6. Xiva xonligi tarixnavisligi.
Xiva xonligi Amudaryo quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr boshlarida shakllangan feodal davlat bo`lib, XVII asr boshlarida mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. 1763 yildan O`zbeklarning qo`ng`irot urug`ining vakillari – inoqlar Xivada hokimiyatni qo`lga olishadi. 1873 yilda Ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram davlatga aylandi. 1920 yilda bol’sheviklar tomonidan butunlay tugatildi.
Xorazm o`zining an`anaviy tarixnavislik maktabiga ega o`lkalardan biridir. Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlarda bu qadimiy an`analar bir qadar saqlanganligini ko`ramiz. Abulg`ozixon asos solgan tarixnavislik maktabining an`analarini keyinchalik Munis, Ogahiy va Muhammad UYsuf Bayoniylar davom ettirdilar.
Xorazm adabiy muhitining xarakterli tomoni shundakim, bu vohada yaratilgan barcha tarixiy-badiiy asarlar o`zbek tilida bitilgan.
XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxon buyrug`i bilan saroy tarixchisi, shoir SHermuhammad ibn Amir Avazbiy Mirobal-Munis (1778-1829) Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan «Firdavs ul-iqbol» asarini yozdi. O`zbek tilida yozilgan bu asar «Iqbolnoma» nomi bilan ham mashhurdir. Xiva xonligining XVIII-XIX asr tarixi haqidagi qimmatli ma`lumotlar beruvchi bu asar keyinchalik Olloqulixon topshirig`i bilan Munisning jiyani Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan davom ettirildi va Xiva xonligining to 1872 yilgacha, ya`ni rus istilochilik uyrishlariga qadar bo`lgan tarixi bayoni bilan to`ldirildi.
Ogahiy tomonidan yaratilgan «Zubdat ut-tavorix», «Riyoz ud-davla», «Jomi` ul-vaqeoti sultoniy» kabi tarixiy asarlar ham Xorazm tarixnavislik maktabining nodir namunalaridir.
Xiva xonligining tarixiga bag`ishlangan asarlar ichida Muhammad UYsuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1859-1923)ning «Shajarai Xorazshohiy» asari katta o`rin tutadi. Bu asarda Xorazm vohasining rus armiyasi tomonidan istilo etilishi haqida qimmatli ma`lumotlar bor. Bayoniy tomonidan «Xorazm tarixi» asari ham yozilgan bo`lib, afsuski, u to`laligicha saqlanib qolmagan. Unda xonlikdagi saroy amaldorlari, mashhur kishilar haqida ma`lumotlar, ayniqsa Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning shoh va shoir sifatidagi tavsifi o`ta aniqligi bilan ajralib turadi hamda Xorazm adabiy muhiti haqida ham bir muncha to`liq tasavvur beradi.
Xorazmda o`rta asr muarrixlarining asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilish bo`yicha ham katta ishlar iolb borildi. Xususan Ogahiy o`rta asr musulmon mualliflarning bir qancha tarixiy asarlarini Mirxondning «Ravzat us-safo» asarini, Mahfiy Astrabodiy ibn Muhammad Nosirning «Nodirnoma» asarini, Kaykovusning «Qobusnoma» asarini va boshqa bir qancha asarlarni o`zbek tiliga tarjima qilib, Xorazm tarjimonlik maktabi an`analarini davom ettirdi. Ogahiyning o`zi ham Xorazm tarixiga oid beshta asar yaratgan. Akademik V.Bartol’d ta`kidlashicha: «Munis va Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy va tarixiy asarlarning qanchalik kamchiliklari bo`lmasin, tarixiy voqealar bayon etilishi va ularda keltirilgan daliliy materiallarning ko`pchiligi jihatidan Qo`qon va Buxoro xonliklari tarixiga oid bizgacha etib kelgan hamma asarlarni o`zidan ancha orqada qoldiradi». Bu juda uyksak baho, chunki Xorazm tarixnavisligi, o`zbek tarixnavisligining asosidir, degan ma`no yotibdi, bu erda.
Muhammad Rahimxon (Feruz) hukmronligi davrida arab tarixchilari Al-Ma`sudiy (X asr)ning va Ibn – al-Asir (XII-XIII asr boshlari)ning asarlari, Bayoniy tomonidan «Tarixi Tabariy» asari o`zbek tiliga tarjima qilindi.
Hozirgi zamon, yangicha dunyoqarashga asoslangan-mustaqillik davri tarixshunosligida Xiva xonligi tarixshunosligi chuqur o`rganilmoqda. Jumladan 2005 yil «Moziydan sado» jurnalida Feruzxonning inisi, tarixchi Komyobning asarlari haqida ma`lumot e`lon qilindi.
Xulosa qilib aytganda, Xorazm tarixnavisligi o`zining serqirra jilosi bilan o`rganiladigan davri endi boshlandi. Uning nihyaotda boy va hali-hanuz kam o`rganilganligiga hech bir shubha bo`lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |