Alisher navoyi nomidagi samarqand davlat universiteti


Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shohiy» asari



Download 1,63 Mb.
bet88/227
Sana19.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#178483
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   227
Bog'liq
Тарихшунослик ва манбашунослик мажмуа

3. Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shohiy» asari.

O`zbek davlatchiligi tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi muhim o`rin tutadi. Buxoro xonligida bu sulola hukmronligi davrida tarixshunoslik ancha yuksalganini A.A.Semyonov, A.Y.Yakubovskiy, B.Ahmedov kabi taniqli tadqiotchilar haqli ravishda e`tirof etishgan. Tadqiqotchi P.P.Ivanovning fikricha, shayboniylar davrida Buxoro xonligida madaniyatning rivojlanishida Eronda hokimiyatni qo`lga olgan Shoh Ismoilning Erondagi va Hirotdagi sunniylarni ta`qib ostiga olgani ham o`z ta`sirini o`tkazdi. Chunki ta`qiblar tufayli bu erdagi madaniyat namoyandalari, shoirlar, olimlar Buxoro xonligiga kelib, o`rganib qolganlar. Bu davrda Buxoro xonligida tarixnavislik adabiyot, tarjima san`ati, xattotlik, me`morchilik sohalarida katta uytuqlar qo`lga kiritilgani ma`lum.

Xususan, V.V.Bartol’dning fikricha, shayboniylar davrida tarix va adabiyot sohalarida yaratilgan asarlar soni, sifati bir qadar ortgan. Ayniqsa, Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomayi shohiy» («Shohlarni sharaflovchi asar») asarini alohida ta`kidlab o`tish joiz.

«Abdullanoma» yoki «Sharafnomayi shohiy» asarining ijodkori XVI asrda yashab o`tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yilda Buxoroyi sharifda nufuzli mansabdor xonadonida dunyoga kelgan.

Hofiz Tanish Buxoriy o`z davrining chuqur va keng ma`lumotli kishilaridan bo`lib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yaqin odami Qulbobo ko`kmdotning tavsiyasi bilan Abdullaxoning xizmati qabul qilingan va uning shaxsiy voqeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy umrining oxirigacha shu lavozimda ishladi. Maleho Samarqandiyning ma`lumotiga ko`ra, Hofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zaharlab o`ldirilgan.

«Sharafnomayi shohiy» asarida O`zbekiston, Qozog`iston, shuningdek, qisman, Afg`oniston va Eronning XVI asrdagi tarixi ijtimoiy-siyosiy jihatdan bayon qilinadi. Undan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston, Qoshg`ar va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar haqida ham qimmatli ma`lumotlar bor. Asar XVI asrning 80 yillari oxirida yozib tamomlangan. Hofiz Tanishning zamondoshi shoir va adabiyotshunos olim Mutribiyning guvohlik berishiga qaraganda, asarning oxirgi qismini, xonning topshirig`i bilan, qozi Poyanda Zomoniy (1602 yili vafot etgan) yozgan. Lekin, bu fikrni boshqa manbalar tasdiqlamaydi.

«Syarafnomayi shohiy» asari qofiyat nasr, ya`ni saj-murakkab badiiy uslubda yozilgan. Unda she`riy parchalar Firdavsiy, Rudakiy, Sa`diy, Kamoliddin Binoiy, Mushfiqiy va muallifning o`z she`rlari, «Qur`oni karim» oyatlari, «Hadisi sharif»lardan parchalar ham ko`p. XVI asrning 30-60 yillari orasida uyz bergan voqealar saroyida muntazam yuritib turiladigan kundalik daftar, sodir bo`lgan muhim siyosiy voqealarning shohidi bo`lgan keksa kishilarning og`zaki axborotlari asosida, 70-80 yillar voqealari esa muallifning bo`lib o`tgan voqealarda shaxsan o`zi qatnashib to`plagan daliliy ma`lumotlar asosida yozilgan.

Ushbu asarning qo`lyozma nusxalari ko`p. 1995-1997 yillarda kitob ikkita alohida qismlardan iborat holda B.Ahmedov tomonidan nashr etildi.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish