Demak, Kabudon rustoqining islomgacha bo‘lgan markaziy ibodatxonasi hokimlik markazidan alohida hududda ya’ni,hozirgi “Qulpisar ota” ziyoratgohi o‘rnida bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. Tadqiqotchi olim Q.Hakimovning fikricha, qadimiy qishloq nomining asl shakli Xudiysar bo‘lgan. Uning ilmiy etimologiyasi hozircha aniqlanmagan bo‘lsa ham, ammo qishloqning geografik o‘rni, ya’ni tog‘ va cho‘lni tutashgan chegarasida joylashganini hisobga olib, qishloq nomi “chekka hududdagi qal’a” ma’nosini beradi deb tahlil qilishimiz mumkin.148
Do'stlaringiz bilan baham: |