Alkimyogar
(
R O M A N
)
Paulo Koelo
library.ziyonet.uz/
mumkin. Agar dengizda suzish joniga tegsa, bu paytga kelib u boshqa shaharlarni koʻrib,
boshqa ayollar bilan tanishib oladi, baxtli boʻlishning boshqacha yoʻllarini topadi.
«Bilmadim, diniy maktabda Tangrini qanday topardim», — Oʻyladi Santyago koʻtarilib
kelayotgan quyoshga qarab.
Oʻzining safarlarida u doim noma’lum yoʻllardan yurishni ma’qul koʻrardi. Bu cherkovda
hali biror marta tunashga toʻgʻri kelmagan, garchi bu oʻlkalarda tez-tez boʻlib tursa-da.
Dunyo keng, cheku chegarasi yoʻq va Santyago ozroq vaqt qoʻylarni oʻz mayliga qoʻyib
bersa, albatta, qandaydir qiziq voqeaga duch kelardi. Faqat qoʻylar har kuni yangi
yoʻllarni topishayotganini, yaylovlar va yil fasllari oʻzgarayotganini tushunmaydi:
ularning miyasida faqat qorin toʻygʻazish ehtiyoji bor, xolos.
«Ehtimol, biz ham shunaqadirmiz, — Oʻyladi choʻpon. — Axir, men oʻzim ham
movutchining qizi bilan tanishganimdan keyin xayolim biror marta ham boshqa ayollarga
ketmadi-ku».
U osmonga qaradi, chamaladi, peshinga qolmay Tarifda boʻladi. U yerda kitobni
boshqasiga, qalinrogʻiga almashtirib olsa, suvdonini vinoga toʻldirib, soch-soqolini
oldirsa, movutchining qizi bilan uchrashuvga shay boʻladi. U boshqa bir choʻpon qizni
ilib ketgan boʻlsa-chi, degan xayolga bormaslikka urindi.
«Hayot shunisi bilan qiziqki, tushlar rostga aylanadi», — Oʻyladi Santyago osmonga
koʻz tashlab qoʻyib, qadamini tezlatarkan.
U Tarifda tushni ta’birlaydigan kampir yashashini esladi. Qani aytsin-chi, ikki marta
koʻrgan bir tushning ta’biri qanaqa boʻlarkan.
Kampir mehmonni orqa tarafdagi oshxonadan turli
rangdagi plastmassa munchoqlar shodasidan yasalgan parda bilan ajratilgan xonaga
yoʻlladi. Xonada stol va ikkita stul bor, devorda Masih yuragi tasviri tushirilgan surat
ilingan.
Uy bekasi Santyagoni oʻtirgʻizdi, oʻzi uning qarshisiga oʻtirib, ikki qoʻlidan ushladi va
past ovozda duo oʻqidi.
Aftidan, bu loʻlilar oʻqiydigan duo edi. Choʻpon bolaga loʻlilar tez-tez uchrab turardi —
ular ham, garchi qoʻy boqishmasa-da, dunyo kezib yurishadi. Odamlar ularni yolgʻon-
yashiq aytib kun kechiradi, gunohga botib yashaydi, bolalarni oʻgʻirlab ketadi va bu
bolalar keyinchalik ularning asiriga aylanib qoladi, deyishadi. Santyago goʻdakligida
loʻlilar oʻgʻirlab ketishidan oʻlguday qoʻrqardi, hozir loʻli kampir qoʻllaridan ushlaganda
vujudida oʻsha qoʻrquv uygʻondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |