Altiyev a. S yerdan foydalanish iqtisodiyoti toshkent-2019


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/82
Sana16.04.2022
Hajmi3,76 Mb.
#556711
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Bog'liq
XePXMgvQsKEuJkVnxwzod3bwxOGmBsnO4XJ5r60T

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1.
Sug‘oriladigan yerlar takror ishlab chiqarish siklining davrlari nimalardan 
iborat? 
2.
Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining 1 davri qanday 
aniqlanadi? 
3.
Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining 3 davri qanday 
aniqlanadi? 
4.
Sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda tuproq unumdorligini takror ishlab 
chiqarish sikli xarajatlari qanday tartibda aniqlanadi? 
5.
Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish umumiy sikli nimalar asosida 
aniqlanadi? 
6.
Yerni takror ishlab chiqarish sikli deganda nima tushuniladi? 
7.
Qishloq xo‘jalik yerlarini takror ishlab chiqarish sikli nima? 
8.
Takror ishlab chiqarish siklida resurslar necha davrni bosib o‘tadi? 
9.
Sanoat ob’ektlarini qurish uchun ajratilgan yerni takror ishlab chiqarish 
sikli nimadan iborat? 
10.
Kon sanoatida foydalaniladigan yerni takror ishlab chiqarish sikli nima? 
11.
Yer resurslaridan foydalanish sikli deganda nimani tushunasiz? 


122 
7. YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING BARQAROR 
RIVOJLANISHI, UNI TA’MINLASH VA BOSHQARISH 
Yer resurslaridan barqaror foydalanish, yerdan foydalanishning barqaror 
boshqaruvi tushunchasi “ekologiya”, “taraqqiyot”, “barqaror rivojlanish” kabi 
umumiy tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq. 
Ekologiya deyilganida, odatda, o‘simlik va hayvonot dunyosining atrof-
muhit bilan bog‘liqligiga doir biologik bilimlar sohasi tushunilar edi. Biroq, XX 
asr o‘rtalariga kelib, “ekologiya” atamasining dastlabki biologik mazmuniga inson 
va jamiyat tushunchalari ham kiritildi, zero, inson ham o‘simlik va hayvon kabi 
tabiiy organizmdir. Shu tariqa ekologiyaning asl mohiyati iqtisodiy, ijtimoiy, 
siyosiy, madaniy va boshqa xususiyatlar bilan boyitildi. Keyinchalik, XX asrning 
70-80-yillarida “barqaror rivojlanish” atamasi paydo bo‘ldi. 
Hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda umuman olganda, butun ijtimoiy tizim 
yoki iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy tizimning bir xil parametrlari haqida gap ketsa-da, 
“barqaror rivojlanish” atamasining 60 dan ortiq talqini mavjud. 1992 yilda Rio-de-
Janeyro shahrida BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirishga 
bag‘ishlangan konferensiyada barqaror rivojlanish jamiyatning strategik tamoyili 
deb e’lon qilindi. 1996 yilda O‘zbekistonda barqaror rivojlanish Konsepsiyasi 
ishlab chiqildi. Rivojlanish deyilganda, butun tizim, uning tarkibiy qismlari 
mazmunining yangilanishini nazarda tutuvchi o‘zgarishlar nazarda tutiladi, buning 
natijasida ob’ekt va uning tarkibiy qismlarining funksional mohiyatining tubdan 
yangilangan shakli vujudga keladi. Zamonaviy falsafa rivojlanishni sun’iy-tabiiy 
jarayonlarning rivojlanishi deb talqin etadi, tabiiy-sun’iy evolutsiyadan farqli 
ravishda, rivojlanish – boshqariladigan, maqsad sari yo‘naltirilgan evolutsiyadir. 
“Rivojlanish” kategoriyasi so‘nggi o‘n yilliklarda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, 
madaniy, barqaror va h.k. tushunchalar bilan bog‘lanmoqda, bu esa, uning hajmi 
va ko‘lamining kengligi va ko‘p qirrraliligidan guvohlik beradi. 
O‘z navbatida, “barqaror” tushunchasi turli ma’nolarda, masalan, barqaror 
rivojlanish, barqaror iqtisodiyot, barqaror foydalanish kabi tushunchalar bilan 


123 
qo‘llanadi. “Rivojlanish” va “barqaror” tushunchalarining uzviyligini ko‘rib 
chiqaylik. Barqaror rivojlanish deyilganda, hozirgi kun ehtiyojlari qondirilib, 
kelgusi avlodlar ham o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniga raxna solmaydigan 
rivojlanish tushuniladi. “Barqaror rivojlanish – davlatlar, jamiyatning muhim 
sektorlari o‘rtasida yangi darajadagi hamkorlik asosida global hamkorlik 
mexanizmi konsepsiyasidir”
15
. Mazkur atama ekologik muvozanatni buzmagan 
holda inson turmush tarzining yaxshilanishi sifatida talqin etilishi mumkin. 
Olimlarning ko‘pchiligining fikricha, ushbu tushuncha ikkita asosiy holatni o‘z 
ichiga oladi: 
-
jamiyat faoliyati, va avvalo, kambag‘al aholining kun kechirishi uchun zarur 
ehtiyojlar; 
-
hozirgi va keyingi avlod ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan 
cheklashlar, ushbu cheklashlar jamiyat tuzilishi va texnologiyalar darajasiga 
bog‘liq. 
Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning vazifalari har bir 
jamiyatdagi barqarorligiga bog‘liq. Barqaror rivojlanishning natijasi “barqaror 
iqtisodiyot” bo‘lib, eng zamonaviy texnologiyalar, resurslarni har taraflama 
tejalishi, zamonaviy ilm-fan va tajribalarga asoslangan holda ishlab chiqarishni 
tashkillashtirish tufayli vujudga keladi. Va, nihoyat, “barqaror foydalanish imkon 
qadar takror tiklanayotgan resurslardan foydalanish” tushunchasi bilan bog‘liq.
“Barqaror rivojlanish“ strategiyasi tabiat, nabotot va hayvonot dunyosining 
xilma-xilligini, shuningdek yashay olish imkoniyatini saqlagan holda inson 
turmush 
tarzining 
yaxshilanishidir. 
Ko‘pgina olimlarning hisoblashicha, 
rivojlanishning bugungi shakli samarasiz yoki kam samarador bo‘lib, insonning 
manfaatlariga 
yetarli 
darajada 
javob 
bermaydi 
va 
resurs 
manbalari 
degradatsiyasiga olib keladi. Rivojlanishning shunday shakli zarurki, insonning 
tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini tabiatning mahsuldorligini oshirish hisobiga 
qondirish va tabiatning saqlanishi ta’minlanishi kerak. Bunda insonning ehtiyojlari 
15
Румянцева Е.Е. Новая экономическая энциклопедия. 3-е изд. – М.: ИНФРА-М, 2008.- YI, c. 662. 


124 
tabiat bera oladigan darajadan ortib ketmasligi kerak. Demak, barqaror rivojlanish 
ishlab chiqarish jarayonida tabiatga ta’sir etish cheklangan doirada amalga 
oshirilishi, inson ehtiyojlarini asoslangan ravishda ratsionallashgtirish orqali tabiat 
bilan uyg‘unlashtirishning yangi yo‘llari va yo‘nalishlarini izlashni nazarda tutadi. 
Jamiyatning bunday tarzdagi barqaror rivojlanishi o‘ziga xos tamoyillariga 
tayanadi. 
Yerdan foydalanishning barqaror boshqaruvi resurslardan foydalanishning 
shunday tizimini yaratishni maqsad qilib qo‘yadiki, unda nafaqat bugungi kun
balki kelajak avlodning ehtiyojlarining moddiy ne’matlar bilan qondirilish 
imkoniyatlari ta’minalanadi. Bunda yerni takror ishlab chiqarish davrini to‘liq 
amalga oshirish va bu jarayonni samarali boshqarishga asoslangan optimal tizim 
yaratilishi nazarda tutiladi. Yer resurslaridan foydalanishning optimal tizimining 
asosiy tamoyili bo‘lib yerdan foydalanishning ekologik jihatlariga urg‘u berish, 
ya’ni yerdan foydalanishning iqtisodiy va ekologik jihatlarini uyg‘unlashtirishdan 
iborat. 
O‘tgan yillar ichida yer resurslaridan foydalanishning asosiy prinsiplarining 
buzilishi, yerdan foydalanishning iqtisodiy jihatlari ekologik jihatlardan ustun 
bo‘lishi, yer resurslariga haddan tashqari kuchli ta’sir etilishi, avvalambor, yerlar, 
birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi yerlarining degradatsiyasiga olib keldi. 
Yerlardan bunday tarzda foydalanishdan maqsad, foydalanilayotgan yerdan 
maksimal iqtisodiy foyda olish bo‘lib, yerning samaradorligi faqat ishlab chiqarish 
daromadining o‘zidan hisoblanib, yer resurslarini takror ishlab chiqarishga ketgan 
sarf-xarajatlar inobatga olinmagan, natijada yerni takror ishlab chiqarilishining 
davri tugallanmay qolavergan. 
Markaziy Osiyoda yerdan barqaror foydalanish bo‘yicha ko‘plab 
mamlakatlar qatnashgan loyiha doirasida amalga oshirilgan tahlillarga ko‘ra, yerlar 
sifatining buzilishi muammosining vujudga kelishi sabablari quyidagilar: 
1.
Yerlarga, jumladan, sug‘orilishi qiyin bo‘lgan yerlarda ham, keng 
miqyosdagi irrigatsiyaning rivojlantirilishi va paxta yakka hokimligi tabiiy 


125 
ekotizim imkoniyatlariga sezilarli darajada talofot etkazdi, bugungi kunda mavjud 
texnologiyalar yer degradatsiyasi oqibatlarini bartaraf etishga qodir emas. Natijada 
yer va suv resurslarining mahsuldorligi qisqardi. 
2.
Shu kunga qadar regional suv resurslarini boshqarish va umumiy suv 
havzalariga ega mamlakatlarning teng foyda ko‘rishini ta’minlashning samarador 
mexanizmlari amalda qo‘llanmay kelinyapti. 
3.
O‘tish davridagi byudjet muammolarining ulkan suv xo‘jaligi 
infrastrukturasiga texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiyalashga salbiy ta’siri 
yerlarning unumdorligini sezilarli darajada qisqartirdi va deyarli tugab borayotgan 
suv resurslariga talabni orttirdi. 
4.
Kam ta’minlanganlik resurslar degradatsiyasiga sababchi bo‘lmoqda. Suv 
etishmasligi va moliyaviy qiyinchiliklar fermerlarni o‘z iqtisodiy manfaatlarini 
qondirish uchun o‘z strategiyalarini qo‘llashlariga majbur qilmoqda (oqova 
suvlardan foydalanish, yaylovlarni quritish va h.k.). 
Yerlar degradatsiyasi tuproq tarkibini buzadi va suv, shamol eroziyasi, 
botqoqlashish, sho‘rlanish, shuningdek yerlarning zaranglashuvi tuproqning oziq 
xususiyatlarining barham topishiga olib keladi. Yerlarning degradatsiyasiga olib 
keluvi (ko‘pchilik tan olgan) bevosita sabab yer resurslaridan muqobil 
foydalanmaslik, qishloq xo‘jaligining beqaror faoliyati, yaylovlar va o‘rmonlarga 
qiron keltirishdir.
Yerlar degradatsiyasining tub muammolari quyidagi oqibatlarga olib keldi: 
1)
beqaror qishloq xo‘jaligi; 
2)
yaylovlardan foydalanishning beqaror boshqaruvi; 
3)
o‘rmon resurslaridan beqaror foydalanish; 
4)
Orol dengizi tanazzuli. 
Yer resurslaridan foydalanishni boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo 
mamlakatlari tashabbusi bilan yer resurslaridan foydalanishni barqaror 
boshqarishni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan yerlar degradatsiyasiga qarshi
mamlakatlararo kurash dasturi ishlab chiqilgan. O‘zbekiston yerlar degradatsiyasi 


126 
va mamlakatning XXI asrda rivojlanishining jiddiy muammolaridan biri sifatida 
tan oladi. Respublikada bu borada milliy dastur yaratilgan bo‘lib, uning asosiy 
maqsadi yerdan foydalanish boshqaruviga jalb etilgan barcha manfaatdor 
tomonlarning yer resurslaridan barqaror foydalanish (YERBF) bo‘yicha 
jipslashtirish va bu hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. Mazkur maqsad amalga 
oshsa, ekotizimlarning barqaror va yaxlitligiga erishiladi, respublikada turmush 
farovonligi o‘sadi. Milliy dasturda qayd etilgan yerlar degradatsiyasi muammolari 
quyidagilarni taqozo etadi: 
-
mahalliy, regional va milliy miqyosda potensialni kuchaytirish; 
-
jamaotchilikning bu boradaga bilim va ma’lumotlarini oshirish; 
-
infratuzilma va bozor mexanizmlarini yaxshilash; 
-
mahalliy va milliy strategiyalar, rejalashtirish tizimi hamda barqaror yerdan 
foydalanish siyosatini integratsiyalash; 
-
yerlarni inventarizatsiyalash, monitoringi va baholash tizimini yaxshilash; 
-
agrotizimlarni tiklash va haydaladigan yerlardan foydalanish amaliyotini 
yaxshilash; 
-
o‘rmonlarni saqlash; 
-
yaylovlarni saqlash va ulardan foydalanishni boshqarish; 
-
tabiiy resurslardan foydalanishning integratsion boshqaruvi va suv sifatini 
yaxshilash; 
-
Orol dengizi qurishi salbiy oqibatlarini yumshatish. 
Milliy dastur doirasida ustuvor tadbirlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish 
mumkin: 
1)
yer resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash uchun siyosiy, 
qonunchilik yo‘li bilan shart-sharoitlar yaratish; 
2)
mas’ul tashkilotlar potensialini oshirish; 
3)
yer resurslaridan foydalanishni boshqaruv tizimini investitsiya loyihalarini 
yo‘naltirish orqali yaxshilash. 


127 
Shuning barobarida, amaliyot ko‘rsatishicha, yerdan va boshqa tabiat 
resurslaridan foydalanish borasidagi amaldagi qonunchilik yetarli darajada 
samarali bo‘lmay, qonunlarning bajarilishi yuqori samaradorlikka ega emas. Yerlar 
degradatsiyasi muammolari u bilan kurash dasturlarida aks etgan bo‘lsa-da, 
rivojlanishning milliy strategiyasi bilan integratsiyalashmagan. Shu sababli, 
qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, huquqiy javobgarlikni amalga oshirish 
mexanizmlari aks etgan siyosiy hujjatlar kutilgan natija bermayapti, yer 
resurslaridan foydalanishda qatnashuvchi manfaatdor tomonlarning mazkur 
dasturlarga jalb etish vazifasi sust bajarilmoqda. Shuning uchun qator qonun va 
qarorlar bajarilishi kutilganidek emas, mazkur qaror va qonunlarni amalga oshirish 
yetarli darajada moliyaviy ta’minlanmasligi sabab bo‘lmoqda. 
Mavjud 
yerdan 
foydalanishning 
mavjud 
institutsion 
muammolari 
sektorlararo va umumiy yo‘nalishlar boshqaruvi koordinatsiyasining yetarli 
darajada rivojlanmaganligi, tarmoqlararo, shuningdek davlat institutlari va 
jamoatchilik o‘rtasida hamkorlik va sherikchilik mexanizmlarining yo‘qligini 
ko‘rsatadi. Davlat tomonidan yerdan foydalanish resurs ta’minoti amalga 
oshirilishiga qaramay, yerlar degradatsiyasi bilan kurash dasturlarni amalga 
oshirish, yer resurslaridan foydalanish boshqaruvi va monitoringi cheklovlarini 
olib tashlash zarurati yuzaga keldi. Qishloq rivoji potensialini qo‘llab-quvvatlash 
va mustahkamlash, yer resurslariga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish 
muammolari o‘z echimini kutmoqda. 
Chuqur iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lgan “yerdan barqaror foydalanish” 
tushunchasi bilan yerlardan oqilona va samarali foydalanish tushunchalari 
chambarchas bog‘liq. Yerlardan oqilona va samarali foydalanish tushunchalari 
barqaror yerdan foydalanishning tarkibiy qismlaridan sanaladi va jamiyatning 
barcha sohalari o‘rtasida yer resurslarini optimal taqsimlanishiga imkon beradi. 
Yerdan oqilona va samarali foydalanishning mohiyati turlicha bo‘lsa-da, 
bitta maqsadni ko‘zlaydi. Yerlardan oqilona foydalanish deyilganda, insonning 
yerga nisbatan oqilona, maqsadli xatti-harakati tushuniladi, ya’ni betartib jarayon 


128 
bo‘lmay, u oldindan o‘rganilgan, rejalashtirilgan, shakllantirilgan bo‘ladi. SHuning 
uchun uni amalga oshirish yerning jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar va 
munosabatlar ob’ekti sifatidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Yerlardan 
foydalanish, odatda, qabul qilingan kriteriylar, sharoitlar nuqtai nazaridan 
jarayonning samaradorligini belgilovchi u yoki bu cheklashlarni nazarda tutadi. 
Masalan, yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligiga ziyon bo‘lsa-da, ayrim 
ijtimoiy samaradorlikka erishish avvaldan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin. 
Yerdan oqilona foydalanish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yer 
resurslaridan ilmiy asoslangan, maqsadli foydalanishni ko‘zda tutadi. U mamlakat 
yer fondining imkon qadar samaraliroq, va maqsadga yo‘naltirilgan taqsimoti 
(tarkibini belgilash)ni o‘z ichiga oladi. Bunda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan 
ehtiyojlar uchun yerlarni tejamkor ajratilishi, yerning unumdorligini oshirgan 
holda ishlab chiqarish xususiyatlarini tejamli sarflash, yerlardan ratsional 
foydalanishning huquqiy va ekologik tartibiga rioya etilishi amalga oshirilishi 
kerak. 
“Ratsional” tushunchasi yerlardan foydalanish tarkibini optimallashtirish 
bo‘yicha harakatlarni bildiradi, unga ko‘ra avvaldan belgilangan shartlar asosida 
yerdan foydalanish jarayoni amalga oshadi, mazkur jarayonning natijasi – 
“samaradorlik” tushunchasidir. Vaqtinchalik belgilarga ko‘ra, “ratsional” 
tushunchasi ”samarador” tushunchasidan oldingi holat, ya’ni birlamchi tushuncha 
taassurotini qoldiradi. Biroq, yerdan “ratsional” foydalanish jamiyatning ko‘p 
yo‘nalishli manfaatlariga mos keluvchi mazkur jarayon samaradorligining 
avvaldan belgilangan parametrlari nuqtai nazaridan amalga oshirish mumkin. SHu 
sababli, yerdan foydalanish “samaradorligi” pirovard nuqta bo‘lib, jamiyatning 
ko‘p yo‘nalishli manfaatlarini amalga oshirish zaruratidan vujudga keladi, ularni 
amalga oshirish esa, kerakli sharoitlar, imkoniyatlar, kriteriylarni o‘rnatish yo‘li 
bilan “ratsionallik” hisobiga amalga oshiriladi. 
Ko‘rilayotgan tushunchalar mohiyatan bir muammoning ikki tarafini 
ifodalaydi, ular bir-biridan ajratilgan holda mavjud bo‘lolmaydi, yerdan 


129 
foydalanishda bir yaxlit tushuncha sifatida qo‘llanadi. Yerdan ko‘p yo‘nalishli 
maqsadlarda foydalanish nuqtai nazaridan “ratsionallik”siz foydalanishning 
“samardorligi” mavjud bo‘lolmaydi, avvaldan belgilangan samardorlik yig‘indisi 
esa yerlardan samarali foydalanish ham bo‘lmaydi. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat 
uchun yerdan foydalanish natijalari, ya’ni samaradorlik ham farqsiz emas. Birinchi 
omilsiz umumiy samaradorlikka erishish dastlabki shart-sharoitlari mavjud 
bo‘lmaydi, ikkinchi omilsiz yerdan foydalanishdan ma’no qolmaydi. Birinchi 
tushuncha yerdan foydalanish qanday shartlar, parametrlar, cheklashlar, talablar 
orqali amalga oshirilishini belgilaydi, ikkinchi tushuncha – mazkur sharoitlarda 
amalga oshirilgan yerdan foydalanish qanday umumiy samara berishini ifodalaydi. 
Boshqacha aytganda, yerdan foydalanishning “samaradorligi”ga mazkur jarayonni 
amalga oshirishning avvaldan belgilab qo‘yilgan aniq sharoitlarni belgilash orqali 
erishiladi, ”ratsionallik” yerdan foydalanishda amalga oshirilib, samaradorlik 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Yerdan foydalanish samaradorligi iqtisodiy kategoriyadir, lekin ushbu 
tushuncha faqatgina iqtisodiy va xo‘jalik ma’nolari bilan cheklanib qolmaydi. U 
ijtimoiy, rekreatsion va tabiatni muhofaza qilish tushunchalarini ham qamrab oladi. 
Yerdan foydalanishning har bir jihatiga ma’lum bir turdagi: ijtimoiy, iqtisodiy, 
ekologogik samaradorlik xosdir. Agar yerdan foydalanish faqat bitta jihat nuqtai 
nazaridan qaraladigan bo‘lsa, unda faqat ma’lum bir turdagi samaradorlikka 
erishiladi. Bunda ma’lum bir turdagi samaradorlik yerdan foydalanishning boshqa 
jihatlariga zarar keltirish hisobiga amalga oshadi, boshqa jihatlarning talablari 
sifatida yerdan foydalanishning asosiy sharti qo‘llanilmaydi. 
“Yerdan barqaror foydalanish” iqtisodiy kategoriya sifatida o‘z mazmun 
mohiyatiga yer resurslaridan foydalanishning bozor tamoyillarini va mazkur 
murakkab jarayonning boshqaruvini ham o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyotini 
vujudga 
keltirish 
tabiiy 
resurslardan 
foydalanish 
samaradorligiga nisbatan yuqori talablarni qo‘yadi. Avvalo, bu yerdan 
foydalanishga bozor tamoyillari, shuningdek resursning narx ko‘rinishidagi 


130 
baholanishini amalga oshirish, yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanishini tatbiq 
etilishini talab etadi. SHu bilan birga, yerlarni reabilitatsiya qilishda bozor 
munosabatlarining rolini oshirib yubormaslik kerak. Bozor iqtisodiyotining 
kiritilishi atrof muhit, shuningdek yer-suv resurslarini muhofaza qilish, qishloq 
xo‘jaligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sarf-xarajatlarni ta’minlash 
muammosini to‘liq hal etolmaydi. Qishloq xo‘jaligi yerlarining mahsuldorligini 
tiklash, hech bo‘lmaganda, avvalgi holiga takrorrish uchun juda ko‘p mablag‘ talab 
etiladi va bu o‘rinda davlatning ko‘magi zarur. Bu yo‘nalishda ham hukumat 
tomonidan hozirgi vaqtda kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Har yili qishloq 
xo‘jaligida suvdan foydalanish tizimini, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
uchun, turli agroxo‘jalik tadbirlarini amalga oshirish uchun katta mablag‘lar 
ajratilmoqda va shu maqsadda maxsus fondlar tashkil etilmoqda.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, “yerdan barqaror foydalanish” 
iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik mazmunga ega bo‘lib, 
ular uzviy bog‘liqdir. Jamiyatning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer 
resurslaridan foydalanishining ob’ektiv zarurati bir vaqtning o‘zida tabiatga salbiy 
ta’sir ko‘rsatilishiga olib keladi. Bu holat bir tarafdan, yerdan xo‘jalik 
maqsadlarida foydalanish, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishni oqilona miqdorda 
cheklash, ikkinchi tarafdan, iste’mol qilingan resurslarni takror ishlab chiqarilishini 
taqozo etadi. “Yerdan barqaror foydalanish” mazmunan ko‘p tarkibli, murakkab 
bo‘lib, yerlardan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek yerdan 
foydalanishning bozor tamoyilarini o‘z ichiga oladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish