Alisher navoyi nomidagi samarqand davlat universiteti


Qo`qon xonligi tarixnavisligi



Download 1,63 Mb.
bet90/227
Sana19.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#178483
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   227
Bog'liq
Тарихшунослик ва манбашунослик мажмуа

5. Qo`qon xonligi tarixnavisligi.

Buxoro, Samarqand va Xiva (Xorazm) kabi qadimiy madaniy markazlarga nisbatan, Qo`qonda tarix fani va tarixnavislik (istoriografiya) birmuncha keyinroq paydo bo`ldi. Buning sababi, Qo`qon xonligi XVIII asrda tashkil topgan edi. Xuddi shu yillarda Shohruhbiy Buxorodan mustaqil bo`lgan Qo`qon xonligi asos soldi. Avvalgi Qo`qon hukmdorlari o`zlarini «beklar» yoki «biylar» deb atar edilar. Ular ichida Olim (1798-1810) birinchi bo`lib o`zini «xon» deb atadi. Muhammad Alixon (1822-1842) davrida esa qozoqlar, qirg`izlar va tojiklar yashaydigan hududlarni ham egallagach, Qo`qon xonligi juda keng va kuchli davlatga aylandi.

Shunga qaramay, Qo`qon tarixnavislik maktabi xonlik tashkil topganidan ancha keyin shakllana boshladi. Tarixiy adabiyot ham nazmiy, ham nasriy shaklda yozilardi. Mazmuniga nisbatan esa ularni voqeanavislik (bayoniy), xotira, jo`g`rofiy asarlarga ajratish mumkin bo`lib, ular umumdunyo yoki umumiy tarixni ham qamrab olardi. Ya`ni, bunday asarda muallif o`z so`zini olamning yaratilishidan, Odam alayhissalomning dunyoga kelishidan boshlaydi. Shu bilan bir qatorda, ko`plab mamlakatlarning tarixini ham tasvirga oladi. Boshqa bir asarlar esa yaxlit bir tarixga bag`ishlanib, muayyan bir xon yoki sulolaning hayoti yoritilgan bo`ladi.

Ilk tarixiy asar qo`qonda 1237/1823 yilda bitildi. Muallifi – Mirzo Qalandar Isfaragiy. U Umarxon (1810-1822) saroyida muarrix va shoir Mushrif nomi bilan ham tanilgan. Asar «Shohnomai Umarxoniy», «Shohnoma», shuningdek, «Tarixi amir Umarxoniy», «Shohnomai Nusrat payom» kabi bir necha nomlar bilan atalgan.

Mushrifning mazkur asari «Umarnoma» manzumasining nasriy bayonidan iborat bo`lib, «Umarnoma»ning o`zi «Fazliy» taxallusi bilan mashhur bo`lgan shoir Abdulkarim Namangoniy qalamiga mansubdir. Fazliyning ushbu asari ham 1237/1823 yilda bitilgan. Boshqacha aytganda, Fazliy o`z manzumasini tugatgan zahotiyoq, Umarxon manzumaning nasriy bayonini tayyorlash uchun Mushrifga ko`rsatma bergan. Sababimanzulga tilining og`ir ekanligidan bo`lsa kerak.

Qo`qon xonligida yaratilgan navbatdagi asar – «Muntaxob at-tavorix»dir. Muallifi Muhammad Haqimxonto`ra bo`lib, asar 1259-1843 yilda yozilgan. Bu kitob umumdunyo tarixi bayon etilgan asarlar sirasiga kiradi, undagi voqealar dunyoning yaratilishidan boshlanib, 1845 yil voqealariga qadar davom etib keladi. Asarning qurama (kompilyativ) qismi ko`plab boshqa kitoblarga asoslanib yozilgan lavhalardan iborat.

Qo`qon xonligida yaratilgan tarix asarlari ichida «Mirot ul-futuh», «Tuhfat at-tavorixi xoni», «Tarixi Shohruhiy» kabi asarlarni ham ko`rsatib o`tish mumkin. Shulardan «Mirot ul-futuh» To`raxo`ja qalamiga mansub bo`lib, asar 1281/1865 yilda yozilgan. «Tuhfat at-tavorihi xoni» asari 1286/1869 yil yozilgan bo`lib, muallifi Avazmuhammad Attodir. 1288/1871 yilda yozilgan «Tarixi Shohruhiy»ning muallifi Mulo Niyoz Muhammad Ho`qindiydir. Jamlab aytganda, Qo`qon tarixnavislik maktabiga oid o`ttizga yaqin tarixiy-adabiy, solnoma va boshqalarni sanay olamiz.

Qolaversa, Qo`qon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan so`ng bitilgan «Ansob as-salotin tavorix al-xavoqin» (XIX asrning 80-yillari), «Mufassali tarixi Farg`ona» (yozilgan yili noma`lum, muallifi Qozi Otabek Andijoniy), yana o`zbek tilida bitilgan «Mukammali tarixi Farg`ona» (muallifi – Qozi Otabekning o`g`li Muhammad Fozilbek) kabi asarlarni ham aytib o`tish kerak. Ammo, ular hozirgacha ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilmagan, sababi, ularda avval bitilgan asarlardagi voqealar takrorlanadi.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish