KeYS-STADI: «etakchilik va odamlarni boshqarish»
AOOT « WINWEST» vino va kon`yak maxsulotlarini ishlab chiqaradi va rivojlanishning deyarli asrlik tarixiga ega. Mazkur tashkilotning ishlab chiqarilishi maxalliy maxsulotlariga asoslanadi (viloyatda ustirilgan uzum).
Tashkilotning samarali ishlashiga antialkogol siyosatning o`tkazilishi, uzumning qimmatli navlarining yo`qolishi, shuningdek mazkur tashkilotning maxsulotining odatdagi iste`molchilari bo`lgan sobiq Ittifoq Respublikalari bilan iqtisodiy aloqalarning buzilishi sezilarli ta`sir ko`rsatdi.
Mazkur korxonani 20 yil atrofida janob A. boshqargan. U tashkilotda boshidan qattiq qonun-qoidalarini o`rnatdi. Xar kuni u o`z ishini o`tgan kunning taxlili bilan boshlaydi va ishchi xodimlar tez-tez uning kabineti oldidan o`tganda raxbarning qo`l ostidagilarga qattiq gapirishini eshitar edilar. Tsexga kirib va ishdagi kamchiliklarni ko`rib, u tsex boshqaruvchisi yoki oddiy ishchi bo`lishidan qat`iy nazar uni koyishi mumkin edi.
Xar bir yig`ilishda qo`l ostidagi xodimlar bilardilarki, bosh direktor albatta topshiriqning bajarilishi xaqida so`rashi va yangisini berishi mumkin. Xodimlar topshiriqlarni bajarilmasligining sabablari aniqlanmasdan jazolanar edi.
2004 yil sentyabrida dushanba kuni soat 9.00 da direktor bosh menejerlarni yig`di va chet el investorlarning kelishi xaqida xabar berdi. U ishlab chiqarish bo`yicha direktor o`rinbosariga mexmonlarni kutib olishni topshirdi. Payshanba kuni mexmonlar kunduzgi samolyot bilan kelishdilar va ularni ishlab chiqarish bo`yicha direktor o`rinbosari kutib oldi. U mexmonlarni mexmonxonaga joylashtirdi, keyin nonushta qilishdilar. Nonushtadan keyin mexmonlarga korxonaga borish taklif etilgan edi. Mexmonlar ofisga kelishganda kotiba bosh direktorni xokimiyatga chaqirishganliklarini va u faqat tushlikka yaqin kelishini aytdi. Mexmonlarga shaxarda ekskursiya taklif etildi. Ular bundan muloyimlik bilan voz kechib, korxonani ko`rish istagini bildirishdilar. Tsexlarning birida mexmonlar tsex boshqaruvchisi bilan maxsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi xaqida suxbatlashni xoxladilar. Biroq u joyida yo`q edi, chunki ishchilar gapiga qaraganda u vinpunktga ketgan edi. Soat 12.30 da bosh direktor kelib, tushlik qilishni taklif etdi. Mexmonlar yana muloyimlik bilan voz kechib, muzokaralarni boshlashni taklif etdilar. Bosh direktor o`zining o`rinbosariga xamma bo`limlar boshliqlarini chaqirishni buyurdi.
Muzokaralarni boshlab, mexmonlar investitsiyalanishi ko`zlanuvchi loyixaning texnik-iqtisodiy asosini so`radilar. Aniqlanishicha, bu topshiriq berilgan bosh injener loyixaning asosini tayyorlamagan, chunki mazkur topshiriqni bajarilish muddati belgilanmagan edi. Mexmonlar ketganidan so`ng bosh direktor bosh injenerni ishdan chetlashtirdi.
Yilning oxiriga borib direktor qiyin moliyaviy axvol uchun ishdan chetlashtirilgan edi.
2005 yildan AOOT «WINWEST» ni yangi direktor boshqardi. U quyidagi muammoga duch keldi:
Korxona davlat oldida soliqlarni to`lash bo`yicha katta qarzga ega.
Korxona omborxonalarida ko`p tayyor maxsulot yig`ilib qolgan.
Vinoni solish bo`yicha moslamalar ma`naviy eskirgan.
Yangi bosh direktor kutib turmasdan qat`iy faoliyatni boshlab yubordi. O`zining birinchi kunini bosh direktor bo`limlar boshliqlarini yig`ish va ularga o`zining pozitsiyasini: vujudga kelgan vaziyatdan chiqish echimlarini birgalikda izlash kerakligini va xamma savollar birgalikda xal qilinish zarurligini aytish bilan boshladi. Biroq, oldingi direktor qarindoshi bo`lgan ishlab chiqarish bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimini qiskartirganidan ko`plar xayratda kolgan edi. Iqtisodiyot bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimiga u oyok- kiyim maxsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonadan o`ziga yaxshi tanish bo`lgan mutaxassisni taklif qildi. Unga bosh vinodel va bosh injenerni bevosita buysundirdi. Qayd qilish kerakki, bosh injener xam, bosh vinodel xam mazkur korxonada 20 yildan ko`p ish stajiga ega edilar.
Bosh direktor ishlab chiqarish faoliyatini bevosita o`zi boshqarishni boshladi. Qo`l ostidagi xodimlar istalgan vaqt, agar u kabinetida bo`lsa, kirib joriy savollarni xal qilishlari mumkin edi.
Bosh direktor e`tiborga olgan asosiy masalalardan biri bo`lib uzumni tayyorlash va birlamchi qayta ishlash xisoblanardi. U xar kuni ertalab tumanlarda joylashgan vinpunktlarga chiqib, maxsulotni tayyorlashni o`zi boshqarar edi.
U boshqargan korxona o`z urf-odatlarga, butun ishchilar dinastiyalarga ega bo`lishini tushunib turib va mazkur potentsialni saqlab qolish maqsadida bosh direktor ishchilarni mukofotlashga katta e`tibor qaratar edi. Shunday qilib, xar oy va bayramlarda xodimlarga bir oklad miqdorida mukofot to`lanardi, nafaqaxo`rlarga xuddi shunday bayramlarda mukofotlar berilar edi. Kadrlar bo`limi boshlig`ini nafaqa yoshida ekanligidan kelib chiqib, bosh direktor mazkur lavozimga boshqa kishini, shaxar OO`Yularining birida ishlovchi menejerni taklif qildi.
Kadrlar bo`limining yangi boshlig`i ishga kelib, birdaniga jamoani yoshartirish zarurligini ta`kidlab, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida o`zgarishlar qilishni taklif qildi. Bu masalaga katta ish stajiga ega bo`lgan boshqa bo`lim boshliqlar negativ javob bera boshladilar. Bundan tashqari, ular ishlab chiqarish ishida kichik stajga ega bo`lgan kadrlar bo`limi boshlig`iga ishonchsizlik bilan qarar edilar.
Bunga qaramasdan bosh direktor bularning xammasi ikkinchi darajali savollar, asosiysi esa - ishlab chiqarish deb xisoblab, vujudga kelgan nizoga aralashmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |