Bog'liq 18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
5-bob. Yer uchastkasini berish va yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga olish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash 29. Operator tomonidan auksion natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma yer
uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha shartnoma kuchiga ega bo‘ladi.
30. Yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarorda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish
shartlari, shu jumladan, auksion g‘olibining yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanish,
yer uchastkasida bino va inshootlarni belgilangan muddatlarda barpo etish, vakolatli tashkilotlar
tomonidan tuzilgan xulosalarda nazarda tutilgan talablarga rioya etish to‘g‘risidagi majburiyatlari,
shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari albatta ko‘rsatiladi.
Bunda yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarorga auksionni o‘tkazish haqidagi xabarnomada
avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Auksion g‘olibi yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan majburiyatlarga rioya
etmagan holatlarda, ushbu yer uchastkasi qonunchilikda belgilangan tartibda auksion g‘olibining
xarajatlarini qoplamasdan olib qo‘yiladi.
31. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul
mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida yig‘iladi va auksion g‘olibi tomonidan obyekt
qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng auksionni tashkil qilish xizmatlari uchun to‘lov summalari
chegirilgan holda, qolgan pul mablag‘lari hamda kelgusi yillar uchun ijarachi tomonidan kiritilgan
ijara to‘lovi summasi vakolatli davlat organining daromadlar bo‘yicha g‘aznachilik hisobvaraqlariga
o‘tkaziladi.
32. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan vakolatli
davlat organining daromadlar bo‘yicha g‘aznachilik hisobvaraqlariga kelib tushgan pul mablag‘lari
hamda ijarachi tomonidan kiritilgan ijara to‘lovi summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — tegishli mahalliy budjet daromadiga;
40 foizi — tegishli suv omboridan foydalanish bo‘yicha boshqarma hisobvarag‘iga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish
jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
33. Ijara to‘lovini to‘lashni kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini
buzganlik uchun jarima summalari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv
xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga va tegishli suv omboridan foydalanish bo‘yicha boshqarma
hisobvarag‘iga teng ulushlarda yo‘naltiriladi.
34. Kelgusi yillar uchun ijara to‘lovi oxirgi belgilangan ijara to‘lovi miqdori va qolgan ijara
muddatidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyekti tomonidan davriy (choraklik, oylik yoki ijara
shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda) to‘lovlar bilan kiritiladi.
To‘lovlar yuz foiz oldindan to‘lov shaklida har bir kelgusi davr (chorak, oy va boshqalar) uchun
amalga oshiriladi.
Turistik xizmatlarni tashkil etishning mavsumiyligidan kelib chiqib, ijara to‘lovi tadbirkorlik
subyektlari — ijarachilar tomonidan ularning faoliyat ko‘rsatgan davri uchun ijara shartnomasida
ko‘rsatiladigan ijara to‘lovini to‘lash jadvalini tuzish orqali to‘lanishi mumkin.
35. Vakolatli davlat organi tomonidan tegishli rejim o‘rnatilgan hudud va inshootlardan
foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda suv omborlarining suvni muhofaza
qilish zonalari chegaralarining cheklangan hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun to‘lov
va yig‘imlar belgilanishi mumkin.
36. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarining cheklangan
hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun to‘lov va yig‘imlar tegishli rejim o‘rnatilgan hudud
va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda taqsimlanadi.