“Qulpisar ota” ziyoratgohi Jizzax tumani (hozirda SH.Rashidov tumani) ning Sharof Rashidov nomli jamoa xo‘jaligi hududida joylashgan bo‘lib, ziyoratgoh hududida xonaqoh, masjid, arxeologik yodgorliklar o‘rni, qal’alar qoldiqlari va ko‘hna qabriston mavjud. Ziyoratgohdagi qabr 12-13 metrni tashkil etib, mahalliy aholi “Qulpisar” atamasini “qulflab ko‘milgan bosh” degan ma’noni anglatishini ta’kidlaydi. Mahalliy aholi o‘rtasida tarqalgan rivoyatlarga ko‘ra, Avliyoning tanasi Forish tumanining Mojurum qishlog‘ida dafn qilingan bo‘lib uni mahalliy aholi Hazrati Zaynulobiddin nomi bilan bog‘lab ziyorat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |