Галлюцинация [лот. hallucinatio – хом хаёл, бемаъни, хато] – йўқ нарса ва ҳодисаларни бордек идрок этиш. Идрок этилган йўқ образлар ташқи тасвирга эга бўлиб, улар борлиқда реал нарсалар каби ўрин олади ва шу туфайли бемор буларнинг ростлигига ишонади, аслида йўқ нарсаларни кўраётган, эшитётгандек бўлади. Руҳий ва инфекцион зарарлнишлар, бош мия шикастлари, алкоголизм билан боғлик психозларда, гиёҳвандликнинг баъзи хили, руҳий изтироб ва ҳ. к. оқибатида юзага келади. Галлюцинацияни биринчи бўлиб француз психитри Ж. Эскирол таърифлаб берган (1817). Галлюцинациялар бош мия барча фаолиятининг бузилиши билан боғлик бўлиб, у факат идрок этиш ва тасаввур қилишнинг бузилишигина бўлмай, балки беморнинг атроф муҳитга бўлган муносабати, унинг ҳиссиёти ва тафаккурларининг ҳам ўгаришидир. Галлюцинациянинг оддий ва мураккаблиги, қайси анализаторга тааллуқлилиги, галлюцинатор образларнинг тасвири ҳамда пайдо бўлиш шароитига қараб бир неча хилга ажратилади. Галлюцинациянинг оддий хили, яъни элементар галлюцинацияга фотопсиялар (кўз олдида учқун, тутун ёки туман кўриниши) ҳамда аказмлар (кулоққа шовқин, карсиллаган товуш эшитилиши) кириб, улар ҳар доим предметсиз юзага келади. Галлюцинациянинг мураккаб хили доим предметли ва тасвирий табиатга (беморнинг кўз ўнгида унга ташланаётган ҳайвон ёки қон кўриниши мумкин) эга бўлади.
Illyuziya (lot. illusio — yanglish tasavvur, yanglishish) — 1) voqelikni notoʻgʻri, yanglish idrok etish. Ikki xil illuziya farq qilinadi: a) sezgi va idrokning muayyan qonunlari tufayli roʻy beradigan I. lar. Koʻpincha, narsa va hodisalarni yaxlit idrok qilish kishida yanglish tasavvur hosil etadi. Mas, ogʻirligi aynan teng, ammo kat-taligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ket koʻtarib koʻrilsa, kattasi yengilroq, kichigi ogʻirrokdek tuyuladi. Buning sababi shundaki, kishi hajmi kattaroq buyumning xajmi kichikroq buyumdan ogʻir ekanligini oʻz tajribasida doimo sinab kelgan, bi-nobarin, hajmi har xil buyumlarni koʻz bilan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanib, kattaroq buyumlarni ushlaganida koʻproq zoʻr beradi, kichikroq buyumni qoʻliga olganda uncha zoʻr bermaydi. Illuziya xususiyatlarini bilish ulardan toʻgʻri foydalanish imkoniyatini beradi. Mac, toʻla kishilar uzunasiga yoʻl-yoʻl kiyim kiyishga harakat qiladilar. Chunki bu xil kiyimlarda kishi illuziya tufayli nisbatan ixcham boʻlib koʻrinadi. Optik illuziya dan tasviriy sanʼatda, meʼmorchilik va harbiy maskirovkada, bosmaxona shriftlarini tayyorlashda keng foydalaniladi; 2) xom xayol; puch, amalga oshirib boʻlmaydigan reja.
Diqqat — subʼyekt faoliyatining biror obʼyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) diqqat va ixtiyoriy (aktiv) diqqat. Ixtiyorsiz diqqat biron tashqi sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari diqqatni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy diqqatda psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu diqqat irodaviy diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy diqqat vositasida amalga oshiriladi.
Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (mas, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Bunda harakat obʼyektlari (mas, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning oʻzi (mas, masalani yechish yoʻllari) oʻzgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yoʻnalishi oʻzgarmay saqlani-shi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |