Grafikli chiqarish qurilmalari. Grafikli chiqarish qurilmalari (chop etish qurilmalari, grafquruvchilar va boshqalar) ALSlar texnik vositalari hisoblangan tashqi qurilmalar nomenklaturasi ichida yetakchi o’rinni egallaydi.
Chop etish qurilmalari chiqarish tartibi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
belgili, bunday chop etish qurilmalarida alfavitli-raqamli axborotlarni chiqarish, chop etishning bitta siklida ketma-ket amalga oshiriladi;
qatorli, ya’ni chop etishning bitta siklida bitta qatori shakllantiriladi va chop etiladi;
Fizik tamoyiliga qarab zarbli va zarbsiz harakatlanuvchi chop etish qurilmalariga bo’linadi. Zarbli chop etish qurilmalarida tasvirlarni axborot tashuvchiga maxsus organ hisoblangan bolg’acha, sterjen, igna va boshqalar orqali zarb berish yo’li bilan hosil qilinadi. Zarbsiz qurilmalarda esa, tasvirlar qog’ozga fizik-kimyoviy, elektrik yoki boshqa ta’sirlar natijasida chiqariladi.
Zarbli printerlar orasida eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, matrisali chop etish qurilmalari hisoblanadi. Bunday qurilmalarda tasvirlar (belgilar) elektromagnit yoki peza elektrik uzatma orqali qo’zg’atilgan ignali sterjenga ega maxsus boshcha bilan shakllantiriladi. Matrisali chop etish qurilmasining oddiy modellarida boshchada 9...12 ta igna, murakkab qurilmalarida esa, boshchada
18...24ta igna mavjud bo’ladi. Murakkab modellar yuqori sifatli chop etish imkoniyatiga ega, lekin tezkorligi pastroq hisoblanadi.
Zarbli chop etish qurilmalarining asosiy kamchiligi bo’lib, uning tarkibida juda ko’p mexanik elementlar mavjudligi va ular yuqori dinamik yuklanishda ishlashi, ishlash jarayonida shovqinlarning yuqoriligi va puxtaligi pastligi hisoblanadi.
Zarbsiz chop etish qurilmalari ham matrisali qurilmalarga kiradi. Bunday qurilmalarda tasvirlar bir millimetrda 3 tadan 32 tagacha bo’lgan alohida nuqtalardan hosil qilinadi. Ularning ko’pchiligida bir xil tamoyil qo’llaniladi, ya’ni oraliq tashuvchida elektrik yoki magnit tasvirlarni hosil qilib olib, keyin uni vizuallash va qog’ozga o’tkazish. Zarbsiz chop etuvchilar orasida termo chop etuvchi, purkovchi va lazerli chop etuvchi qurilmalar eng ko’p tarqalgan hisoblanadi.
Hozirda lazerli chop etish qurilmalari juda keng tarqalgan chop etuvchi bo’lib hisoblanadi. Bunday qurilmalar yuqori aniqlikda (bir millimetrda 32...40ta nuqta) va yuqori tezkorlikda chop etish (bir minutda 10ta sahifa) xususiyatiga egadir. Ularda tasvirlar elektrografik usulda ro’yhatga olinadi. Lazer barabanda yashirin tasvirlarni hosil qiladi, uni vizuallash maxsus kukun, ya’ni qog’ozga issiqlik orqali biriktirilgan tonerda amalga oshiriladi. Bunda lazer nuri bitta koordinata bo’yicha, oynali ko’pyoqli prizma yordamida mexanik aylanadi, boshqa koordinata bo’yicha esa, akustooptik deflektor yordamida elektron usulda aylanadi. Lazerli chop etuvchining ishlashini quvvatli mikro EHM boshqaradi, ya’ni IS yoki ShKdan olingan chiqish sahifalarini shakllantiradi. Lzerli chop etuvchining kamchiligi bo’lib, narhining balandligi va rangli tasvirlarni shakllantirishning murakkabligi hisoblanadi. Lazerli chop etuvchilarni ishlab iqarish bo’yicha oldingi o’rinlarda Hewlett-Packard firmasi hisoblanadi. Unchalik qimmat bo’dmagan HP Laserjet printerining asosiy parametrlarini keltiramiz:
chop etishning nominal tezkorligi bir minutda 4sahifa;
qog’oz uzatuvchining xajmi 50 varaq;
qog’oz qabul qilgichning xajmi 20,50 varaq;
buferli xotirsining minimal xajmi 512 Kbayt;
buferli xotirasining maksimal xajmi 4,5 Mbayt;
EHM bilan bog’lovchi interfeyslar ketma-ket, parallel;
tonerli kasseta resursi 3500 varaq;
Do'stlaringiz bilan baham: |