1.2. Muammoli kreditlar, ularning tasniflanishi va yuzaga kelish sabablari
O'zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish
iqtisodiyotning real sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan
bog'liqdir. Biroq, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda
bir qancha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi
kunda tijorat banklarini daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil
etuvchi kreditlar orasida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarli bo'lmoqda.
Ayniqsa "2011-2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish,
18
uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi PK 1438 qarorida mazkur
muammoni yechishga alohida e'tibor berilishi ham uning bugungi kundagi
ahamiyatini belgilab bermoqda.
Banklar jalb qilingan mablag'lardan asosan kredit berish sifatida foydalanar
ekan, bunda nafaqat daromad olish, balki mablag'larni "kredit oluvchi"dan
to'laligicha undirib olish masalasini oldindan belgilab olish zarur. Chunki, "bank
sarmoya egasi sifatida sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini
ma'lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi".
7
Bizning mamlakatimizda ham "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga
nisbatan ko'proq qo'llanilmoqda va bahs munozaralarga sabab bo'lmoqda. Chunki
Respublikamiz bank tizimining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi
ancha yuqori foizni tashkil etmoqda.
Ilmiy adabiyotlardarda muammoli kreditlarga bir qancha ta'riflar berilgan.
Ayrim adabiyotlarda, tijorat banklari faoliyatida xavfli bo'lgan qo'yilmalar - bu
muammoli kreditlar shakliga kirgan qo'yilmalardir deb ta'riflansa, ayrim
adabiyotlarda muammoli kreditlar deganda, obyekti, subyekti va ta'minotiga
nisbatan bank tomonidan shubha paydo bo'lgan kredit deya ta'rif berilgan.
Shuningdek, agar berilgan kredit muammolari ta'minotga ega bo'lsa va ushbu
ta'minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bo'lsa, bu holda ushbu
kredit muammoli kredit hisoblanadi, substandart va undan past tasniflanuvchi
kreditlar muammoli kreditlar toifasiga kiradi.
Ilmiy doiralarda muammoli kreditlar bo'yicha bahs-munozaralarning davom
etib kelishiga qaramasdan, "muammoli kredit" terminiga iqtisodiy kategoriya
sifatida yagona, umume'tirof etilgan ta'rif hozirgacha berilmagan. Buning sabablari
qator holatlar bilan izohlanadi. Avvalambor, mazkur muammoning nisbatan
yangiligi hamda muammoli kreditlar kelib chiqishining ma'lum bir hodisa sifatida
murakkabligidir va tadqiqotlar natijasi shuni beradiki, muammoli kreditlar kelib
chiqishi har bir bankda har xil omillar ta'sirida qilingandir. Chunki bank tomonidan
7
Drobozina L. A, "Pul muomalasi va kredit", Moskva, 2010-yil
19
amalga oshiriladigan kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan jarayonlar iqtisodiy
omillar bilangina emas, balki muammoli kreditlarning xususiyatlariga bevosita
ta'sir etuvchi siyosiy, ijtimoiy, texnik va boshqa qator omillar bilan ham
belgilanadi.
Muddati o'tgan kreditning asl ma'nosiga ko'ra muammoli kreditlar deb
bo'lmaydi, negaki kredit bo'yicha dastlabki to'lovlarning qisqa muddatga
cho’zilishi uning umuman qaytmaslik xatarini anglatmaydi. Biroq kreditni
so'ndirish bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida bo'lishi uning ishonchli ekanligini
kafolatlamaydi, ya'ni ayni paytda o'z vaqtida qaytarilayotgan kredit kelajakda
ishonchsiz kreditlar turkumiga o'tib qolishi mumkin.
Shunga qaramasdan, kreditlash tamoyillarining buzilishi bank uchun
kreditlash jarayonini tashkil etish vaqtida yechilishi kerak bo'lgan jiddiy
muammodir. Bu tamoyillar barchasi kredit shartnomasi shartlarida to'liq aks
etganligi uchun muammoli kreditlarga ta'rif berishda kredit shartnomasi
shartlarining buzilishi jumlasining ishlatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ma'lumki, amaliyotda "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar
sifatida tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar hisoblanadi.
Muammoli kreditlar mohiyatini yanada aniqroq ochib berishda nima uchun
"yaxshi" kreditlar "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kategoriyalarga o'tib
qolishi mumkin degan savolga javob topishimiz kerak bo'ladi. Bunga albatta, aniq
obyektiv hamda subyektiv sabablar ta'sir ko'rsatadi. Muammoli kreditlarni bartaraf
etish amaliyoti samarali bo'lishi uchun ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash
zarur bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, mazkur sabablarni aniqlash va ularni tasniflash
muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonining eng asosiy va dastlabki
bosqichlaridan biridir. Shuning uchun muammoli kreditlar ta'rifida mazkur
sabablarni e'tiborga olish o'rinli bo'ladi. Demak, kredit risklarining amalda yaqqol
namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv hamda subyektiv sabablarga ko'ra
kredit shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida "substandart", "shubhali"
hamda "umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlarni muammoli deb
ta'riflashimiz mumkin.
20
Tijorat banklari kreditlash bosqichi dastlab, bank kredit siyosatini ishlab
chiqishdan boshlanadi. Ma'lumki, kredit siyosati kreditlash jarayonida yuzaga
keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul
qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi, hamda bank rahbariyati va
xodimlarni kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko'rsatmalar bilan
ta'minlovchi hujjatdir. Boshqacha qilib aytganda kredit resurslarini joylashtirish
sohasidagi qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi qoida va cheklashlar majmui
hisoblanadi. Unda muammoli kreditlar bilan bog'liq bo'lgan holatlarni aniqlash va
tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish tajribalari ko'rsatilishi Markaziy bankning
me'yoriy hujjatlarida belgilangan. Ammo, kredit siyosatida kreditlash jarayonida
muammoli kreditlarning yuzaga kelishini oldini olish choralari ko'rsatilmagan.
Vaholanki muammoli kreditlarning elementlari kreditlash jarayonining dastlabki
bosqichlarida yuzaga kelmoqda. Xalqimizda shunday naql bor: "kasalni
davolagandan ko'ra uning oldini olgan ma'qul".
Kreditlash jarayonida kredit hujjatlarini 2000-yil 2-martdagi № 906-son
"O'zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi
to'g'risida"gi nizomga asosan moliyaviy hisobotlar, garov, kafillikni qabul qilish va
yuritish aniq belgilab berilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, kredit ta'minotini
rasmiylashtirishda garovni qabul qilish va baholashda ayrim jihatlar ko'zda
tutilmagan. Jumladan, garovni qabul qilishda garov mulkini diversifikatsiya qilish,
garovga aynan bir turdagi mulkning olinmasligiga e'tibor berish lozim.
O'z navbatida, kreditlash jarayonida va kredit siyosatining to'g'ri ishlab
chiqilmaganligi va unda kredit xodimlariga kreditlash jarayonida aniq talab
qo'yilmaganligi oqibatida noaniqliklar sodir bo'lmoqda.
Amaliyotda banklar tomonidan o'z mijozlarini kreditlash hamisha samarali
natijalar bilan yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonaning o'z biznes
rejalarining nomukammal ishlab chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga
oshirilmaganliklari, shuningdek, boshqa turli sabablar natijasida banklar tomonidan
taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi yuzaga keladi. Albatta,
muammoli kreditlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi va ularni vujudga keltirishning
21
o'ziga xos omillari mavjud bo'ladi. Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan
omillarning belgilari, kreditning mo'ljallangan maqsadlari bo'yicha ishlatilmasligi,
shartnoma, biznes reja, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit hujjatlarida
ko'rsatilgan jadvallarning amalga oshmasligi, qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy
holatining yomonlashish tendensiyasi va boshqalar bo'lishi mumkin. Kredit
monitoringini doimiy olib borilmasligi natijasida kredit va uning foizini
qaytarishda uzilishlarga olib kelmoqda.
Muammoli kreditlar birdaniga sodir bo'lmasdan uning elementlari kreditlash
jarayonida asta sekin yuzaga kela boshlaydi. Muammoli kreditlarning doimiy
monitoring olib borilmasligi natijasida ham sodir bo'ladi. Monitoring jarayonida
qarzdorning buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan
so'ng, bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishi (mijoz ofisiga) kerak.
Kreditdan unumli foydalanish joylarda, korxona va tashkilotlarda, qoida bo'yicha,
har chorakda tekshirilishi kerak. Kreditlash jarayonida yo'l qo'yilgan xato bank
kredit siyosatining noto'g'ri tuzilganligidan dalolat beradi. Muammoli kredit asosan
kredit portfeli tarkibidagi kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli
davrning ko'p berilishida kuzatilmoqda. Shuningdek kredit monitoringida doimiy
nazoratning olib borilmasligi va uning natijasida kredit va unga to'lanadigan
foizlarni vaqtida to'lanmasligi, oxir-oqibatda mijozning kreditorlik yukini oshib
ketishi va uni to'lash bo'yicha moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib
kelmoqda.
Shu bilan bir qatorda, muammoli kredit asosan kredit portfeli tarkibidagi
kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli davrning ko'p berilishida va bu
davr mijozning pul oqimiga qarab belgilanmasligi, shuningdek, qisqa muddatli
kreditlashda ham imtiyozli davrning ko'p berilishi asosiy summasi hamda foizining
to'lashini kredit muddatining oxirlariga to'g'ri kelib qolishi oqibatda mijozning
kredit va uning foizni qaytarishda moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda.
Muammoli kreditlarning kelib chiqish sabablari turlicha bo'lishi mumkin.
Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, banklarning muammoli kreditlarini yuzaga
kelishida ichki omillari bo'yicha 67% yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Bu ko'rsatkich
22
tashqi omillar bo'yicha bor yo'g'i 33%ni tashkil etadi.
Muammoli kreditlarning kelib chiqishiga ta'sir etuvchi omillar
2-jadval
Ta'sir etuvchi omillar
Ta'sir etish
darajasi (%)
Do'stlaringiz bilan baham: |