Bizning fikrimizcha, Movarounnahrda islom dini va madaniyati tarqalib, hudud xalifalikka qo‘shib olingach, Jizzax vohasidagi Sa’d ibn Vaqqos, Novqaota, Xo‘jai Serob kabi islomgacha bo‘lgan ziyoratgoh(ibodatxona)lar keyinchalik hududdagi islom diniga e’tiqod qiluvchilarning ibodat markazlariga aylantirilgan.
Taniqli ustrushonashunos olim M.H. Pardayevning ta’kidlashicha, “Qulpisar ota” ziyoratgohi mil.avv. II-I asrlardan boshlab asosan chorvador dasht aholisi sig‘inadigan ulkan tosh sanami mavjud bo‘lgan majusiylar markazi sifatida faoliyat ko‘rsatgan va keyinchalik Qang‘ davlati bilan Sug‘d chegaralarida joylashgan Kabudon rustoqining markaziy ibodatxonasiga aylantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |