Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

 
I
ch
- mahsulotni (tovar, ish va xizmatlarni) ishlab chiqarish va shunga 
muvofiq ishlab chiqarish omillarini iste’mol qilish; 
3-davr
Yer resurslarini 
takror ishlab 
chiqarish
2-davr
Yer resurslaridan 
foydalanish
1-davr
Yer resurslarini 
taqsimlash va 
qayta taqsimlash


108 
T
– mahsulotni va ishlab chiqarish omillarini taqsimlash; 

– mahsulotni ayirboshlash; 
I
– mahsulotni iste’mol qilish; 
I
t
– ishlab chiqarish omillarini takror ishlab chiqarish. 
Mahsulotni ishlab chiqarish davri (I
ch
) “iste’mol” davri bilan mutanosib 
keladi. Yerdan tashqari barcha omillar uchun to‘liq iste’mol etilishi xosdir (to‘g‘ri 
rejalashtirilganida). Yerdan foydalanish jarayonida tuproq unumdorligi 
iste’molining xarakteri va miqdoriy birligi, ishlab chiqarilgan mahsulotda uning 
ulushi kabi ko‘rsatkichlar muhim masalalardan biridir.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashgan resurslarni takror ishlab chiqarish 
yaratilgan mahsulotning bir qismi hisobiga (rasmdagi uzluksiz chiziqlar) 
qoplanishi kerak, bu borada yerdan boshqa omillar (mehnatga haq to‘lash, 
amortizatsiya va h.k.) muammo tug‘dirmaydi. Tuproqning unumdorligini tiklash 
iqtisodiy, texnologik jihatdan murakkabliklarga ega. U quyidagicha amalga 
oshirilishi mumkin: 
-
iste’mol etilgan resursdan ortiqroq takror ishlab chiqarish (kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish); 
-
iste’mol etilgan darajada resurslarni takror ishlab chiqarish (oddiy takror 
ishlab chiqarish); 
-
iste’mol etilganidan kam resurslarni takror ishlab chiqarish (oddiy takror 
ishlab chiqarishdan past darajadagi takror ishlab chiqarish); 
-
iste’mol etilgan resurslarni umuman takror ishlab chiqarmaslik. 
Respublika qishloq xo‘jaligi uchun oxirgi ikki variant xosdir. Mahsulotni 
takror ishlab chiqarishning navbatdagi davri uchun barcha omillarni takror ishlab 
chiqarish majburiy bo‘lgani holda, nega tuproqning unumdorligi takror ishlab 
chiqarilmaydi, degan haqli savol tug‘iladi. Birinchidan, iste’mol etilgan omillarni 
takror ishlab chiqarmay turib, mahsulotni ishlab chiqarishning yangi siklini 
boshlab bo‘lmaydi, yer resurslarini takror ishlab chiqarmay turib ham (kam 
miqdorda) yangi sikl davom ettirilishi mumkin, chunki yer unumdorligi kamayishi 


109 
kuzatilsada, uning umuman yo‘q bo‘lishi kuzatilmaydi. Ikkinchidan, so‘nggi 
yillardagi ob’ektiv iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli yerning sifatini yaxshilash uchun 
zarur meliorativ tadbirlar yetarli darajada moliyalashtirilmagan. Yer (unumdorlik) 
takror ishlab chiqarishning boshqa omillari singari “emiriladi” va takror ishlab 
chiqarilishga muhtoj, shuning uchun ham, kerakli sarf-xarajatlar inobatga olinib
ishlab chiqarishning umumiy sarf-xarajatlariga kiritilishi kerak. Mazkur sarf-
xarajatlarni qanday muddatga takror ishlab chiqarish siklining bir yoki bir 
nechtasiga kiritilishi ham muhimdir. Uchinchidan, hozirgi paytda qishloq 
xo‘jaligida yerdan samarali foydalanishning ilmiy asoslari e’tiborga olinmayapti, 
dehqonchilikning ilmiy tizimlari mavjud emas, qishloq xo‘jaligi ekinlarining 
rotatsiyasi yo‘q, asosan ikkita ekin turi (paxta va donli ekinlar) ustuvorlik 
qilmoqda.
Resurslarni taqsimlash davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish 
omillarining yig‘indisida yer eng faol rol o‘ynaydi, chunki iqtisodiy mahsulotni 
takror ishlab chiqarish siklida yerning miqdori, sifati, foydalanish intensivligi 
inobatga olingan holda qolgan resurslar taqsimoti (rejalashtirilishi) amalga 
oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sug‘orish suvlari muhim omil bo‘lib, 
yer singari mahsulotni takror ishlab chiqarish siklida faol rol o‘ynaydi. Suvdan 
foydalanishning iqtisodiy jihatlari, sug‘oriladigan dehqonchilikda uning roli 
yanada chuqurroq tadqiq etilishi kerak. 
Yerning takror ishlab chiqarish siklini tadqiq etilishi yuqorida bayon 
etilganlarga yana quyidagilarni qo‘shimcha qilishni taqozo etadi: 
-
tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish uzoq vaqtga cho‘ziladigan, 
murakkab biologik jarayon bo‘lib, ishlab chiqarishning boshqa omillari (kapital, 
mehnat, suv)ni takror ishlab chiqarish sikliga ketadigan vaqtga muvofiq kelmaydi, 
bu holatni ishlab chiqarish va yerning samaradorligini baholashda inobatga olish 
kerak; 


110 
-
unumdorlikni takror ishlab chiqarish yerdan foydalanish jarayonida ham, 
undan keyin ham amalga oshiriladi, uning takror ishlab chiqarilishi boshqa 
omillarning takror ishlab chiqarilishidan sezilarli farq qiladi, buni ishlab chiqarish 
va yerning samaradorligini baholashda inobatga olish kerak; 
-
takror ishlab chiqarishning yangi sikli oldingi sikllarda sarflangan 
unumdorlikni takror ishlab chiqarmasdan turib ham amalga oshirilishi mumkin. 
Bunda yerning takror ishlab chiqarish sikli bilan mahsulotni takror ishlab chiqarish 
sikli mos kelmaydi; 
-
sug‘oriladigan tuproq substansiya sifatida yerning yuqori qatlami bilan 
suvning yaxlitligi vositasidagina namoyon bo‘la oladi, va faqat shunday 
ko‘rinishdagina ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘la oladi, buni yer va suvni 
qiymatini baholash, yer va suv solig‘ini aniqlashda inobatga olish kerak; 
-
yerning bozor munosabatlariga jalb etilishi bilan unga tovarlik 
xususiyatlarini beradi; 
-
qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sanoat, transport, ijtimoiy va rekreatsion 
sohalaridagi takror ishlab chiqarish sikllari davom etish muddatlari bilan tubdan 
farq qiladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish