashkilotining  tavsiyalari, 

hamda  xojalik  yurituvchi  subyektning  moliya-xojalik  faoliyati  samaradorligini 

oshirish bo`yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi. 

70-sonli  AFMS  ga  muvofiq,  «Auditorlik  tashkiloti  tuzilgan  auditorlik 

hisoboti  uchun  qonunchilikka  muvofiq  javobgar  hisoblanadi.    Shuningdek, 

auditorlik hisobotidagi axborotlar mahfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin 

emas.  Ushbu  axborotlarga  aloqador  shaxslar  axborotlarni  oshkor  qilganligi  uchun 

qonunchilikka  muvofiq javobgarlikka tortiladi»

1

.  



Auditorlik  tekshiruvining  natijalari  asosida  tuzilgan  hisobotda  korxona 

moliya-xojalik  faoliyati  va  uning  natijalarining  umumiy  ahvoli,  shuningdek, 

buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  hisobot  tuzish  holati,  tahlil  ishlarining  darajasi 

                                                 

1

    70-sonli  «Moliyaviy  hisobot  to’g’risida  auditorlik  hisoboti  va  auditorlik  xulosasi»  O’zbekiston  Respublikasi 



Auditorlik  faoliyati  milliy  standarti  (AFMS).  2001  yil  14  fevralda  20-soni  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  va  2001  yil  10  martda  1016-son  bilan  Adliya  vazirligi  tomonidan  ro’yxatga 

olingan. 



483 

 

hamda  korxonadagi  hisob-tahlil  xodimlarining  tavsifi  aks  ettiriladi.  Auditorlik 



hisoboti  ma'lumotlari  korxona  bozor  sharoitlariga  qanday  moslashayotganligi  va 

muvaffaqiyatli  rivojlanishi  hamda  foydasini  ko`paytira  olishga  qodirligini  yoki 

aksinchaligini  bildirishi  lozim.  Albatta,  tekshirilayotgan  korxonadagi  ahvol  bezab 

ko`rsatilmasdan,  auditorga  taqdim  qilingan  axborot  haqiqiy  bo`lgandagina 

ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda xulosa shakllanadi. Aks 

holda, auditorlik tekshiruvi befoyda va uni o`tkazish uchun sarflangan mablag` esa 

zoe ketadi. 

Auditor  hisobotda  keltirilgan  kamchiliklar  bo`yicha  ularni  bartaraf  qilishga 

qaratilgan  o`z  takliflarini  ham  ko`rsatib  o`tishi  lozim.  Lekin  tekshirilayotgan 

korxona  xodimlariga  «yaxshilik»  qilish maqsadida  auditor  shaxsan o`zi  dastlabki 

hujjatlar,  hisob  registrlari  va  buxgalteriya  hisobotlaridagi  xatolarni  to`g`rilashi 

mutlaqo mumkin emas.  

Shu  bilan  birga  auditorlarga  u  yoki  bu  noxush  faktlarni  boshqacha  qilib 

yoritishga  yoki  tekshiruvchilar  uchun  qulay  xulosa  tuzib  berishga  majburlash 

maqsadida  ruhiy,  jismoniy  yoki  boshqacha  taz'yiqlar  o`tkazgan  hollarda  ular 

qat'iylik va prinsipiallik bilan ish tutishlari lozim.  

Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to`g`risida korxona rahbariyatiga 

bildiradi va ularni tuzatish bo`yicha aniq tavsiyalar beradi.  

Agar  buxgalteriya  (moliyaviy)  hisobni  yuritish,  tegishli  hisobotlarni  tuzish 

va  O`zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  rioya  qilish  bo`yicha  ko`rsatilgan 

kamchiliklar  audit  o`tkazish  mobaynida  buyurtmachi  korxona  tomonidan 

tuzatilmasa,  moliyaviy  hisobotning  ishonchliligini  tasdiqlash  mumkin  emasligi 

to`g`risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi. 

 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish