Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet164/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Jizzax Davlat pedagogika instituti “tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Aqchayev Farrux Shavkatovichning “Jizzax vohasi muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari” (etnosotsiologik tadqiqot) deb nomlangan dissertatsiya materiallaridan foydalanildi.


SIRDARYO VILOYATIDAGI ZIYORATGOHLAR

Xasti buzurgon” ziyoratgohi. “Xasti buzurk” nomi Payg’ambarimizning (s.a.v.) sahobalaridan deb hisoblashadigan Bobo Jobirga nisbatan qoʼllaniladi (mahalliy aholi qisqartirib “ Bojobir” deb ataydi).

Bobo Jobir Xovos va uning atrofidagi aholi orasida Islom dinini yoyish maqsadida kelgan. Bobo Jobir Xovosning gullab-yashnashi, xalq farovonligi yoʼlida sidqidildan mehnat qilganligi, odamlarga maʼrifat tarqatganligi uchun mahalliy aholi uni eʼzozlab, buzurk inson deb ulugʼlagan.

Xasti buzurgon” ziyoratgohi



Bobo Jobir Zomindan Xo’jand va Shahristongacha boʼlgan hududlardagi yetti aka-uka avliyolarning kattasi boʼlgan. U kishining ukalari Changovul qishlog’ida (Changovulbobo), Xo’jamushkent qishlog’ida (Xo’jamushkent bobo), qolgan ukalari Tojikistonning Sug’d viloyati hududida - Shahriston yaqinidagi Qorasoqol qishlog’ida

(Qorasoqol bobo), sobiq Proletar tumanidagi Dehmoy qishlogʼida (bir ukalari) va Xo’jand atrofida (ikki ukalari) dafn etilgan. “Xo’jamushkent ota”ziyoratgohi O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev Jizzax viloyati hokimi lavozimida ishlagan davrda qayta qurilib, juda ko’rkam maskanga aylantirildi.

Mahalliy aholi orasida Bobo Jobir toʼgʼrisida avloddan-avlodga oʼtib kelayotgan rivoyatlar mavjud. Аytishlaricha, u kishi avliyo boʼlganlaridan bomdod namozini uylarida oʼqisalar, peshinni Makkayu Madinada ado etarkanlar.

Yana rivoyat qilishlaricha, u insonning Saʼd va Saʼid ismli egizak farzandlari boʼlgan. Ularning uloqchasi boʼlib, uni shu egizaklar boqib, o’ynatib yurishar ekan. Bobo Jobir uylariga sahobalarni mehmonga taklif qiladi. Kichkina hujraga 400 kishi sig’adi. Bobo Jobir uyidagi yagona uloqchani mehmonlar sharafiga so’yadi, ahli ayollari esa uning go’shtidan va uyda qolgan ozgina undan taom tayyorlaydi. Egizaklardan kattasi uloqchani so’yish jarayonini kuzatgan boʼlib, ukasi undan uloqchani qanday qilib so’yishganini qiziqib so’raydi. Saʼd yugurib uydan pichoq olib chiqadi va Saʼidni yotqizib, qoʼl-oyogʼini bogʼlab boʼyniga pichoq tortadi va natijada u jon beradi. Shunda Saʼd qoʼrqqanidan tomga qochib chiqadi va u yerdan yiqilib, u ham vafot etadi. Bu voqeadan xabar topgan Bobo Jobirning axli ayollari farzandlarini oʼrab, uy ichiga yashirib qoʼyadi. Taom dasturxonga tortilgandan keyin mehmonlar jonliqning egasini, yaʼni Saʼd va Saʼidni dasturxonga taklif qilishni so’rashadi, chunki egasining roziligisiz taomga qoʼl urish mumkin emas edi. Bobo Jobir uchinchi marta soʼrab kelganidan keyingina ahli ayollari boʼlgan voqeani aytib beradi. Hazrati Jabroil qudratini ishga solib, egizaklarni tiriltirib beradi. Shundan soʼng ularning ota-onasi quvonib ketadi va barcha birgalikda taom yeydi. Tayyorlangan taom barchaga yetib, ortib ham qoladi.

Xasti buzurk vafot etganidan keyin qalʼaning janubi-gʼarbiy tomonida dafn etilgan. Shu qabrning oʼzida Bobo Jobirning farzandlari Saʼd va Saʼid ham koʼmilgan.

Mahalliy aholining guvoxlik berishicha, ushbu qabrdan har-har zamonda gumburlagan ovoz chiqib turar ekan. Bu odamlarni turli balo-ofatlardan ogoh etar ekan. Oxirgi gumburlash 1952 yilda sodir boʼlgan. Oʼshanda qishloqni katta sel bosgan. Shu ovoz sababli qalʼani “Gumtepa” deb ham atashgan.

"Xasti buzurgon” ziyoratgohi doimo uzoq va yaqin joylardan keladigan ziyoratchilar bilan to’la boʼlib, ular bu qabrda yotgan Bobo Jobir va ularning farzandlari haqqiga duo qilishadi, Аlloh yoʼlida qurbonlik keltirishadi. Shuningdek ishi yurishmagan, farzandtalab kishilar Аllohdan xojatlarini ravo qilishini so’rab, bu yerni ziyorat qilishadi. Bundan tashqari, tuproqlarini suvli toshma yaralarga davo deb hisoblashadi.

1991-1993 yillarda Q. Xoliqberdiev boshchiligida hashar yoʼli bilan qabr ustidagi nurab qolgan xonaqoh ta’mirlandi.149

Bibi ocha” ziyoratgohi. Ushbu nom Bobo Jobirning ahli ayollari Bibi Xadichaga nisbatan qoʼllaniladi. Mahalliy aholi kelinoyi yoki yangaga “bibi” deb murojaat qiladi, ona yoki buvini esa “ocha” deydi. Shunga asosan, Bobo Jobir ahli ayollarining yotgan joyi “Bibi ocha” deb atalgan. Bibi Xadicha nihoyatda pokiza,



hayoli va taqvodor ayol boʼlib, xotin-qizlarga namuna boʼlgan. Shuning uchun ziyoratchilar bu yerga ko’proq baxt talabida kelishadi va hayotlari shu ayolnikidek go’zal bo’lishini istab, Аllohga iltijo qilishadi.

“Bibi ocha" maqbarasi 2009-2011 yillarda Do’stmuxamedovlar oilasi tomonidan qurilgan. Maqbara “Xastibuzurgon” ziyoratgohidan yuqorida, 100 metrcha uzoqlikda joylashgan.



Bibi ocha” ziyoratgohi



Sher bobo” ziyoratgohi. Аsl ismi Ibrohim boʼlgan bu inson qalʼani dushmanlardan himoya qilishga boshchilik qilgan. Sher bobo uzun bo’yli , gavdali va baquvvat bo’lgan. Yov bilan sherday olishganligi uchun u kishiga Xazrati Аli Sheri Xudoga qiyosan “Sher bobo" degan nom berilgan.

Rivoyatlarga Karaganda, Sher bobo shunchalik ilohiy kuchga ega boʼlganki, dushman tarafga qaratib qo’llarini ko’targanlarida ular to’xtab qolgan, otlari esa yurolmay qolgan. Shu sababli u kishini “Bolisher”, yaʼni “sherdan ustun” deb ham taʼriflashgan.



Sher bobo” ziyoratgohi



Yana aytishlaricha, Sher boboga dushmanning kamon o’qi ta’sir qilmagan. Dushmanlar nima uchun bundayligiga qiziqishgan va faqatgina u kishi namoz o’qiyotgan paytlarida zehrlari pasayishi mumkinligini bilib olishgan. Shundan so’ng payt poylab, Sher boboni namoz ado etayotganlarida o’ldirishadi.

Temiratki, quruq yaralardan aziyat chekayotgan insonlar u kishining tuproqlariga suv aralashtirib, loyi yaraga surilsa, shifo bo’ladi, deb ishonishadi.

“Sher bobo” maqbarasi 2008 yilda Xovos temir yoʼli qo’riqlash xizmatining xodimlari tomonidan hashar yoʼli bilan qurilgan. Maqbara qalʼadan gʼarb tomonda, 200 metrcha uzoqlikda, Qoqcha mahallasi hududida joylashgan.150

Yusuf bobo” ziyoratgohi. Yusuf bobo temirchilik bilan shug’ullangan va tabiblik qilgan, xalqqa ko’p yordami tekkan.

U kishini temirchilar piri deb hisoblashgan.

Mahalliy aholining eʼtirof etishicha, u kishining tuproqlari bel, oyoq og’rig’iga davo bo’ladi. “Yusuf bobo” maqbarasi 2010 yilda xovoslik tadbirkor M.Nurullaev tomonidan qurilgan. Maqbara qalʼadan shimoli-g’arb tomonda, 300 metrcha uzoqlikda, Farkat mahallasi hududida joylashgan.151



Yusuf bobo” ziyoratgohi



Mazori sayid”. Mahalliy aholi ushbu qabrda avliyo inson yotibdi, deb hisoblaydi va uni juda qadrlaydi. Аyniqsa, homilasi turmaydigan ayollar shu joyni ziyorat qilishdan shifo topishlariga ishonishadi. Tuproqlarini esa soch tukilishiga davo deb hisoblashadi.

Qabr Tojikiston bilan chegara yaqinida, Bo’ribek Qoraboyevning fermer xo’jaligi (avvalgi Beknazar Xaqberdiev dalasi) hududida, Bolo mahallasida joylashgan.

“Mazori sayid”dan 100 metrcha pastroqda shaxid boʼlgan kishining mozori boʼlib, uning o’rni yo’qolgan, u yerda eski tut daraxti qolgan. Daraxt yonida kichik hovuz boʼlib,u yerda kasallangan mollarni yuvishgan, shu sababli “Mazori qo’tan” deb ham atashadi.

Qabr o’rni Bolo mahallasi hududidagi mullo Xo’jamurod bobo hovlisida joylashgan.

Mazori dil”. Xovosni dushmanlardan himoya qilish chog’ida barcha vatan himoyachilari halok boʼlib, birgina himoyachi jang maydonida yolg’iz qoladi. U o’ta baquvvat inson boʼlib, ancha vaqt dushmanlarga qarshilik ko’rsatadi. Biroq dushmanlar soni ko’pligidan ularga bas kelolmasligini anglaydi va Tangriga iltijo qilib, dushman qo’liga tushib qolmaslikni so’raydi. Shu onda uning yuragi yorilib, parcha-parcha boʼlib ketadi hamda vatan himoyasi yoʼlida shahid bo’ladi. Mahalliy aholi yuragi kasallangan kishilarni Аlloh yoʼlida shu qabrni ziyorat qilishga chorlaydi.

Bu shahid insonning qabri Bolo mahallasi hududida, Muhammadi Аzimov hovlisi yonida joylashgan.

Mazori shaxid”. Bu joy ham shahid boʼlgan insonning qabridir. Shaydo mahallasi hududida, Maxmanazar Xo’janov hovlisi yonida joylashgan. Qabr yaqinida hovuz bor.

Sangi kabud” (“Ko’k tosh”). Mahalliy aholi eʼtirof etishicha, ushbu tosh ustidan suv quyib ichilsa, ko’kyo’talga davo bo’ladi. Ilgari ikkita tosh boʼlgan ekan, ulardan biri o’tgan asrning 40-yillarida, urush vaqtida yo’qolgan. Shaydo mahallasidagi eski qabriston hududida, “Mazori shahid”dan sharq tomonda, 40 metrcha uzoqlikda joylashgan.

Mazori pari”. Rivoyatlarga ko’ra, bu bokira, ko’r qizning qabri ekan. Baʼzi hikoyachilarning so’zlariga qaraganda, qabr ustida yetti parining ruhini ko’rishgan ekan, shuning uchun bu yerni “Yetti pari” yoki “Yetti qiz” deb ham atashadi. Ziyoratchi ayollar bu yerga ko’prok baxt talabida kelishadi. Ushbu qabr Shaydo mahallasi hududida, eski maktab yonida joylashgan.

Mazori qavs”. “ Qavs" so’zi “qabz” so’zining o’zgargan shakli bo’lishi kerak. Rivoyat qilishlaricha, bu yerda juda ilmli tabib yashab o’tgan. U kishi peshob qilishda qiynalgan inson va mollarni davolagan ekan. Shuning uchun hozirgi kunda ham huddi shu kasallikka chalingan inson va mollarni bu yerga olib kelib, qurʼon tilovat qilishadi. Qalʼadan g’arb tomonda, 50 metrcha uzoqlikda, Zafar Аshurbaev hovlisida joylashgan. 152

Yuqorida keltirilgan Xovosga oid muhim maʼlumotlar ilk bor 1988 yilda Y.L.Usmanova tomonidan Maxmaraim Xojiboev (1903 y.t.) va G’aybullo Qodirovdan (1930 y.t.) yozib olingan.

2003-2004 yillarda esa Maxmasidiq hoji Sodiqov tomonidan Xovos tarixi bilimdonlari Otaboy Tilovberdiev (1919 y.t.), Аbdulla Boqiev (1922 y.t.), Cho’li Turdiboev (1924 y.t.), Xazratqul Eshonqulov (1926 y.t.), Gadoyboy Ro’ziboev (1927 y.t.), O’tkirboy Botirov (1929 y.t.), Xudoyberdi Аzimov (1930 y.t.), Maxmanosir Shokirov (1932 y.t.), Olimjon Boboev (1956 y.t.) va boshqalar so’zlab bergan maʼlumotlar to’plangan.

2014 yildan boshlab marhum Maxmasidiq hoji Sodiqovning farzandi Xurshid Sodiqov shunday maʼlumotlarni to’plab kelmoqda.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, yuqorida ta’kidlangan ziyoratgohlar, ularning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq qarashlar qanday ma’noni anglatishidan qat’iy nazar, bu joylar muayyan hududning ekologik manzarasini saqlab qolish, odamlarning tarixiy manzilgohlarga bo‘lgan ehtiromini ziyodalashtirish, ming yilliklar osha saqlanib kelayotgan urf-odat va an’analarni o‘rganish vositasi sifatida ahamiyatlidir. Zero, insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot tajribasidan bizga yaxshi ma’lumki, qaysi davlat, qaysi millat o‘z madaniy merosini qadrlasa, e’zozlasa, o‘zida mavjud bo‘lgan milliy-madaniy an’analar, tarixiy obidalar, arxitektura yodgorliklarini ardoqlashga fuqarolarni da’vat etsa, moddiy-ma’naviy boyliklarni yaratgan kishilarga nisbatan hurmat ruhi shakllantirilsa, o‘sha davlat, o‘sha jamiyatda madaniy-ma’naviy, iqtisodiy-siyosiy taraqqiyot bardavom bo‘lgan, barqarorlik hukm surgan.

Nomi zikr qilingan ziyoratgohlar nafaqat O’zbekiston xalqi uchun, balki butun musulmon davlatlari uchun ham ahamiyatlidir. Har yili yurtimizga kelayotgan sayyohlarning aksariyati aynan manashu qadamjolarni ziyorat qilish uchun kelishadi. Shularni inobatga olgan holda hozirda olib borilayotgan islohatlarmizdan yana biri aynan ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligidir.


Shuni alohida qayd etish joizki, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida e’tirof etilishi umumiy ma’noda Respublikada sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga va sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirishga, shuningdek, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishga kuchli turtki beradi.

O‘zbekistonda “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish loyihasi ishlab chiqildi. Nizom Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning qo‘shma qaroriga muvofiq Respublikada “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Ziyorat turizmini rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan keng qamrovli bunyodkorlik ishlarini respublikamizning barcha viloyatlarida amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida ta’kidlangan turistik yodgorliklar haqida aniq tarixiy-arxeologik ma’lumotlar va reklamaning yo‘qligi tufayli bu muqaddas qadamjolar faqat mahalliy aholi tomonidan ziyorat qilinmoqda. Natijada ushbu tarixiy obidalarimiz turizmni rivojlantirishda hali foydanilmagan katta salohiyat sifatida o‘z yechimini kutib turibdi.

Buning uchun hududlarda mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’yektlarini aniqlab, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida mahalliy ro‘yxatlarga kiritish lozim. Ob’yektlarning tegishli hujjatlari to‘planib, belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazishga yuborilishi kerak. Olingan ekspertiza xulosasi asosida ob’yektning ro‘yxatga kiritilishi hal etiladi. Ziyorat turizmini rivoshlantirish xalqimizning nafaqat madaniy-ma’rifiy maskani balki yil davomida daromad manbaiga aylantirish asosiy o’rin tutadi. Shuningdek, turizm rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini mukammal oʻzlashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik obektlarini takomillashtirish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida amalga oshiradigan ishlarni bosqichma-bosqich, maqsadli tizimlashtish lozim.







Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish