1. O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti tarixshunosligi.
XV asrning 80-90 yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik, xususan Toshkent, Farg`ona va Hisorning markaziy hukumatga itoat qilmay qo`yishi, yosh Temuriylarning toji taxt uchun kurashlari davlatning inqirozini tezlashtirdi.
Muhammad Shayboniyxon (1500-1510) – Shayboniylar davlatiga (1500-1601) asos soldi. Lekin, Shayboniylar ham ma`lum darajada iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo`lsalar-da, baribir ular ham mahalliy yirik er-suv egalarining ayrimachilik harakatlariga barham bera olmadilar.
Abdullaxon soniy 1557 yili Buxoroni egalladi va uzoq davom etgan urushlardan (1557-1582) so`ng Movarounnahrni birlashtirdi. U davlatni markazlashtirdi, lekin uning vafotidan (1598 yil 8 fevral) keyin ayirmachilik harakati avj oldi.
Mana shunday bir sharoitda movarounnahrlik yirik er-suv egalari ruhoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, Jo`jixonning o`n uchinchi o`g`li To`qay Temur naslidan bo`lgan Yormuhammadxonni taxtga o`tqizdilar. Yangi sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601-1785) nomi bilan mashhur (Asli Xoji tarxon (Astraxon)lik bo`lganlari uchun sulola shunday atalgan).
Bu davrda mamlakatda tarqoqlik yanada kuchaydi. Dashti qipchoqliklar, asosan qozoq xonlari va qalmoqlar, Xorazm hukmdorlari Abulg`ozixon va Anushaxon Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjo`y, Buxoro va Samarqand shaharlari va qishloqlarini talon-taroj qila boshladilar.
Eron va Shimoliy Hindiston hukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi beqarorlik Ubaydullaxon soniy (1702-1711) hukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus hukmdorlari, Balxdagi Mahmudbiy qatag`on markaziy hukumatga bo`ysunmay qo`ydilar. Samarqand va Hisor viloyatlarida uyz qabilasi, Shahrisabz va Qarshida kenagas va mang`it qabilalari xonga qarshi isyon ko`tardilar. Ubaydullaxon soniy o`rniga xon ko`tarilgan Abulfayz (1711-1747) nomigagina xon bo`lib, hokimiyat bir guruh yirik boylar qo`liga o`tib qoldi.
Eron podshohi Nodirshoh (1736-1747) Movarounnahrdagi parokandalik va beqarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini o`ziga bo`ysundirdi. Shundan keyin hokimiyat, asosan nodirshoh tarafdori, mang`it qabilasidan chiqqan nufuzli, katta er egasi Muhammad Rahimbiy qo`liga o`tdi. Abulfayzxon o`ldirilganidan keyin taxtga o`tkazilgan Abulmo`min (1747-1751) va Ubaydullaxon soniy (1751-1753) nomigagina xon bo`lib, davlatning muhim ishlarini Muhammad Rahimbiy boshqargan.
1753 yilning 16 dekabrida Muhammad Rahimbiy xon bo`ldi. Shu kundan boshlab Buxoro xonligida hokimiyat Mang`itlar sulolasi qo`lida bo`lib, ular 1920 yilning sentyabr oyigacha hukmronlik qilgan.
1709 yili Markaziy hukumatning zaifligi tufayli Farg`ona vodiysida Qo`qon xonligi (1709-1876) tashkil topdi.
XVIII-XIX asrda uyrtimiz hududida Buxoro amirligi, Xeva va qo`qon xonligi mavjud bo`lib, Rossiya asta-sekin bu hududga siqilib kelib, o`z mustamlakasini o`rnatdi.
Bo`lib o`tgan siyosiy voqealarning ta`siri tarix faniga ham ta`sir etmasdan qolmadi. Natijada tarixshunoslik ham o`z taraqqiyotida ma`lum bir o`zgarishlarga yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |