5.2-rasm. Yer fondidan foydalanishni strukturalash asosiy belgilari
yerlar, o‘z navbatida, yana kichik guruhlar: 1) shudgor, 2) yaylov yerlariga
bo‘linadi.
Sug‘oriladigan shudgor yerlar ham ixtisoslashuvi, xilma-xil qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarishiga ko‘ra murakkab tuzilishga ega. U paxtachilik,
Yer fondidan foydalanishning strukturasi
asosiy belgilari
Yer mulkchiligi shakllari
va huquqi turlari
твенности
и виды
прав
Yer toifalari
Faoliyat sohalari
Iqtisodiyot
tarmoqlari
Viloyatlar
Posyolka,
mahallalar
tumanlar
shaharlar
Ishlab
chiqarishga
mo’ljalllangan
yer maydonlari
Ijtimoiy
maqsadlarga
mo’ljallangan
yer maydonlari
Sog’lomlashtirish
maqsadlariga
mo’ljallangan yer
maydonlari
Rekreatsiya va
tabiatni muhofaza
qilishga
mo’ljallangan yer
maydonlari
Yer uchastkalari
Huquq turlari
Davlat-xususiy
mulk
Foydalanish
huquqi
(doimiy,
vaqtincha)
Davlat mulki
Xususiy mulk
Ijara huquqi
Egalik huquqi
Мulkchilik
shakllari
Mulk huquqi
Yer fondidan
foydalanishning strukturasi
Yerdan
foydalanishning
maqsadliligi
назначение земли
Мamuriy-hududiy
tuzilishi
96
donchilik,
sabzavotchilik,
kartoshkachilik,
uzumchilik,
bog‘dorchilik,
tamakichilik, em-xashak tayyorovchi yerdan foydalanish kichik turlariga bo‘linadi.
Lalmi shudgor yerlardan donli mahsulotlarni ishlab
chiqarishda foydalaniladi, yaylov yerlar tabiiy sharoitlariga ko‘ra cho‘llar, qir-
adirlar, tog‘liklarga bo‘linadi. Bundan keyin qo‘ychilik (go‘sht ishlab chiqarish
yo‘nalishi), qorako‘lchilik va tuyachilik kabi kichik turlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish tizimi tuzilishining muhim
ko‘rsatkichi bo‘lib uning kichik turlari bo‘yicha yer maydonlarining ulushi
hisoblanadi. Mana shu ko‘rsatkich jamiyat uchun kerakli ishlab chiqarish hajmi va
tarkibi, resurslarni takror ishlab chiqarish, mahsulotning davlat tomonidan sotib
olinadigan mahsulotlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport va
import qilish uchun mumkin va zarur bo‘lgan hajmlarni belgilashda muhim
ahamiyatga ega. Uning tarkibi qishloq ishlab chiqarishi infratuzilmasi, mahsulotni
ishlab chiqarishga sarflanadigan resurslarga bo‘lgan ehtiyoj, tuproq unumdorligini
tiklashga ketadigan mablag‘ hajmini belgilab beradi. Ko‘rib chiqilayotgan
ko‘rsatkich yerdan foydalanish samaradorligi darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanishning optimal nisbatlariga
erishish ekin maydonlarini optimallashtirishning iqtisodiy-matematik modellarini
ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Ekin maydonlarini optimallashtirish
vazifasi matematik modellar, masalan, liniyali dasturlashning simpleks-metodi
yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu masalaning iqtisodiy-matematik
modeli va cheklovlar tizimini quyidagicha ifodalash mumkin:
x
1
+ x
2
+ … + x
n
≤R
1
a
21
x
1
+ a
22
x
2
+…+ a
2n
x
n
≤ R
2
a
n1
x
1
+ a
n2
x
2
+ …+ a
nn
x
n
≤R
n
Z=c
1
x
1
+ c
2
x
2
+…+c
n
x
n
max (maqsadli funksiya)
чекловлар
шартлари (5.9)
масаланинг
иқтисодий-
математик
модели
97
bu yerda:
- x
n
– n- o‘simlik turining ekin maydonlari;
- R
1
– ekin maydonlari;
- R
n
– resurs turlari;
- a
nn
–n-mahsulot bir birligini ishlab chiqarish uchun n- sarf-xarajatlar;
- s
n
– n- mahsuloti bir birligining qiymati.
Bu yerda cheklovlar tizimi resurslar bo‘yicha ifodalangan, maqsadli funksiya
(Z) esa mahsulot ishlab chiqarishni maksimallashtiradi. Bu ifodani ayni bir
xo‘jalik uchun ham, shuningdek qishloq xo‘jaligi rayoni, viloyati, umumiy tarmoq
bo‘yicha ham qo‘llab ekinzorlarni optimallashtirish vazifasini belgilab olish
mumkin. Ko‘p yillik daraxtzorlar, chorvachilik sohasida vazifalar ham xuddi shu
tarzda hal etiladi. Ekin, shudgor va yaylov yerlarining optimal taqsimlash natijalari
qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish tizimi tuzilishining umumiy ahvoli haqida
tasavvur beradi.
Aholi punktlari yerlari kategoriyasi aholi punktlari, shuningdek uning kichik
turlari – alohida shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar, qishloq posyolkalarining
yerdan foydalanishini o‘z ichiga oladi. Sanab o‘tilgan kichik turlar maqsad
yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qishloq
posyolkalarida posyolka umumiy yerlarining 85-95% ni turarjoy maydonlari
tashkil etadi, shu vaqtning o‘zida, yirik shaharlarda bu ko‘rsatkich 55-60%ni
tashkil etadi. SHaharlar, ayniqsa, yirik shaharlarning umumiy yer maydonlarining
katta qismini sanoat va transport, savdo va xizmat ko‘rsatish yerlaridan iborat.
SHahar (posyolka) yer maydonlarining funksional hududlarining tarkibi yerdan
foydalanish samaradorligi, yerdan foydalanish intensivligi, ularning narx
ko‘rinishidagi baholanishi, yerga diffyerensiyalashgan haq to‘lanishiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Toshkent shahar yerdan foydalanish tizimi tarkibida
umumiy yer maydonlarining sanoat hududui - 15% ni tashkil etadi.
SHuni ta’kidlash kerakki, aholi punktlari yerdan foydalanish tizimi
samaradorligi, shuningdek yerdan foydalanishning tarkibi kabi masalalar
o‘rganilmagan, shahar va posyolkalarni rivojlantirish loyihalarini yaratishda
98
mazkur holatga e’tibor qaratilishi kerak. Shahar va posyolkalar yer maydonlarida
funksional hududlarning taqsimlanishini optimallashtirish maqsadida simpleks-
metodning iqtisodiy-matematik modelidan foydalanish mumkin:
x
1
+ x
2
+ … + x
n
≤R
1
a
21
x
1
+ a
22
x
2
+…+ a
2n
x
n
≤ R
2
…………………..
a
n1
x
1
+ a
n2
x
2
+ …+ a
nn
x
n
≤R
n
Z = c
1
x
1
+ c
2
x
2
+…+c
n
x
n
max
.
(maqsad funksiyasi) (5.10)
bu yerda:
- x
n
– n turdagi ob’ektning maydoni;
- R
1
– ijtimoiy maqsadli ob’ektlarga ajratilgan yer maydonlari;
- R
n
– ijtimoiy xizmatlar yaratilishi uchun zarur resurslar;
- a
nn
– n turdagi ijtimoiy xizmatlar birligi shakllanishi uchun n turdagi
resurslar sarf-xarajatlari;
- s
n
– n turdagi ijtimoiy xizmatlar birligi yaratilishi qiymati.
Bunda yerlarni optimal taqsimlash bo‘yicha masalaning maqsadli vazifasi
ijtimoiy xizmatlar yaratilishi uchun foydalaniladigan resurslarga cheklovlar tizimi
sharoitida ijtimoiy xizmatlar yig‘indisini maksimallashtirishdan iborat.
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda yerdan
foydalanish sanoat yerdan foydalanishi, transport yerdan foydalanishi, aloqa
ob’ektlari yerdan foydalanishi, mudofaa ob’ektlari yerdan foydalanishi, boshqa
maqsaddagi ob’ektlar yerdan foydalanishi kichik turlarini o‘z ichiga oladi. O‘z
navbatida, sanoat yerdan foydalanishi sanoatning tarmoqlari bo‘yicha yanada
kichikroq turlarga bo‘linadi; transport yerdan foydalanishi har bir transport turi
bo‘yicha va unga tegishli mustaqil ob’ektlar bo‘yicha kichik turlarga bo‘linadi;
aloqa agentligi yerdan foydalanishida telekommunikatsiyalar yerdan foydalanishi,
pochta yerdan foydalanishi va boshqa mustaqil ob’ektlar yerdan foydalanishi;
mudofaa yerdan foydalanishi armiya, IIV va DHX ob’ektlari yerdan foydalanish
Cheklovlar
shartlari
Masalaning
iqtisodiy
matematik
yechimi
99
kichik turlarini tashkil etadi. Ushbu toifa yerlaridan oqilona va samarali
foydalanish yerdan foydalanishning barcha turlari va kichik turlarini maydonlari
nuqtai nazaridan optimallashtirishni taqozo etadi. Sanoat va transport sohasida
yerdan foydalanish iqtisodiy va ekologik samaradorlik bilan, aloqa va mudofaa
sohasida yerdan foydalanish esa ijtimoiy va ekologik samaradorlik bilan bog‘liq
bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga yo‘naltirilgan ob’ektlarning yer
maydonlarini optimal taqsimlash uchun simpleks-usulining iqtisodiy-matematik
modeli qo‘llanilishi mumkin.
Mazkur
toifadagi
yerlardan
foydalanish
samaradorligini
baholash
uslublarining ishlab chiqilmaganligi ularning qiymat ko‘rinishidagi bahosi, soliq
va yerga ijara to‘lovining asoslangan miqdorini aniqlash va mamlakat yer fondidan
samaradorligini baholash imkonini bermaydi.
Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsion maqsadlarda
yerdan foydalanish mos ravishda qo‘riqxona va zakazniklar, sanatoriy va dam olish
uylari, ommaviy dam olish joylari (plyajlar, sayilgohlar, o‘rmon-parklar, qishki
dam olish joylari va b.) yerdan foydalanishi kabi kichik turlarga bo‘linadi. Sanab
o‘tilgan turlarning yerdan oqilona va samarali foydalanish muammolari ham
deyarli o‘rganilmagan bo‘lib, ularning ratsional (optimal) miqdori, ushbu yerlardan
foydalanishning samaradorlik turlari o‘rganilmagan, ularning miqdoriy hisobi
o‘lchamlari va bahosi, qiymatini baholash, yerga soliq va ijara to‘lovini hisoblash
uslubiyatlari ishlab chiqilmagan, ushbu yerlarni takror ishlab chiqarish masalalari
ko‘rib chiqilmagan, xuddi shuningdek mazkur holat ham barcha yer fondidan
foydalanishnigg umumiy samaradorligini baholash imkonini bermaydi.
Tarixiy-madaniy obidalari unchalik katta yer maydonlarini egallamasada,
tarixiy obidalarining ma’naviy qadriyati va ularning davlat tomonidan muhofaza
etilishi zarurati ularni alohida tur sifatida ajratilishiga sabab bo‘lgan. Mazkur
yerlardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
vazifasidir. Bunda yerdan oqilona foydalanish maqsadida ob’ektlar uchun
biriktiriladigan yer uchastkalarining maqsadga muvofiq maydonini asoslash, ushbu
100
yerlardan foydalanish samaradorligining turlarini aniqlash, mazkur yerlarni
miqdoriy hisobga olish va foydalanish samaradorligi barcha turlarini baholash
uslubiyatini ishlab chiqish, ularning qiymat bahosini belgilash, yer uchun
to‘lovlarning miqdorini asoslash talab qilinmoqda.
Suv xo‘jaligida yerdan foydalanishda maishiy, sanoat va qishloq xo‘jaligini
suv bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi, u ham o‘z navbatida, kichik turlarga
bo‘linadi. Bulardan eng yirigi sug‘oriladigan dehqonchilik zonasida qishloq
xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga xizmat qiladigan qishloq xo‘jaligi suv ta’minoti
yerlaridan foydalanish hisoblanadi. Unga yirik gidrotexnik inshootlar (suv
omborlari, yirik magistral mashina kanallari, shuningdek tranzit kollektorlar),
irrigatsiya tizimlari va kollektor tarmoqlari, xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki
sug‘orish va kollektor tarmoqlari yerdan foydalanishini o‘z ichiga oladi. Uchastka
sug‘orish inshootlari, drenajlar fermer va shirkat xo‘jaliklari tarkibiga kiritilgan,
demak, ularga ajratilgan yer maydonlari ham ushbu xo‘jaliklar hududi tarkibida
bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlashda yerdan foydalanish faoliyati va
uning samaradorligi to‘liq o‘rganilmagan. Hozirgi kunda yagona yer fondi
tarkibida irrigatsiya tizimi yer maydonlari suv fondi yerlari toifasiga kiritilgan,
ya’ni mazkur yerlar qishloq xo‘jaligi yerlariga hech qanday aloqasi yo‘q. Tabiiyki,
suv fondi yer maydonlari (qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash) Soliq kodeksida
yer solig‘idan ozod etilgan. Biroq, yerdan foydalanish nazariyasidan ma’lumki,
irrigatsiya, kollektor, shuningdek ulardagi yo‘l tarmoqlari va inshootlari ishlab
chiqarish vositalari yer bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni,
mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadi. Shuning uchun, qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarish vositasi sifatida ular yer solig‘iga tortilishi kerak. Qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida irrigatsiya tizimlari, gidrotexnik inshootlarning rolini o‘rganish,
ularning ishlab chiqarish vositasi sifatidagi maqomini belgilash, qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi daromadidagi ularning rolini aniqlash va ushbu ishlab chiqarish
vositasiga to‘g‘ri keladigan daromad ulushini belgilash, sug‘oriladigan yerlar va
qishloq xo‘jaligini suv ta’minoti yerlarining optimal nisbatini asoslashlarni tadqiq
101
qilish kerak bo‘ladi. Pirovardida, qishloq xo‘jaligida mazkur yerlardan foydalanish
samaradorligini, ularni takror ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlarni,
shuningdek irrigatsiya va kollektor tarmoqlarini ishchi holatida saqlash uchun
sarflanadigan xarajatlarni aniqlash kerak.
Maishiy suv bilan ta’minlashda yerdan foydalanish shahar va tuman suv
o‘tkazish tarmoqlari, shuningdek suv tindiriladigan basseynlar va boshqa maxsus
inshootlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu turdagi yerdan foydalanish turi hozirgi
paytgacha o‘rganilmagan, bu yerlardan foydalanish samaradorligi aniqlanmagan,
uning qiymat ko‘rinishidagi baholash va yer solig‘ini belgilash uslubiyati mavjud
emas. Mamlakat yer fondining ahvoli va undan foydalanish bo‘yicha hisobotlarda
maishiy suv bilan ta’minlashda yerdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar
keltirilmaydi. Shu bois, ko‘rib chiqilgan yerdan foydalanishini oqilona boshqarish
muammolari ham o‘z tadqiqini kutmoqda.
Sanoatni suv bilan ta’minlashda yerdan foydalanish sanoatning har bir
sohasining suv o‘tkazish tarmoqlarida yerdan foydalanishni va har bir sanoat
ob’ekti (yuridik shaxs)ning suv o‘tkazish tarmoqlarida yerdan foyalanishni o‘z
ichiga oladi. Biroq, mamlakat yer fondining ahvoli va undan foydalanish
to‘g‘risida hisobotlarda mazkur turdagi yerlar bo‘yicha yer-hisob va yer-baholash
ma’lumotlari keltirilmagan, bu esa sanoat suvdan foydalanishda yerdan
foydalanishning muammolari o‘rganilmaganligidan darak bermoqda.
O‘rmon xo‘jaligida yerdan foydalanish o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon
ko‘chatzorlarining yerdan foydalanishini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda o‘rmonlar
tuproqni muhofaza qilish xususiyatiga ega, shuning uchun mazkur yerlardan
foydalanish, asosan, tabiatni muhofaza qilish (ekologik) samaradorlikka ega.
O‘rmon kadastrini hisobga olish natijasida yerlarning miqdori va sifati aniqlangan,
ularning
qiymat
baholari
belgilangan,
bu
yerlardan
foydalanishning
samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ifodalangan. Shu bilan birga, yerlardan
foydalanishning ekologik samaradorligi, yer maydonlari tarkibini optimallashtirish,
yerlarni takror ishlab chiqarish masalalari maxsus tadqiqotlarni talab etadi.
102
Shunday qilib, mamlakat yerdan foydalanishining murakkab tuzilishi yer
fondidan jamiyatning xilma-xil moddiy ne’matlar, ijtimoiy, rekreatsion,
sog‘lomlashtirish xizmatlariga tobora ortib borayotgan keng miqyosli ehtiyojlari
bilan bog‘liq ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda foydalanishini ifodalaydi. Jamiyatning
moddiy va boshqa turdagi xizmatlarga ortib borayotgan ehtiyojlari bilan bog‘liq
yerdan foydalanish tizimi tarkibi yerdan foydalanishning ko‘p yo‘nalishli
maqsadlari va usullarini belgilab beradi va ushbu jarayonni optimallashtirish yer
resurslaridan oqilona va samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
Yerdan foydalanish tuzilishi yerdan foydalanishning maqsadlilik xarakteriga
sezilarli ta’sir o‘tkazadi, ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion va sog‘lomlashtirish,
ekologik samaradorlik turlarining miqdoriy nisbatlarini aniqlaydi. U ko‘p
variantlilik xarakteriga ega va jamiyat faoliyatining har bir sohasida,
iqtisodiyotning har bir tarmog‘ida, har bir regionda, tumanda, har bir yer
maydonida o‘ziga xoslik va dinamik xarakterga ega bo‘lganligi bois, ularning
samaradorligini aniqlash ham ko‘p darajali, ketma-ketlilik xarakterini kasb etadi va
mamlakat yer fondidan foydalanish samaradorligini belgilash maqsadida har yili
amalga oshirilib borilishi kerak.
Yerdan foydalanish tuzilishining iqtisodiy mohiyati yerdan foydalanish
jarayonida namoyon bo‘ladi, uning samaradorligi yerlarni ma’lum bir maqsadda
taqsimlanishidayoq rejalashtiriladi. Masalan, tabiatni muhofaza qilish maqsadida
ma’lum bir yer maydonidan foydalanish muayyan turdagi samaradorlikka ega;
xudi shu yer maydonlarini qisman tabiatni muhofaza qilish, qisman qishloq
xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilishi esa, boshqacha samaradorlik beradi.
Yerdan foydalanishning tuzilishi jamiyat va iqtisodiyotning moddiy va
boshqa ne’matlarga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish va yer
resurslari, shuningdek moddiy, mehnat, moliyaviy, texnik va jamiyat va
iqtisodiyotning boshqa imkoniyatlariga bog‘liq holda shakllanadi. Uning
samaradorligi nisbiy tushuncha hisoblanadi va uni faqat har xil uning variantlarini
qiyosiy baholash orqali o‘rnatish mumkin. Tuzilishning samaradorligi deyilganida,
103
bir xil sharoitda ikki turdagi yerdan foydalanishda olingan ikkita yalpi
mahsulotining o‘rtasidagi farq tushuniladi. Yerdan foydalanish tarkibining
samaradorligi u yoki Bu yer maydonlari, ko‘p yillik ekinzorlar, qishloq xo‘jaligi
ekin maydonlari, ekin turlarining nisbatini o‘zgartirish hisobiga yalpi
mahsulotining o‘zgarishi (±∆) dir. U yerlardan foydalanishning intensivligini
o‘zgartirish orqali emas, balki turli qiymatdagi ekin maydonlari, ekin turlarining
o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
Shu bilan birga, yerdan foydalanish tuzilishi yerdan foydalanish intensivligi
darajasi bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Avvalo boshdan yerdan foydalanish tuzilishi
yerdan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi, yerdan foydalanish
intensivligi darajasi ortib borishi bilan intensivlikning o‘zi yerdan foydalanish
tuzilishiga, uning samaradorligiga ham ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Ya’ni,
samaradorlikning mazkur turlari o‘rtasida dialektik bog‘liqlik mavjud.
Yerdan foydalanish tuzilishining samaradorligini yerdan foydalanish
samaradorligidan qanday farqlash mumkin? Tuzilish samaradorligining vujudga
kelishi bevosita yerdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmaydi, faqat turli maqsad
yo‘nalishlariga taqsimlashni bildiradi. Yerdan foydalanish samaradorligi esa,
yerning fizik xususiyatlaridan bevosita foydalanishida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, yerdan foydalanish tuzilishi samaradorligi tuzilishning ikki
xil turining bir xil sharoitdagi daromad farqi D
i
(yoki ijtimoiy, rekreatsion,
ekologik sharoitlarning qiymat ko‘rinishidagi baholari) ga teng, ya’ni:
EFT
s
= D
dar2
– D
dar1,
(5.11)
bu yerda:
EFT
s
– yerdan foydalanish tuzilishining samaradorligi;
D
dar2
va D
dar1
- T
2
i T
1
davrlar ichida yerdan foydalanish daromadlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |