Passiv yoki majburiy tasavvur. Ko'rilmagan voqealar, sayohat, landshaftlar, muloqot - haqiqiy va hayoliy tasvirlar insonning irodasiga qo'shimcha ravishda tashrif buyurishi mumkin. Bolaligida, bu faqatgina shunday bo'ladi - bolaning fikrlaridagi oqimni nazorat qilishni o'rganish. Lekin kattalar bilan ham shunday bo'ladi - erkak to'xtaydi, hech qanday joyga qaramaydi, ichki voqealarni boshdan kechiradi.
Passiv tasavvur, o'z navbatida, bo'lishi mumkin:
Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushuncha bilish mahsulidir, bu bilish oddiydan murakkabga koʻtarila borib, eski tushunchalarni mukammallashtiradi, aniklashtiradi va yangilarini shakllantiradi. Tushunchaning asosiy mantiqiy vazifasi biron narsani boshqa narsadan fikran ajratishdan iborat. Predmetlarning turkumlarini ajratish va bu predmetlarni tushuncha da umumlashtirish tabiat krnunlarini bilishning zarur shartidir. Har bir fan muayyan tushunchalar bilan ish koʻradi, ularda bilimlar jamlanadi. Tushuncha hissiy bilish shakllaridan farq qilib, inson miyasida toʻgʻridantoʻgʻri aks etmaydi. U taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi. Tushuncha ning shakllanishi soʻz bilan bogʻliq. Ular oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik tafakkur va til oʻrtasidagi bogʻlanishning aniq tarzda namoyon boʻlishidir. Tushunchalar soʻz va soʻz birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Har qanday Tushuncha - abstraksiyadan iboratdir, bu hol tushunchada voqelikdan uzoklashgandek tuyulsada, haqiqatda esa tushuncha yordamida voqelikning muhim tomonlarini ajratib, tadqiq qilish yoʻli bilan chuqurroq bilib olinadi. Tushuncha larning oʻzaro aloqadorligi va bir-biriga oʻtib turishi dialektik mantiqning tushuncha haqidagi qoidasining muhim tomonlaridan biridir.
Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. Hukmlar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. Hukmlar obʼyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan Hukmlar noaniq hukmlar deyiladi. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Hukmlar tuzilishiga koʻra oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib boʻlmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy hukm tarkibi 3 boʻlak: mantiqiy ega — subʼyekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bogʻlovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qili-nayotgan predmet va hodisani, man-tiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bogʻlovchi ("...dir", "emas") predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qatiy hukmning formulasi; 8— R (emas). Oddiy hukmlar sifatiga koʻra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, haj-miga koʻra yakka, umumiy va juzʼiy hukmlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |