turistik faoliyatining moliyaviy rejasini (mablag‘lar jalb etish va moliyalashtirish
mexanizmlarini) ishlab chiqish;
tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning tashrif buyurish tartibini ishlab chiqish.
16. Vakolatli davlat organiga tadbirkorlik subyektlarining suv
omborlarining suvni muhofaza
qilish zonalari doirasida sayyohlik infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha murojaatlarini o‘rganish
asosida Turizm va sport vazirligi takliflar yuboradi.
17. Uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki ma’lumotga
xulosa berish uchun va tegishli yer uchastkalari bo‘yicha quyidagi mazmundagi hujjatlarni
yuboradi:
yer uchastkasiga oid qisqacha ma’lumot, jumladan, maydon (gektarda),
yer uchastkasiga
tegishli yer fondining kategoriyasi, mavjud qiyinchiliklar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi,
bonitet balli va boshqalar;
yer uchastkasi chegara va manzil ko‘rsatilgan holda mavjud bo‘lmasa —
Google xaritada M
1:500 dan M 1:1000 gacha kenglikda (aholi punkti, ko‘chalar — aholi punktida joylashgan suv ombori,
ko‘chalar mavjud bo‘lmagan holatlarda obyektdan metrda masofa ko‘rsatiladi) topografik xaritada
yer uchastkasining joylashtirish rejasi (koordinat nuqtalari bilan);
taklif qilinayotgan yer uchastkalarining foydalanish turlarini ko‘rsatgan holda situatsion
sxema;
yer uchastkasi fotosuratlari (15 x 20 sm) kamida ikki tomondan atrofdagi obyektlar bilan
birgalikda.
18. Yer uchastkalari ma’lumotlari kelib tushgan kundan boshlab uch ish kun ichida vakolatli
tashkilotlar kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli xulosa beradi.
19. Vakolatli tashkilotlarning xulosalari vakolatli tashkilot tomonidan
raqamli elektron imzo
bilan tasdiqlangan yoki xulosaning nusxasi elektron shaklda vakolatli davlat organiga
“YERELEKTRON” AAT orqali yuboriladi.
Bunda xulosa ijobiy yoki salbiy tarzda berilishi mumkin.
Ijobiy xulosada shahar qurilishi,
atrof-muhitni muhofaza qilish, yong‘inga qarshi va boshqa
norma, qoidalarga rioya qilish bo‘yicha yer uchastkalariga uzoq muddatli ijara asosida egalik
qiluvchiga talablar bayon qilinadi.
Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan
holda yer ajratishning
imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari ko‘rsatiladi.
20. Kelishilgan ma’lumotlar tegishli yer uchastkasi bo‘yicha vakolatli tashkilotning elektron
raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali “YERELEKTRON” AATda amalga oshiriladi.
Kelishuv hech qanday izohsiz va qo‘shimcha shartsiz amalga oshiriladi.
Qabul qilish rad etilgan taqdirda, vakolatli davlat organiga “YERELEKTRON”
AAT orqali
vakolatli tashkilotning raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan xati yoki xulosa xatining nusxasi,
yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari qonunchilikning aniq normalarini
ko‘rsatgan holda yuboriladi.
21. Ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatib o‘tilgan yer uchastkalari bo‘yicha materiallar
yuzasidan tegishli qaror yoki xulosa o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, materiallar uchun ijobiy
xulosa berildi deb hisoblanadi va ularning qarori ijobiy hisoblanadi. Shuning uchun yer uchastkalari
bo‘yicha materiallarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha biriktirilgan mas’ullar o‘z vaqtida ko‘rib
chiqib xulosa taqdim etmasa, shu vakolatli tashkilotlarning
rahbarlari shaxsan javobgar
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: