ALS MASHINA GRAAFIKASI QURILMALARI
Reja:
Mashina grafikasi tushunchasi.
Grafikli chiqarish qurilmalari.
Tushunchalar va tayach iboralar: paketli ishlov berish, zarbli va zarbsiz harakatlanuvchi chop etish qurilma, sterjen, igna, rastrli va vektorli.
Zamonaviy avtamatlashtirilgan loyihalash sistemasining rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri bo’lib grafikli axborotlarni kiritish-chiqarishga mo’ljallangan mashina grafikasi qurilmalari hisoblanadi. Keyingi yillarda mashina grafikasi kompyuter bilan undan foydalanuvchi o’rtasidagi samarali muloqat vositasi bo’lib hisoblanmoqda.
Mashina grafikasi – bu texnik, matematik va dasturli vositalar to’plami hissoblanib, grafikli ma’lumotlarni kompyuterlarga o’zgartirishlarsiz kiritishga mo’ljallangan vositalardir.
Mashina grafikasi o’z tarkibiga quyidagi uchta masalani yechishni kiritadi: 1) grafikli axborotlarni kiritish; 2) grafikli o’zgartirishlarni amalga oshirish va grafikli ma’lumotlarni izlash va grafikli tasvirlarni saqlash; 3) grafikli axborotlarni chiqarish (tasvirlash va hujjatlashtirish).
Mashina grafikasi qurilmalari ikkita yo’nalishda ishlaydi, yani paketli ishlov berish va interaktiv mashina gfrafikasi tartibida.
26
Grafikli ma’lumotlarga paketli ishlov berishda mashina grafikasi sistemasi grafikli axborotlarni displeyga, grafquruvchilarga va boshqa grafikli hujjatlashtiruvchlarga foydalanuvchining ishtirokisiz chiqarish imkoniyatini beradi.
Interaktiv mashina grafikasi esa, foydalanuvchilarga barcha grafikli hujjatlarni olishda muloqotli tartibda ishlash imkoniyatini beradi.
Grafikli sistemalar umumiy ishlashga mo’ljallangan va maxsus gfafikli sistemalarga bo’linadi. Umumiy ishlarga mo’ljallangan grafikli sistemalarda turli tipdagi grafikli axborotlarga ishlov berish amalga oshiriladi. Masalan, mashinasozlik, arxitektura, REV yaratish va boshqalar. Bunday sistemalardan foydalanuvchi bo’lib amaliy dasturchi hisoblanadi. Bunday sistemaga misol qilib GRAFOR, GRS (bazali grafik sistemasi) kabilarni kiritish mumkin.
Maxsus grafikli sistema maxsus sohalarda grafikli axborotlarga ishlov berish jarayonini amalga oshirishga mo’ljallangandir. Dasturlardan foydalanish sohasiga qarab grafikli sistemalar bir-birlaridan farqlanadi, yani REVlari ALSda – grafikli bog’liqlikda, xarakteristikalarda, sxemalarda, konstruksiyalarda; KISlar ALSlarida – ttekis tasvirlarda; avia- korabllar qurish ALSlarida analitik hajmli yuzada va boshqalar.
REVlarini loyihalashda mashina grafikasining asosiy ob’yektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
loyihalash ob’ekti – maxsulotlar, qurilmalar, detallar,komplekslar va boshqalar;
texnik hujjatlar – maxsulotning va uning xarakteristikalarining izohlari to’plami, undan tashqari shu hujjatlaarni tayyorlashda yordam beruvchi qurilma;
konstruktorlik hujjatlarlar – grafikli va matnli hujjatlar, turli chizmalar, prinsipial sxemalar, spesifikasiya, ko’pincha bu ALSning tugallangan maxsuloti;
geometrik ob’yekt – ikki yoki uch o’lchovli fazoda matematik model ko’rinishidagi maxsulotning izohi;
ob’ektning kirish tilidagi izohi – kerakli o’zgartirishlarni va grafikli tasvirlarni chiqarish jarayonini boshqarishni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi kompyuterda bir xil tasvirlash.
Mashina grafikasining barsha vositalarini texnik vositalarga (kompyuter, terminallar, kiritish-chiqarish qurilmasi) va mashina grafikasi dasturli ta’minoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |