2.3. Tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini
takomillashtirish masalalari
Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha normativ hujjatlar sanoqli
bo'lganligi sababli mavjud muammoli kreditlari bilan kurashish yo'lini bankning
48
o'zi belgilaydi.
Bankdan
olgan
kreditlarini
o'z
vaqtida
to'lash
majburiyatlarini
bajarmayotgan qarzdorlarni to'lovga qobiliyatsiz deb e'lon qilishi va bu haqda
matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni
so'rab, xo'jalik sudida da'vo qo'zg'atish huquqiga ega.
13
Banklarda yuzaga kelgan muammoli kreditlarni berish belgilariga qarab
quyidagi guruhlarga bo'lib, tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bular:
•
Bankning o'z qarori bo'yicha berilgan kreditlar;
•
Hukumat qarori bo'yicha berilgan kreditlar;
•
Vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan kreditlar;
•
Boshqa turli qaror va kafolatlar bo'yicha berilgan kreditlar.
Agar bank barcha riskni o'ziga qabul qilgan holda o'zi kredit berishga qaror
qilib, bu kredit bo'yicha muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, u holda bank mijozning
aksiyadorlik munosabatini ko'rib chiqishi lozim. Agar mijoz bankning aksiyadori
bo'lsa, kreditni qaytarish masalasini uning aksiyadorlik jamiyatidagi salmog'i
hisobidan amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Mabodo kredit hukumat yoki
vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan bo'lsa, Sh. Z. Abdullayeva tomonidan u
kreditlarni undirishning quyidagi yechimi taklif qilingan.
Moliya Vazirligida hukumat kafolati bo'yicha berilgan, lekin muammoli
kreditlarga aylangan kreditlar bo'yicha ish olib boruvchi agentlik-emitentlarni
tashkil qilish lozim. Bu agentlikka obligatsiyalar chiqarish huquqi berilib,
muammoli kreditlar bo'lgan banklar shu obligatsiyalarni sotib olish yo'li bilan
muammoli kreditlar salmog'ini qoplashi mumkin. Obligatsiyalar uzoq muddatga
ega bo'lgan hollarda banklar ular bo'yicha dividend olish imkoniga ega bo'lishlari
lozim. Muammoli kreditlar bozorini tashkil qilib unda muammoli kreditlarni va
ular bo'yicha banklar olgan obligatsiyalarni sotishni yo'lga qo'yish lozim.
Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari bo'yicha bir-biridan farq
qilsada, ularning oldini olishda quyidagi yondashishlar qo'l kelishi mumkin.
Bunda:
13
Banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunning 35-moddasi, 1996-yil 25-aprel
49
•
qarzni restrukturizatsiya dasturini ishlab chiqish;
•
qo'shimcha hujjatlar va kafolatlar olish;
•
qo'shimcha fondlarni to'xtatish yoki qo'shimcha inyeksiya qilish;
•
garovni sotish;
•
boshqa aktivlarni sotish;
•
kafolat bo'yicha to'lovni talab qilish;
•
boshqaruvni almashtirish;
•
menejment ishlarini olib borish;
•
huquqiy ishlarni ko'rib chiqish va boshqalar.
Bizga ma'lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barqarorligini
ta'minlash va mustahkamlash Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Shuning uchun banklar tizimining samarali va barqaror faoliyat ko'rsatishini
ta'minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalaridan
hisoblanadi. Har bir mamlakatda bu sohada o'rnatiladigan nazorat Markaziy bank
tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari bo'yicha mumkin bo'lgan
yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish va uni doimo barqaror ushlash
masalasini qo'yadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar sifatining pastligi, ularni to'lash
bo'yicha muammolarning ko'pligi bank faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va bank
tomonidan kredit siyosatini tuzish va uni olib borishda ma'lum kamchiliklarga yo'l
qo'yilganidan dalolat beradi. Ba'zi banklar tomonidan berilgan kreditlar sifatini
pastligini quyidagi sabablar tufayli, ya'ni birinchidan, kreditlar berishda mijozning
kreditga layoqatlilik ko'rsatkichlari, ularning moliyaviy ahvolining yaxshi tahlil
qilinmaganligi, ikkinchidan, kreditning ta'minlanganligi to'g'ri aniqlanib,
rasmiylashtirilmaganligi va uchinchidan, o'z vaqtida, to'g'ri kredit monitoringi
o'tkazilmaganligi tufayli yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin.
Tijorat banklari faoliyati, ayniqsa kreditlash jarayoni risk bilan bog'liq. Shu
sababli banklar faoliyatining barqarorligini ta'minlashda kredit portfelini oqilona
boshqarish muhim o'rin tutadi. Fikrlarni yagona tizimga jamlagan holda muammoli
kreditlarga quyidagicha ta'rif berish mumkin: kredit risklarini amalda yaqqol
50
namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra, kredit
shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida, "substandart", "shubhali" hamda
"umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlar muammolidir.
Muammoli kreditlar bilan ishlash faoliyatini tizimli ravishda olib borish
maqsadida, muammoli kreditlarni: muddati, sifati, ta'minoti, resurs manbasi va
kreditni berish to'g'risidagi qarorni qabul qiluvchi subyekti kabi asosiy yo'nalishlar
bo'yicha tasniflash maqsadga muvofiq.
Muammoli kreditlarni yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha tasniflash ularni
bartaraf etish uchun ishlarni to'g'ri va samarali rejalashtirishga yordam beradi.
Bank amaliyoti ko'rsatishicha, kreditni qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlarni
ishlab chiqishda kredit bo'yicha undiruvni nimaga qaratish lozimligini aniqlab
olish muhim ahamiyatga ega.
Jahonning aksariyat mamlakatlarida ishlamayotgan aktivlar muammosini
yechish va bank sohasidagi inqirozni bartaraf etish uchun davlat banklardan
muammoli aktivlarni sotib olgan. Ayrim mamlakatlarda hukumatlar tomonidan
banklarning "yomon" aktivlari bilan maqsadli ishlash uchun maxsus
korporatsiyalar tuzilgan. Xalqaro amaliyotda muammoli aktivlarni boshqarishda
ikkita yondashuv qo'llaniladi: markazlashgan va markazlashmagan. Birinchi
yondashuv davlat tomonidan butun bank tizimining muammoli aktivlarini sotib
olish va boshqarish bo'yicha maxsus korporatsiya tuzilishini ko'zda tutadi.
Markazlashmagan usulning mohiyati esa, bankning tarkibida ishlamayotgan
aktivlarni boshqarish bo'yicha tegishli tuzilmani tashkil etishdan iborat.
Kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zaxira
ajratmalarining amaldagi darajasiga baho berish uchun esa quyidagilarga alohida
e'tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
•
bank tomonidan berilgan kreditlarning to'g'ri tasniflanganligiga;
zaxira ajratmalarini tasniflash asosida kreditlarning toifalariga mutanosib ravishda
tashkil etilganligiga;
•
foizlarni o'stirmaslik maqomiga ega bo'lgan kreditlar bo'yicha
hisoblangan va muddati o'tgan foizlarni o'z vaqtida va to'liq tijorat bankining
51
balansidan chiqarilganligiga.
Har bir bank o'zining kredit siyosatini 2.03.2000-yilidagi №905-sonli
"Tijorat banklarining kredit siyosatiga qo'yiladigan talablar" nizomiga muvofiq
tarzda tuzadi va kredit siyosatini yurgizadi. Ushbu nizomning 2-bo'lim 2.5-bandida
kreditlarni qaytariluvchanligini kredit siyosati darajasida ko'tarilishi ko'zda tutilgan
bo'lsada, lekin ko'pgina hollarda tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan "kredit
siyosatlari" yuzaki ishlab chiqilgan. Shuning uchun ham muammoli kreditlar
paydo bo'lgan vaqtda joylardagi xodimlar tomonidan ushbu masalani yechish
bo'yicha qiyinchiliklar tug'iladi. Agarda muammoli kreditlarni undirish bo'yicha
ish to'g'ri yo'lga qo'yilmasa, buni amalga oshirish uchun juda ko'p vaqt hamda
mablag' talab etiladi.
Kreditlash bank ishining o'zagi bo'lib, uning sifatiga qarab bankning
faoliyati to'g'risida xulosa chiqarish mumkin. Bunda, asosan, kreditlarni boshqarish
jarayonining asosiy ahamiyat kasb etishiga sabab shuki, uning sifati bank ishining
samaradorligiga bog'liqdir. Iqtisodchilar tomonidan jahon banklarining sinishi
(bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish shuni ko'rsatayapdiki, asosan,
banklarning sinishiga sabab - bank aktivlari sifatining (eng avvalo kreditlarning)
pastligidir. Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bog'liq bo'lib,
quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:
•
tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati
kreditlashtirish jarayonining mavjudligi;
•
kredit portfelini optimal boshqarishning yo'lga qo'yilganligi;
•
kreditlarni muntazam nazorat qilishning tashkil qilinganligi;
•
bank tizimida ishlaydigan xodimlarning tayyorgarlik darajasi;
•
tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati
o'tgan kreditlar salmog'ining o'zgarishi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o'tgan
kreditlar salmog'ining o'zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi
asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G'arbiy Yevropa
52
davlatlarining bank amaliyotida muddati o'tgan kreditlar jami kredit qo'yilmalari
hajmidagi salmog'ini 3 foizdan oshmasligi normal holat hisoblanadi. Bu
ko'rsatkichning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil
qiladi.
Foizlarni o'stirmaslik maqomiga ega bo'lgan kreditlar va ularga hisoblangan
foizlar miqdorining o'zgarishi.
Hukumatimiz tomonidan Respublikada muammoli kreditlar keskin ortib
ketganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 04.12.2002-yilda №422 sonli
"Banklarning kreditlari bo'yicha qarzdorlik o'z vaqtida qaytarilmagan taqdirda
undiruvni qarzdorning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibini tasdiqlash
to'g'risida"gi qarori chiqdi. Ushbu qarorga asosan qarzdorning pul mablag'lari
yetarli bo'lmagan taqdirda, bank kredit bo'yicha qarzdorlikni qonun hujjatlarda
belgilangan tartibda va notarial tasdiqdangan yozma bitim asosida qarzdorning
likvidli mol-mulki hisobiga yoki undiruvchi sud tartibida qarzdorning likvidli mol-
mulkiga qaratish yo'li bilan qaytarishga haqlidir. Bank qarzdorga qaysi likvidli
mol-mulki hisobiga qaytarish bo'yicha o'z mo'ljali to'g'risida yozma ravishda
bildirishnoma beradi. Mijoz esa o'z navbatida 15 kundan kechiktirmay bankka
yozma javob yuborish shart bo'ladi. Bunday holat faqatgina bank va qarzdor
o'rtasida kelishuv bo'lgan taqdirdagina samarali bo'ladi. Aksariyat holatlarda esa
qarzdor atayin qarzni to'lashni kechiktirib, ishni sud orqali cho'zish tarafdori
bo'ladi, chunki sud harakatlarini amalga oshirish uchun ko'p vaqt talab etiladi.
Xo'jalik sudlariga kelib tushgan da'vo arizalari bir oy muddat ichida ko'rib
chiqiladi. Agar sud bank foydasi hal bo'lsa, qarzdor o'zining ikkinchi huquqi
apellyatsiya shikoyati bilan sudga o'z noroziligini bildiradi, agar u holatda ham
natijaga erishmasa qarzdor endi xo'jalik sudiga kasatsiya shikoyati bilan murojaat
qiladi, agar bu yana bank foydasiga hal bo'lsa, ular Oliy xo'jalik sudiga murojaat
qilishadi. Bunday holatda faqatgina qarzdor vaqtdan yutadi. Bu davrda esa
bankning ahvoli nima kechadi degan savol o'z-o'zidan tug'iladi. Banklar uchun shu
davrgacha olishi mumkin bo'lgan foyda olish imkoniyatidan maxrum bo'ladi. Lekin
ko'p hollarda ham sudda ish bank foydasiga hal bo'lavermaydi. Sud agar qarzdor
53
foydasiga hal bo'lsa, bank ushbu kredit summasini o'z foydasidan qoplaydi.
Yuqorida sanab o'tilgan har bir instanstiyaga murojaat qilish uchun davlat boji
hamda pochta xarajatlari bilan bog'liq to'lovlar amalga oshiriladi.
Bugungi kunda tijorat banklarining kredit portfelini ma'lum bir qismini
muammoli kreditlar tashkil etadi. Ajratilgan kreditlar bo'yicha ehtimoliy
yo'qotishlarni oldini olish maqsadida tijorat bankining kredit portfeli doimiy
ravishda tasniflanib boriladi. Kreditlarni o'z navbatida 5 turga, ya'ni yaxshi,
standart, substandart, shubhali hamda umidsiz turlariga tasniflash mumkin.
Shubhali va umidsiz deb tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar deb qaraladi.
Muammoli kreditlar tijorat banklarining faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Banklar
oldidagi asosiy vazifa kredit berish emas, balki kreditlarni o'z muddatida
qaytaruvchanligini ta'minlash masalasi turadi. Chunki muammoli kreditlar tijorat
bankining foyda olib keladigan aktivlarini kamaytiradi, bu esa o'z navbatida
bankning istiqboldagi reja ko'rsatkichlariga erisha olmasligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda kreditlash
jarayonida inson omiliga katta e'tibor qaratiladi. Mamlakatimizda esa aksincha,
korxonaning umumiy moliyaviy holatiga hamda ta'minoti birlamchi o'rinni
egallaydi.
Notarial tasdiqlangan garov shartnomasi asosida tijorat banklari sudga
murojaat qilmasdan, mol-mulkni to'g'ridan-to'g'ri o'z balansiga kirim qilishi kerak.
Chunki garov shartnomasi imzolanayotgan davrda mulk egasi va uning oila
a'zolarining roziligi olinadi. Bu yerda agar mulkni bankka topshirish uchun mijoz
norozi bo'lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda barcha sud xarajatlarni
mijoz o'z hisobidan amalga oshirib xo'jalik sudiga murojaat qilishi mumkin.
Bunday holat muammoli kreditlarning tezroq qaytarilishini ta'minlaydi hamda
korxona rahbarlarini ma'suliyatini oshirishga olib keladi. Shuning uchun ham
zaruriy qonun hujjatlarini qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Banklar muddati o'tgan kreditlarni o'rnini to'ldirish maqsadida mulkni birja
orqali auksion o'tkazish yo'li bilan sotadilar. Ushbu auksionda mulk egasining o'zi
ham ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi. Garovga qo'yilgan mulk mo'ljallangan
54
narxda sotilishi, ya'ni kredit bo'yicha asosiy summani hamda foizlar bo'yicha
qarzdorlik summasini qoplash uchun yetarli bo'lgan taqdirda, ijobiy deb
baholanadi, aks holda, kreditni qoplash uchun yetmagan summani undirish uchun
yana xo'jalik sudiga murojaat qilish talab etiladi.
Bugungi kunda muammoli kreditlar hisobidan undirilgan mulklarni sotish
bo'yicha bir qator qiyinchiliklar mavjud.
Tijorat banklari tomonidan garovga qo'yilayotgan mulkni baholash borasida
banklarning kredit siyosatida yoki mulkni baholash to'g'risidagi normativ
hujjatlarga asosan mulk bozor bahosida olinishi ko'zda tutilgan, lekin har doim
ham bank mulkni bozor bahosida baholay olmaydi. Bu esa o'z navbatida garovga
taqdim etiladigan mulkning real baholanmasligiga olib keladi.
01.05.1998-yildagi "Garov to'g'risida"gi qonunning 10-moddasiga binoan
garovga qo'yiladigan mulkning bahosi yer munosabatlarini va ko'chmas mulk
kadastrini tartibga solish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan narxdan past
bo'lmasligi kerak, ya'ni bank va mijoz o'rtasida o'zaro baholash dalolatnomasi
tuzilgan davrda kadastr narxidan pasaytirish mumkin emas deyilgan.
Har doim ham yer va ko'chmas mulk kadastri boshqarmasi tomonidan
o'rnatilgan narx bozor bahosi bilan mos kelavermaydi. Bu yerda esa mijoz va bank
o'rtasida turli xil kelishmovchiliklar paydo bo'ladi. Birinchidan mulk egasi o'z
mulkini qancha yuqori baholatib ko'proq kredit olishni mo'ljallaydi, bank esa
aksincha mulkni bozor bahosidan pastroq qilib olish tarafdori bo'ladi. Har bir
holatda mulkni o'z real narxida baholash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank amaliyotida shunday holatlar ham uchrab turadiki, kredit olish
maqsadida hech kimga sotilmay qolgan va hech nimaga arzimaydigan mol-mulk
garovi evaziga har xil yo'llar bilan bankning mulkni baholash bo'yicha mutaxassisi
hamda kadastr idoralari bilan kelishilgan holda uning narxi juda yuqori qilib
ko'rsatiladi. Natijada rejalashtirilgan ish amalga oshirilib, muammoli kredit sun'iy
ravishda yuzaga keltiriladi. Bunday holatda mijoz kredit uchun garovga qo'yilgan
mulkni ixtiyoriy ravishda bankka topshiradi. Bu esa kredit summasini to'liq
qaytarish uchun yetmaydi va bank o'z-o'zidan xo'jalik sudiga qarzdorlikning
55
qolgan qismini undirib berish maqsadida murojaat qiladi. Qo'shimcha ravishda boj
to'lovlari, mulkni sotish bilan bog'liq xarajatlar bankning xarajatlarini ortishiga olib
keladi.
Bank rahbariyati hamda kreditlash bo'limi xodimlari muammoli kreditlar
kelib chiqqanda ularni yashirish emas, balki qaytarilishini ta'minlash choralarini
ko'rishi lozim.
Har bir kredit boshqalariga o'xshamagan alohida xususiyatlarga egadir.
Shuning uchun ham muammoli kreditlarni qaytarilishini ta'minlash borasida aniq
qonun va qoidalar ishlab chiqilmagan. Muammoli kreditlarni bartaraf etish
bo'yicha asosan banklar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
•
kredit muddatini uzaytirish (prolongatsiya) choralarini ko'rish;
•
qo'shimcha ravishda ta'minot talab qilish;
•
garov sifatida qo'yilgan mulk yoki uchinchi shaxsning kafilligi
bo'yicha kreditni qaytarish choralarini ko'rish;
•
kreditini boshqa bankka sotish;
•
korxona rahbariyatiga mavjud muammoni hal etish bo'yicha
konsalting xizmatlarini taklif etish;
•
korxonaning bo'sh turgan aktivlari, mol-mulklarini sotish, debitorlik
qarzlari mavjud bo'lgan taqdirda ularni undirish evaziga muammoni hal etish.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni muammoli kreditlarga
aylanmasligini ta'minlash maqsadida quyidagi takliflarni keltirib o'tamiz:
•
kredit uchun kelib tushgan ariza bo'yicha atroflicha yondashuv, ya'ni
daslabki monitoringni to'g'ri va mukammal amalga oshirish. Bu yerda birinchi
navbatda mijozning xarakteriga, uning moliyaviy ahvoliga, biznes hamkorlari
o'rtasidagi mavqesiga hamda ushbu sohadagi tajribasiga e'tiborni qaratish;
•
kredit arizasi ko'rib chiqilayotgan davrda uning bankka taqdim
etayotgan hujjatlar to'plamining to'liqligini ta'minlash, ularning to'g'riligini
tekshirish talab etiladi. Kredit bo'limi xodimi tomonidan uning moliyaviy ahvoli
chuqur tahlil etilishi va holisona baho berilishi kerak;
•
kredit ajratilgan davrdan boshlab, mijozning biznes reja bo'yicha
56
amalga oshirayotgan ishlarini, hisob raqamidagi mablag'lar aylanmasini doimiy
ravishda nazorat qilib borish, mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar o'z
muddatida amalga oshirilishi, muddati o'tgan debitorlik-kreditorlik qarzdorliklariga
yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish;
•
kredit ta'minoti sifatida taqdim etilgan mol-mulkni saqlash va
ekspluatatsiya sharoitini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
•
kredit ta'minoti sifatida uchinchi shaxsning kafillik shartnomasi
taqdim etilgan bo'lsa, kafilning moliyaviy hisobotlarini chorakda bir marotaba
tahlil qilib uning to'lov qobiliyatini o'rganib borish kerak;
•
korxonaning mol-mulkini baholashda bankning mulkni baholash
bo'yicha mutaxassisiga ko'proq imkoniyatlar yaratib berish, chunki mijoz pullik
baholash xizmatidan foydalanadigan bo'lsa, uning kredit olgunga qadar qiladigan
xarajatlari ortib ketadi.
Yuqoridagi jarayonlarning barchasini amalga oshirish uchun kredit bo'limi
xodimlaridan qat'iyatlilik hamda ma'suliyatni talab etadi. Barcha amallar o'z
muddatida to'liq bajarilgan taqdirda kreditlarning "muammoli kreditlar"ga
aylanishini oldini olgan bo'lamiz.
Banklarning kreditlash faoliyatida garov obyektlaridan foydalanish
samaradorligi. Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov
asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu
sababli, garov obyektlaridan unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e'tibor garov obyektlarini sotish evaziga
kreditlarning asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga
qaratiladi.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |