10.5. Xinolin va izoxinolin guruhi alkaloidlari
Xinin. Xinin 1820 – yilda xinna daraxtining po‘stlog‘idan olingan Xinna daraxti po‘stlog‘idan hozirgacha yigirmaga ya’qin alkaloid ajratib olingan.
Xinin suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydigan, 117°C da suyuqlanadigan modda bo‘lib, qutblangan nur tekisligini chapga buradi, tuzlari achchiq ta’mga ega. Uning tuzilishi turli reaksiyalar va sintez orqali isbotlangan. Xinin molekulasi xinolin va xinoklidin yadrosidan tashkil topgan:
Xinin
Xinin tibbiyotda bezgak kasalligini davolashda ishlatilgan.
Izoxinolin strukturasi tutgan alkaloidlarga opiy tarkibida uchraydigan papaverin va morfinni misol qilib olish mumkin.
Papaverin. Papaverin opiy alkaloidlari qatoriga kiradi. Papaverin-oq kristall modda, suvda erimaydi, qaynoq etanol va xloroformda eriydi, 147°C da suyuqlanadi.Papaverin spazmolitik ta’sirga ega.Tibbiyotda ogriq qoldiruvchi va qon tomirlarini kengaytiruvchi vosita sifatida ishlatilgan. Hozirgi vaqtda uning sintetik analoglaridan no-shpa va dibazol keng qo‘llanilmoqda.
Morfin. Morfin boshqa bir qancha alkaloidlar bilan birga 8-12% miqdorida opiy tarkibida uchraydi.
Morfin
Morfin molekulasida turli xossaga ega bo‘lgan ikkita gidroksil guruh mavjud. Ulardan biri benzol halqasida joylashganligi uchun fenol xossasiga, ikkinchi gidroksid fenantrenning deyarli to‘liq gidrogenlangan halqasida joylashgani uchun spirt xossasiga ega. Izoxinolin yadrosidagi azot atomi metil guruhini saqlaydi. Fenantrenning birinchi va uchinchi yadrolari o‘zaro kislorod ko‘prigi orqali bog‘langan. Morfin o‘yuvchi ishqorlarda yaxshi eriydigan kristall modda bo‘lib, suvda, efir va benzolda kam eriydi. U xlorid kislota bilan suvda yaxshi eriydigan tuz hosil qiladi. Mоrfin оg‘riqni qоldiruvchi - nаrkоtik аnаlgеtik (grеkchа: ua - yo‘q qiluvchi, togla - оg‘riq) mоddаdir. U sеdаtivlik vа tinchlаntiruvchilik xоssаlаrigа hаm egа, muskullаrni qo‘zg‘аtаdi.
U xlorid kislotali tuz holida og‘riq qoldiruvchi va uyqu keltiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi. Morfinning keng qo‘llanilishiga unga o‘rganib qolish xavfi – morfinizm xalaqit beradi: morfinizmda esa asta-sekin og‘ir surunkali zaharlanish ro‘y beradi. Morfinning diatsetil hosilasi – geroin narkotik modda sifatida ma’lum. Nаrkоtik mоddаlаr аsоsаn MNS gа tа’sir ko‘rsаtаdilаr vа ulаrni ko‘p istе’mоl qilingаndа оrgаnizm nеrv sistеmаlаrini pаrаlich hоlаtgа оlib kеlаdi, nаtijаdа miya qоbig‘ini, yurаk fаоliyatini ishdаn chiqаrаdi.
Geroin
Morfinning N-metil guruhi allil guruhiga almashinishidan olingan hosilasi-nalorfin deb ataladi. Nalorfin morfin va boshqa narkotik analgetiklarning antagonisti hisoblanadi va ko‘pincha giyohvandlikka ruju qo‘ygan bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |