Ixtiyoriy diqqat: Ko`zlangan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma’lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Diqqatimiz ongli suratda boshqariladi. Ixtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni qaratish uchun o`z oldimizga ongli suratda maqsad qo`yamiz, qiyinchiliklarni yengib, diqqatni to`plash uchun kurashib, har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda nomoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |