Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
oʻz yelkalariga tashlab olar va yoʻlning bu gʻirrom qismidan oʻtib olishgach, yuklarni
tagʻin tuya va otlarga ortishardi. Mabodo tuyakashlardan kimdir ogʻrib yoki oʻlib-netib
qolsa, birodarlari qur'a tashlab uning tuyalarini kim tortishini aniqlashardi.
Bularning hammasiga bitta sabab bor edi: karvon qancha yoʻl bosmasin, yoʻlini necha
martalab oʻzgartirmasin, baribir manzil sari intilar edi. Toʻsiqlarni yengib oʻtib, vohaning
qaerdaligini koʻrsatib turgan yoʻlchi yulduzga qarab yoʻl olardi. Azon mahali osmonda
yarqiragan yulduzga qarab, odamlar oʻzlarini bu yulduz salqin joylarga, suvga, xurmozor
va hordiq oladigan manzil sari eltayotganini bilishardi. Faqat yolgʻiz angliyalik kitobdan
bosh koʻtarmas, goʻyo hech nimani payqamayotganday edi.
Santyago ham safarning dastlabki kunlarida kitob oʻqishga urinib koʻrdi. Biroq keyin
tevarak-atrofga qarab, shamolning nagʻmasiga quloq tutib ketish bu mashgʻulotdan koʻra
qiziqroq ekanini payqadi. U tuyasining fe’lini oʻrgandi. Unga bogʻlanib qoldi, keyin
umuman kitobdan voz kechdi, ortiqcha yuk, deb hisobladi. Shunday esa-da, qachon kitob
ochib koʻz yugurtirsa unda, albatta, biror-bir qiziqarli gap topilishiga ishonardi.
U yonida kelayotgan tuyakash bilan ora-sira gaplashib, oshno boʻlib oldi. Kechqurunlar,
dam olish uchun qoʻnishib, gulxan tevaragida oʻtirishganda, Santyago oʻzining
qoʻychivonlik hayotidan turli voqealarni soʻzlab berardi.
Bir safar tuyakash oʻzi haqida gap boshladi:
— Men El-Qayrum yaqinidagi qishloqchada yashardim. Uyim, bogʻim, bolalarim bor edi
va umrimning oxirigacha bekami-koʻst yashasam boʻlardi. Bir yili, oʻshanda hosil juda
moʻl boʻldi, yaxshi daromad qildik va butun oila a’zolarimiz bilan hatto Makkaga
bordik— nasib etib musulmonlik farzini ado etdim va endi koʻngilni xotirjam qilib,
qazoyimni kutsam boʻlardi. Yaratganga shukronalar aytardim.
Biroq kunlarning birida yer qalqidi va Nil qirgʻoqlaridan toshdi. Beziyonday tuyulgan bu
ofat menga ham ziyon yetkazdi. Qoʻshnilar zaytunzorlarini toshqin yuvib ketishidan
tashvishga tushib qolishdi, xotinim bolalardan xavotirlandi. Boru budimizdan ayrilib
qolayotganimizni koʻrib turib dahshatga tushdim.
Shundan soʻng yer hosil bermay qoʻydi— tirikchilikning boshqa yoʻlini qidirishimga
toʻgʻri keldi. Shu bois men tuyakashlikni kasb qildim. Oʻshanda menga Ollohning:
noayonlikdan choʻchimangiz, zotan, har kim oʻz xohish-istagiga yarashasini olgay,
nimagaki muhtoj esa unga yetishgay, degan kalomining ma’nosi ayon boʻldi.
Hammamiz ham bor narsalarimizni— bu ekin-tikin boʻladimi yoki hayotimizmi—
yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqamiz. Biroq bu qoʻrquv vaqtinchalik, ammo bir narsani
tushunib yetish lozimki, bizning qismatimizni ham, olam taqdirini ham bitta qoʻl bitgan.
Ba’zan yoʻlda ikkita karvon duch kelib qolardi. Shunda bir karvondagi yoʻlovchilarda
ikkinchisidagi odamlar muhtoj boʻlgan narsalar topilmay qolmasdi. Chindan ham bu
olamdagi kechmishlar bari bir qoʻl bilan bitilganday goʻyo. Tuyakashlar bir-biriga qum
Do'stlaringiz bilan baham: |