Al–xorazmiy nomidagi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#202761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tizhorat banklarida muammoli kreditlar va uni bartaraf qilish jollari

XULOSA VA TAKLIFLAR 

Aksariyat  hollarda  "muammoli  kredit"ning  belgilari  kreditlash  jarayonining 

dastlabki bosqichida, ya'ni kredit so'rab murojaat qilgan mijozning arizasini ko'rib 

chiqish  davrida  yuzaga  keladi.  Chunki,  uning  kredit  tarixi  to'liq  o'rganilmaydi, 

moliyaviy hisobotining haqiqatda to'g'ri tuzilganligiga hech kim kafolat bermaydi, 

faqat  bankning  o'zigina  hisobotni  tahlil  qilish  vaqtida  va  mijoz  bilan  suhbat 

jarayonida o'rganishi mumkin. 

Muammoli kreditlarni bartaraf etish va ularning olidini olish bo'yicha ilg'or 

xorijiy tajribani o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun qo'llash katta samara beradi. 

Jumladan, kredit riskini aniqlash, muammoli kreditlar bilan ishlar metodlari 

puxta  ishlab  chiqilmaganligi  hamda  tajribali  mutaxassislarning  yetarli  emasligi 

muammoli  kreditlarning  paydo  bo'lishining  oldini  olish  va  riskni  boshqarishda 

qiyinchiliklar tug'dirmoqda. 

O'zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  "2011-

2015-yillarda  O'zbekiston  iqtisodiyotida  islohotlar  ko'lamini  chuqurlashtirish  va 

kengaytirish, mamlakatda  ishchanlik  muhitini shakllantirish  bo'yicha  mezonlar  va 

baholash  tizimini  belgilash  va  amalga  oshirish  bo'yicha  chora-tadbirlar  dasturi 

to'g'risida"gi 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-sonli Qarorining 2-ilovasiga muvofiq 

tasdiqlangan  "Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  modernizastiyalash  ko'lamini, 

mamlakatda  ishbilarmonlik  muhitining  shakllanish  darajasini  baholashning  har 

choraklik  indikatorlar  tizimi"  doirasida  Moliya-bank  sektori  rivojlanishining 

indikatorlari  belgilangan  edi.  Ana  shuning  ichida  muammoli  kreditning  kredit 

qo'yilmalaridagi ulushini aniqlash indikatori sifatida quyidagilar belgilangan: 

- yuqori daraja (10%dan yuqori) 



- o'rtacha daraja ( 6% dan 10%gacha) 

- mo'tadil darajasi ( 4% dan 6%gacha) 



- past daraja ( 4% dan past). 

Muammoli  kreditlarni  oldini  olishda  kredit  qo'yilmalari  bo'yicha  moliyaviy 

indikatorlarni  doimiy  nazorat  qilib  borilmaslik  va  vaqtida  chora  tabdirlari  ishlab 

chiqilmasligi  yoki  bu  ishlarning  zaif  tashkil  qilinganligidan  dalolat  berilgani.  Bu 



58 

 

ko'rsatkichlarni  to'g'ri  va  aniq  hisoblash  muammoli  kreditlarni  indikatori 



shaffofligini belgilaydi. 

Bozor  munosobatlari  sharoitida  tijorat  banklari  kredit  portfeli  riskliligini 

kamaytirish  choralarini  ishlab  chiqish  muhim  vazifa  hisoblanadi.  Buning  uchun 

kredit  portfeli  diversifikatsiyasiga  alohida  yondashuv  lozim.  Tijorat  banklari 

universal  xarakterga  ega  bo'lganligi  uchun  berilayotgan  kreditlarning  barchasida 

bir  xil  muammo  yuzaga  keladi.  Imkon  qadar  bir  tarmoqni  maksimal  miqdorda 

kreditlashdan  holi  bo'lishga  harakat  qilmoq  lozim.  Shu  o'rinda  banklarning  kredit 

resurslari taqsimlanishini ratsional amalga oshirish maqsadga muvofiq. 

Kredit  siyosati  bank  kredit  resurslarining  xatar  darajasini,  kreditlarning 

ta'minlanganlik  darajasini,  kreditlarning  hududlar  va  tarmoqlar  bo'yicha 

jamlanganligini,  kreditlashning  manbalari  bo'yicha,  mulk  shakli  bo'yicha 

sistematik tahlil qilishni nazarda tutib borishi lozim. 

Skoring tizimi joriy  qilinishiga qaramasdan, banklarda qarzdorning kreditni 

qaytarishda  layoqatliligining  yetarli  emasligi  ko'zga  tashlanmoqda.  Bank  xodimi 

tomonidan 

skoringdan 

foydalanishda 

yo'l 


qo'yilayotgan 

kamchiliklarni 

(daromadini  yashirish,  kommunal  to'lovlarni  yashirish,  uning  oilaviy  sharoitini 

to'g'ri ko'rsatmaslik va boshqalar) maksimal darajada kamaytirish. 

Kredit  so'rab  murojaat  qilgan  shaxslarning  kredit  tarixini  o'rganish  asosida 

kreditlash  ishlarini  yanada  takomillashtirish  zarur.  Bunda  ijobiy  kredit  tarixi 

mavjud  bo'lgan  shaxslarga  kredit  tarixi  salbiy  bo'lgan  va  kredit  tarixi  bo'lmagan 

shaxslarga nisbatan pastroq foiz stavkasida kreditlar berish yoki ta'minot qo'yilgan 

talabni kamaytirish amaliyotini yo'lga qo'yish lozim deb hisoblaymiz. 

Kredit riskini, muammoli kreditlarni oldindan aniqlash va uning zamonaviy 

usullarini  o'rganish,  o'zlashtirish  mexanizmini  yo'lga  qo'yish  hamda  tajribali 

mutaxassislarni  tayyorlash  lozim.  Banklar  bu  ishlarga  zarur  bo'lgan  xarajatlarni 

iqtisod qilishdan o'zlarini tiyishlari lozim. Xolbuki har yili AQShning 70 dan ortiq 

yirik  banklari  kredit  riskini  boshqarish,  muammoli  kreditlarni  oldindan  aniqlash, 

ular  bilan  ishlashning  yangi  usullarini  o'rganish,  rivojlantirish  ishlariga  2 

milliondan 15 million AQSh dollarigacha xarajat qiladi. Xodimlarni xorijga qisqa 




59 

 

muddatga  xizmat  safariga  yuborish  esa  yuqori  samara  bermaydi.  Riskni 



boshqaradigan  mutaxassislarni  (risk-menejerlar)  xalqaro  tashkilotlar,  xorijiy 

moliya-kredit  institutlari  ishtirokida  O'zbekiston  Respublikasida  o'qitish  va 

tayyorlash ishlarini yo'lga qo'yish zarur. 

O'rnatilgan  moliyaviy  indikator  ko'rsatkichlarni  holisliligini  ta'minlash 

maqsadida  tijorat  banklari  bergan  ma'lumotlarini  to'g'riligini  doimiy  ravishda 

monitoring qilish. 

Kredit bo'yicha qaror qabul qilishda ichki skoringni adolatli amalga oshirish. 

Ilg'or  mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqqan  holda,  moliya  bozorini 

rivojlantirish  orqali  muammoli  aktivlar  bo'yicha  qarz  majburiyatlarini  ifodalovchi 

qimmatli qog'ozlarning emissiyasini tashkil qilish. 

Xodimlarning  mexnati  va  malakasiga  yarasha  haq  to'lash  tizimini 

takomillashtirish lozim. 

Tijorat  banklari  nafaqat  o'z  mablag'lari  hisobidan  kreditlash  operatsiyalari 

balki  xorijiy  moliya-kredit  institutlarining  kreditlari  orqali  kreditlar  ham  ajratadi. 

Bunday  jarayonda  ham  kreditlar  qaytmayotganligi  ham  amaliyotda  ko'zga 

tashlanyapdi. Buning oldini olish uchun maxsus uch tomonning manfaatini hisobga 

olgan holda sug'urtalash operatsiyasini amalga oshirish lozim. 

Budjetdan  tashqari  fondlar  hisobidan  ajratilayotgan  imtiyozli  kreditlarda 

tijorat  banklari  marjasini  oshirish  zarur.  Bu  bilan  biz  tijorat  banklarining  ushbu 

fondlar  kredit  liniyalaridan  ajratayotgan  kreditlarga  ishtirokini  oshiramiz  hamda 

kredit risk tavakkalchiligini kamaytirishga erishgan bo'lar edik. 



60 

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish