Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

m
Бадое’ 
ул-eaqoe' 
/ Форсс.Иадан 
H.HopqyjioB 
таржимаси. - Тошкент:- 
Адабиётва сан’ат, 1979. - Б.94 - 95.
160 
Бу масала олимлар хомокидан турлисЬа шарЬлантан. Масалан, Ойбек 
Алишернинг CaMapqanraara g ‘ypypn ва табиахининг нозиклигини захмах 
ва Mamaqqax.aapra сЬидаш, кулфатларни о‘з исЬига ютиш деб билади 
(Алишер Навоий. - Б. 17). В.В.Бархолд Бобур келхирган «назоках» со‘зини 
«высокомерие» - «калондим ^'лик» деб харжима 
цилади.
Бу хусусда 
Ю.Брегел ёзади: «Как показал А.Н.Болдырев, холкование слова «назоках» 
В.В.Бархолда неверно; его следуех понимаг в данном слусЬае как 
«преувелисЬенная 
щепехилносх, 
быстрая 
«необоснованная 
раздражихелносх», (Мир Али Шир и полит, жизн. Комменхарии 
Ю.Брегеля. -С.226). Айни Ьолахда А.Н.Болдиров изоЬи жуда To‘g‘pH, 
Навоийнинг фaqpy фанога э ,тиqoдини билган ЗаЬириддин МуЬаммад 
Бобур «назоках» деганда хакаббурликни назарда тутмаган. «Бадое’ ул- 
Baqoe’» 
ва 
6omqa 
асарларда усЬровсЬи факхлар Навоийнинг нозиклиги 
унинг хез хафа бо‘лиши билан изоИланишини бир овоздан тасдиялайди. 
Иззах Султон ёзади: «...камхаринлик Навоийда hech касЬон инсоний 
иззах-нафс, о‘зига hyp мат Ьиссини пасайтирмади. Навоийда яхши 
ма’нодаги нозиклик, инсоний g‘ypyp бор эди» (Навоийнинг qaлб 
дафтари. - Б. 173).
202


kelib, xonaga kirgan Sohibdoroga qattiq ohangda “Alisheming 
uyi taomxonayu, Alisher oshpaz ekan-da, ulfatlar keladilar-u, 
osh yeb ketaveradilar”, - dedi. Sohibdoro darhol o'zini oqlashga 
o ‘tib , 
uning aybi yo ‘qligi va M iming o ‘zi uni bemor huzuriga 
y u b o rg a n lig in i 
eslatdi”.161
Mir ikki kun Sohibdoro bilan gaplashmaydi. Sohibdoro 
bu ahvoldan rosa tang bo ‘lib turgan mahalda M ir uni chaqirib, 
“Ey mavlono Sohib, g ‘alat va xatoga yo ‘1 qo ’ymaslik faqat 
P a rv a rd ig o rg a g in a
ravodir. M en kamoli g‘azabim tufayli seni 
ustod oxundni ko‘rishga joiiatganim ni yoddan chiqargandirman, 
senga e'tiroz bildirdim. Sen esa hammaga eshittirib shuni 
aytishing va Alisherga nima b o id i, qarib aqldan ozibdimi 
degandek hammaning ko‘z oldida meni sharmanda va xijil 
qilishing lozimmidi? Do‘stlik olami nima bo ‘ldi? 0 ‘tinib 
kuysang-u, mening xatoyimni berkitsang va meni odamlar 
hayratiga sababchi bo ‘lishdan saqlasang boim asm idi?” - deya 
dashnom beradi.
M a’lumotlar ruhiyatidan bilinadiki, Amir Alisher tab’i 
nozikligiga qaramay, hazil-mutoyibaga o ‘ch inson bo ‘lgan. 
A.Abdug'afurov Navoiy 
satirasiga bag‘ishlangan 
maxsus 
tadqiqotida shunday yozadi: “Navoiy tabiatida kulgi, yumorga 
moyillikning kuchli ekanligini ko‘rsatuvchi, kulgili holatga 
muvofiq ravishda kulgining turli daraja va xarakter egallashini 
ko‘rsatuvchi misollar ko‘p. Bularning shoir zamondoshlari 
tomonidan zikr etilganligi, ob ’ektiv xarakteri, ayniqsa, qimmatini 
oshiradi, m o‘tabar manbaga aylantiradi.162 “Makorim ul- 
axloq”da keltirilgan o ‘nta latifa va mutoyiba shundan shohidlik 
beradi. Ular falsafiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega b o iib , asos- 
e'tibori 
bilan 
m uallif tomonidan 
ongli 
ravishda 
kitob 
qahramonining turli fazilatlarini ochishga yo‘naltirilgandir.
161
Бадое’ ул-eaqoe’ / ФорссЬадан Н.Норяулов таржимаси. - Тошкент: 
Адабиёт ва сан’ат, 1979. - Б.94 - 95.
162
Абду§‘афуров А. Навоий сатираси. - Тошкент: Фан, 1966. 1-китоб. - 
Б
.8
203


Alisher Navoiyning kundalik turmushdagi ko‘pgina 
hazil-mutoyiba va askiyalari xalq ichida shunchalik mashhur 
bo ‘lganki, ular og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan, hatto keyinroq 
ba’zi kitoblardan ham o ‘rin olgan. Bu kitoblarda bayon etilgan 
askiyalar Xondamir “Makorim ul-axloq”da keltirgani kabi 
m a’rifiy 
ahamiyatga 
ega 
emas. 
Ular 
shunchaki 
ulug‘ 
kishilarining hayotiga doir oldi-qochdi voqeaiami berish niyatida 
kiritilgan. Masalan, Hakimshoh Kazviniy keltirgan latifalar 
shunga misol bo‘la oladi.163
M ir Alisher o ‘ziga qarata farosatsizlarcha aytilgan o ‘tkir 
hajvni, yuqorida aytilgan fe’li bois, tezda hazm qila olmagan 
ko‘rinadi. Buni “ Badoe’ u1-vaqoe’”dagi Majdiddin va Abulvose’ 
Nizomiy o ‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatdan ham bilish mumkin: 
“(Majdiddin) Abulvose’ga dedi: “Mahdum, yordam bering-u, 
lekin o‘z vaqtingiz va holingizga voqif boMing... inshoolloh, 
yaxshilik bilan o ‘tsin”. Mavlono Abdulvose’ dedi: “...Ertaga 
mening majlisga kelmaganim b o isin ... shu tufayliki, mana ancha 
vaqt b o ‘ldi, siz bilan Alisher o'rtalaringda do‘stlik niyatlari 
borasida sizda biroz g ‘ubor va kek ko‘rindi. Alhamdulilloh, 
Olloh taolo inoyati tufayli bu g‘ubor tarqaladigan bo‘ldi. Bu 
majlis va maxfil binosi so‘zsiz zaif hazil va yaramas mutoyiba 
asosiga qurilishi kerak. Mir Alisher olam so‘zamollarining 
peshvosidir. Hech bir imkoni yo‘qki, bu majlisda meni askiya 
qilmasaiar. Men u kishini mulohaza qilib, qarshi javob 
aytmasligim mushkil. Uning nozik mizoj ekanligi sizga m a’lum- 
ku! Natijada men tufayli o ‘rtadagi yarashish (muddaosi) barham 
yeydi”.164
Ko‘rinib turibdiki, ko‘pchilik Navoiy muxlislari unga 
qarshi javob aytishdan istihola qilganlar. Zayniddin Vosifiy 
m a’lumotlaridan yana bir narsani ilg‘ab olish mumkinki, uning 
Navoiy haqida keltirgan barcha naqllari o‘zining adresatiga ega 
va ular, asosan, Navoiyning yaqin davrasiga taalluqli insonlar 
b o ‘lib, 
hatto naqllarning mazmun-mohiyati 
ham 
boshqa
163
НакимшоЬ Казвиний. Таржумайи «Мажолис ун-нафоис». - Б.244.
164
Балое’ ул-saqoe’. - Б.98.
204


mualliflarning shu syujetli m a’lumotlaridan o ‘zgacha, Masalan, 
Hakimshoh keltirgan Navoiy va Sohibdoro mutoyibasi Vosifiy 
tomonidan ham keltirilgan, faqat xulosada tafovut mavjud. Unda 
“mot boMgan Navoiy kulib yubordi va ulovini do‘stiga taqdim 
etdi” tarzidadir.
Xuddi shunday holatlar Navoiy va Kamoliddin Binoiy 
o ‘rtasidagi hazil-mutoyibalar bayoniga ham taalluqlidir.
Manbalarda Navoiy va Binoiy munosabatlariga alohida 
e’tibor qaratilgan. Ularni o‘rganib chiqish Navoiy va Binoiy 
xarakterlariga xos bo‘lgan ayrim muhim nuqtalami baholash da 
foydadan xoli emas. “Bobumoma”da ham bu holatga e ’tibor 
berilishi bu ikki buyuk shaxs o ‘rtalaridagi munosabatlami 
oydinlashtirishga qaratilgan qadam sifatida baholanishi mumkin: 
“(Binoiy) burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu jihatdan 
Alisherbek ta ’n qilur ekandur. Bir yil Mirzo M arvga qishlashga 
borganda Alisherbek ham borur. Binoiy H iriyaa qolur. Ul qish 
musiqiy mashq qilur, yozgacha oncha boMurkiro, ishlar borlar. 
Yozda Mirzo Hiriyga kelganda savt va naqsh o ‘tkarur, 
Alisherbek taajjub qilub tahsin qilur. Musiqiyda tavr ishlar 
bogiabtur, ul jumladin bir naqshi bor, nuhrangg'a mavsum. Bu 
to‘qquz rangning tuganishi va naqshning maylosi rosttadur. 
Alisherbekka xeyli mutaarriz ekandur. Bu jihatdan xevli jafolar 
tortti. Oxir tura olmay Iroq va Ozarbayjonga Y a’qubbek qoshira 
bordi. Y a’qubbek qoshida yomon emas edi. Harifi majlis b o iu b
edi. Ya’qubbek o ‘lg‘ondin so‘ng ul viloyatlarda turmay, H iriyg‘a 
keldi. Hanuz zarofat va taarruzi bor edi. Ul jumladin biri 
budurkim, bir kun shatranj majlisida Alisherbek oyorini uzatur. 
Binoiyning (orqasiga) tegur. Alisherbek mutoyiba bila derki, 
“Ajab baloest dar Hiriy, agar po daroz mekuni ba (pushti) shoir 
merasad”. Binoiy derkim, “Agar jam mekuni harn ba (pushti) 
shoir merasad”. Oxir bu zarofatlardin yana Hiriydan Samarqand 
azimati qildi. Alisherbekki qalin nimalar ixtiro* qilib erdi va 
yaxshi nimalar ixtiro4 qilib edi. Har kishikim, har ishta bir nima 
paydo qildi, ul nimaning rivoj va ravnaqi uchun “Alisheriy” der 
edi. Ba’zi zarofat bila Alisherbekka isnod qilurlar edi.
205


Nechukkim, Alisherbek quloq og‘rig‘ida yorliq bog‘log‘on 
uchun xotunlar ko‘k yog‘lig‘ni qiyiq bog‘log‘onni “nozi 
Alisheriy” ot qo ‘ydilar. Bu jumladan Binoiy Hiriydin azimat 
qilur vaqt eshagi uchun polondo‘zg‘a g ‘ayri muqarrar polon 
buyurur, otini “Alisheriy” der, “poloni Alisheriy”g ‘a mashhur 
bo‘Idi”.165 Manbalarning deyarli barchasida Mir Alisherga o ‘tkir 
javoblar aytishdan hayiqmagan yagona inson Kamoliddin Binoiy 
boMganligi va Hirotdan uzoqda yurishga majbur boiganining 
sababi ham shunda deyilgan. Vosifiy Binoiyning o ‘z tilidan 
“Amir Alisherning tab ’i 
nozikligi 
va (mendan) 
mizoji 
qaytganligi tufayli Xuroson mamlakatida yashash imkoniyati 
bo‘lmay qoldi. Dumorim taxtgohida Iroq mulki sayri havosiga 
jazm qildim...” deb keltirgan.166
Amir Alisher Binoiyni shoir sifatida ancha qadrlagan va 
o‘z 
navbatida, 
uning 
quyushqondan 
chiqqan 
so‘zlarini 
ko‘tarishga harakat qilgan. Binoiyning Iroqdan qaytib kelgandan 
so‘ng ham Mir Alisher majlisiga taklif etilishi shundan dalolat 
beradi».167
Alisher Navoiy Binoiy bilan o ‘rtalarida voqe’ b o‘lgan 
askiyalarda 
mardona 
turgan. 
Biroq 
Navoiy 
askiyadagi 
axloqsizlik, izzat-nafsga tegish o‘z m e’yorida bo‘lishi tarafdori 
edi, shu bilan birga, g ‘arazli kinoyani umuman o ‘ziga singdira 
olmagan. Shu o‘rinda taniqli navoiyshunos A.Abdug‘afurovning 
Navoiy ijodini 
o ‘rganish 
natijasida chiqargan 
tubandagi 
xulosasini keltirib o ‘tishni m a’qul ko ‘ramiz: “Navoiy o ‘rinsiz, 
asossiz, hayosiz kulgini, zo‘rma-zo‘raki, yuzaki, faqat kulgi 
uchun bo‘ladigan kulgini odobsizlik belgisi deb ataydi. Bunday 
paytlarda Navoiyda kulgi termini, ko ‘pincha, tor m a’noda ham 
ishlatiladi va u hazil-mutoyiba mazmunlarini ifodalab keladi. 
Hazil-mutoyiba m a’nosidagi kulgi nihoyatda ehtiyotkorlik bilan 
ishlatilishi 
kerak, 
m a’lum 
odob 
chegarasidan 
tashqari 
chiqmasligi, shaxsiyatga tegmasligi, uni haqorat etmasligi kerak.
165
Бобурнома. - Б, 162
166
Бадое’ ул-eaqoe’. Матни интияодий. - С.605.
167
Ко'ратилган асар. - С .616-617.
206


Quruq bema’ni, “tovon kichigini” eslatuvchi kulgilar Navoiy 
tomonidan qoralanadr’.168 “Makorim ul-axloq” va “Badoe’ ul- 
vaqoe’” asarlarida keltirilgan ko‘pgina mutoyibalar shundan 
dalolat beradi.
Jumladan, “Badoe’ ul-vaqoe” ’ muallifi shunday naql 
qiladi: “Shunday deydilarki, Mavlono Binoiy Iroqdan kelgan 
mahallarda bir kuni M im ing fozillar bilan to ‘la majlisida Mir 
(Binoiydan) Y a’qubbekning (Oqquyunlilar sultoni - Sh.S.) 
latiflik va zariflik fazilatlari haqida so'zlab berishni so‘radi. 
Binoiy dedi:
- Y a’qubbekning latofati va zarofatidan ham maqtagulik 
fazilati shu ekanki, u turkiy tilda (so‘z) aytmas ekan,
Mir (achchiqlanib) dedi:
- Ey Binoiy! Dag‘allik va axmoqlikni haddidan oshirib 
yubording!” 169
Manbalardagi 
m a’lumotlar 
umumlashtirib 
tahlil 
qilinganda, XVI asr boshida yaratilgan asarlarning deyarli 
barchasida, Navoiyning tez ranjishlik odati bilan birga, uning 
kechirimliligi 
ham qayd 
etilib, 
buning tasdig‘i sifatida 
Binoiyning bir necha marta Mir majlisiga qayta taklif etilishi 
misol tariqasida keltiriladi. Binoiy ham Navoiyni juda hurmat 
qilgan va unga qator qasidalar bag‘ishlagan. Yuqorida mazkur 
bo‘lganidek, 
Binoiy 
Iroqdan 
qaytganda Alisher Navoiy 
tomonidan yaxshi kutib olingan va mushoaraga taklif etilgan. 
Binoiy shu paytlarda Amir Alisherga bagMshlab yoza boshlagan 
qasidasini tugatib unga jo'natadi.
Ammo mushoarada Navoiyning dilini og‘ritib qo‘ygani 
bois eski yarasi yangilangan shoir qasidani qabul qilmaydi. 
Oqibatda Binoiy qasidani o ‘zgartirib Samarqand holcimi Sulton 
Ahmad mirzo nomiga bag'ishlaydi va Amir Alisherni hajv 
etgancha Samarqandga jo ‘nab ketadi.
168
Абдук‘афуров А. Навоий сатираси. - Б.29.
169
Бадое’ уя-eaqoe’. Матеи интицодий. - С.614.
207


M azkur qasida bizgacha yetib kelmagan. Shu tariqa u 
ancha paytgacha Hirotga qayta olmagan. U hijriy 876 (1471 - 
1472) yili Samarqanddan turib Navoiyga bag‘ishlab “Majma* ul- 
g‘aroyib” nomli qasida yozgan. Qasida yaratilgan yiliga muvofiq 
876 baytdan iborat. U ko'proq Navoiyga uzrxohlik bilan 
yozilgan “xasbi hol”ga o ‘xshab ketadi. Bu qasida Navoiyga yetib 
borganligi m a’lum emas. Tarixdan m a’lumki, Binoiy Sulton 
Husayn Boyqaro davrida Hirotga qaytmagan va bu qasida haqida 
Navoiy zamondoshlaridan birortasi m a’lumot qoldirmagan, 
Hatto Bobur ham “ Bobumoma”da bu haqda lom-mim demaydi. 
Navoiyning o ‘zi mazkur qasida yozilgan yili qayta tahrirdan 
chiqargan 
“Majolis 
un-nafois” 
tazkirasida 
bu 
haqda 
eslatmaganligidan qasidaning Navoiyga yetib bormaganligi 
seziladi. Bizga qasidaning 140 bayti m a’lum b o ‘lib, u Zayniddin 
Vosifiyning “Badoe’ ul-vaqoe” ’ asarida keltirilgan.1 0
Ilk 
manbalardan 
olinadigan 
tasavvur 
shundayki, 
Kamoliddin Binoiyning shoirlik iqtidorini Navoiy ehuqur hunnat 
qilgan. Biroq Binoiy o'zining qaltis askiya va qochirimlari bilan 
ulug‘ shoir nafsoniyatiga tekkan holatlar b o ig a n . Mirzo 
Haydarning “Tarixi Rashidiy” asaridagi mutoyibada shunday 
deyiladi: “Binoiy ham fozil inson va komil shoirdir, U va Mir 
Alisher o ‘rtasida o‘tgan askiyalar mashhurdir.
Binoiy Mir Apisherga ko‘p qochirim qilar ekan va Mir 
ham askiya qilib: “Mavlono Binoiy jinni b o iib qolibdi, uni “Dor 
ush-shifo”ga eltib no‘xat atala va tovoniga urish bilan 
davolanglar”, - degan ekan. Shunda u qochib, Iroqqa ketgan 
ekan. U yerda Sulton Ya’qub muruvvatidan bahramand bo ‘lib, 
bir necha muddat o ‘tgandan so‘ng Hirotga qa>tibdi.
M ir Alisher bir kishi orqali uni chaqirtirib va lutfu 
oshnolik ko‘rsatib, izzat-ikrom bilan kutib olibdida, o‘tgan 
voqealardan uzrxohlik qilibdi. Binoiy ham o ‘z askiyalari uchun 
uzr so‘rabdi va ular yarashibdilar. Majlisda Mir Binoiydan 
iroqliklar qanday taassurot qoldirganliklarini so‘raganda, Binoiy
170 
Ко‘рсатилган acap. - C.595 - 605.
208


iroqliklaming hech ham turkiy she’r yozmaydiganlari zo‘r 
taassurot qoldirganligini aytibdi. Shunda Mir:
Sen hali ham o ‘zingga kelmabsan-ku, qo‘y bunday 
qochirimlarni! Do‘stlik, ahillik va rostlik yuzasidan gapirchi, 
bizning devonlardagi qaysi matla yaxshidir? - deb so'rabdi. 
Binoiy: - Quyidagi matla’ xalqqa yoqadi, - debdi: 

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish