Alisher navoly nomidagi toshkent davlat



Download 101,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/132
Sana01.06.2022
Hajmi101,6 Mb.
#629575
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132
Bog'liq
Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g\'oyaviy

NAVOIY SAMARQANDDA
Barcha manbalar Alisher Navoiyning Samarqanddagi 
hayotini 
tahsil 
bilan 
bog‘laydilar. 
Dastlabki 
m a’lumot 
Abdurazzoq Samarqandiyga tegishli.119 Mirxond ham shunday 
fikmi bildiradi. Ammo Samarqand safarining sabablari xususida 
farq bor. Mirxond Navoiy Samarqandga Xurosonda “o ‘ziga 
munosib e’tibor topmaganligi” uchun ketgan deb hisoblaydi.120 
Xondamir “Xulosat ul-axbor”da shoirning Samarqandga ketish 
sabablarida chuqurlashmagan, ammo u diqqatni Navoiy «taqdir 
jafokorligi oqibatida Husayn Boyqarodan uzoqlashib ketdi» 
degan fikrga qaratadi: “Hazrati sultonning yaqin kishisi (Navoiy) 
go'daklik chog‘idan bolalik tongining nihoyasigacha ul muzaffar 
bayroqli sultonning yonida b o ig a n va jafokor taqdim ing vositasi 
bila bir qancha vaqt uning xizmatidan uzoqlashib ketgan b o iib , 
Samarqanddan yetib keldi”.121 M azkur ikki asarning yozilgan 
vaqti 
Alisher Navoiy qudratli 
podshoh 
Sulton 
Husayn 
Boyqaroning yaqin kishisi sifatida izzat va ikrom sohibiga 
aylangan bir vaqtga to ‘g ‘i kelishini hisobga olsak, mualliflarda 
tarixchilarga xos maddohlik xususiyatini sezish mumkin. Biroq 
Xondamirning fikrini Abdurazzoq Samarqandiy fikriga qarshi 
fakt sifatida qarash to ‘g ‘ri emas. U tahsil uchun borilganini inkor 
etgan emas. Balki ularning do‘stliklarmi yana bir karra ta’rif- 
tavsiflagan va ikki do ‘stnmg aneha payt ko4rishmagan!iklarini 
ulaming Hirotdan tashqarida yurgan judolik davrlari bilan 
ifodalagan. Shunday esada, “Ravzat us-safo”da o‘ziga munosib 
e ’tibor topmaganligi uchun Samarqandga ketganligi haqidagi 
ta ’kiddan Navoiyning iqtidori Hirotda yetarli baholanmagani va
119
Матлаи са’дайн ва мажмаи бахрайя. 3318-варак.
120
Равзат ус-сафо. Босма. - Лакхнау, XIX аср. VII жилд. - Б, 15.
121
Хулосат ул-ахбор... ро'лезм а. 0 ‘зРФА ШИ, инв. №2209. 460c-eapaq.
186


u n in g H iro td a n k e tis h ig a t o ‘g ‘ri k e lg a n lig ig a a m in boM ish 
m u m k in .
M azkur m a’lumotlaming mavhum va qisqa tarzda 
keltirillshining sababi shundaki, ular, avvalo, Navoiyga maxsus 
bag'ishlab 
emas, 
balki 
yo‘l-yo‘lakay 
aytib 
o‘tilgan 
ma’lumotlardir. Ushbu ta ’kidlar faqat tarixiy asarlarda qayd 
etilgan, Sulton Husayn Boyqaroning taxtga o ‘tirishi munosabati 
bilan keltirilgan tafsilotlardir. «Taqdir jafokorligi» iborasiga 
kelsak, Xondamir Navoiyning poytaxtdan uzoqligini nazarda 
tutgan. U ehtimol, ixroj sabablaridan to‘la bo‘lmasa-da, qisman 
xabardor boMishi ham mumkin. Chunki Navoiy vafotidan so‘ng 
yaratgan “Habib us-siyar” asarida xuddi shu voqealar bayoniga 
aniqlik kiritib: “Sulton Abu Sa’id zamonida Hirot dor us- 
saltanatiga qaytib, bir muddat ul iqboloshiyonlik ostona 
xizmatida bo‘ldi. Ammo o ‘z holiga yarasha daraja va rioyat 
topmagach, Xurosondan Samarqandga ketdi” tarzida Abu Sa’id 
nomint 
ochiq-oydin 
ko‘rsatib 
o ‘tgan.122 
Demak, 
oldingi 
asarlarida sultonning nomini ochiq k o ‘satishga nimadir xalal 
bergan. 
Bizningcha, 
Amir 
Alisher 
“Xulosat 
ul-axbor” 
yozilayotgan paytda bu masalaga alohida e ’tibor qaratilishini 
xohlamagan, shekilli.
Buyuk adibning o ‘zi Samarqanddagi hayoti haqida kam 
m a’lumot qoldirgan. “Majolis”dagi qaydlar asosida uning Uloi 
Shoshiy, M avlono Y usuf bilan tanishuvi, Fazlulloh Abu Laysiy 
madrasasida ta ’lim ola boshlashi, Y usuf Badeiy bilan oshno 
kirishishi kabi ijod ahli bilan munosabatini yoritish mumkin.ш
Mavlono 
Mir Qarshiyning sahhoflik 
do‘konida o ‘tkazib 
turiladigan mushoaralarda qatnashib turganligi124, M avlono 
Riyoziy bilan she’r ustida bahs yuritishi uning Samarqand 
fozillari bilan yaqin aloqada bo'lganligini tasdiqlaydi.125 Yana
122 Набиб ус-сияр. - Б.217.
123 Мажолис ун-нафоис. -Б.60.
*24 Ко'рсатилган асар. - Б.58.
Л5 Ко'рсатилган асар. - Б.59.
187


ba’zi xotiralar borki, maxsus ko ‘rsatilmagan esa-da, ular Sa- 
marqand davriga taalluqli, degan fikrdamiz. Masalan, Navoiy 
Mavlono Riyoziy fikrasida quyidagi voqeani esiaydi:
Bu g ‘arro m atla’ aningdurkim:
Sitoraest duri go‘shi on hilolabro%
Zi ro 4i husn ba xurshed mezanad pahlu.
Ikki m isra’ orasida rabt jihatidin bir «ki» lafzi kerak. 
Faqir anga dedimki, bu nav’ yaxshiroq bo ‘lg ‘ayki:
Zi ro‘i husn duri go‘shi on hilolabro‘,
Sitoraestki, bo moh mezanad pahlu.
Insof yuzidin kerakki, musallam tutsa erdi, jadal bunyod 
qildi, faqir soqit b o id im . 0 ‘z yoronlari taloshtilar ham qabul 
qilmadi, Samarqandda favt b o ‘ldi” .126
Riyoziyning o ‘rinli tanqidga e ’tiroz bildirishidan bu 
voqea Navoiyning yigitlik davrida ro ‘y bergan deyish mumkin. 
Zero, Navoiy o ‘rta yoshlarda shunchalik mashhurlik tutgan ediki, 
uning maslahatlariga, hatto Abdurahmon Jomiy quloq osar edi. 
Demak, Navoiyning shoirlik mahorati yuksak esa-da, hali yosh 
yigit ekanligi seziladi. Voqeaning Samarqandda sodir b o lg an ig a 
Riyoziy “samarqandligdur” va “Samarqandda vafot etdi” deyishi 
dal il b o iish i mumkin. Chunki “Majolis”da qo‘llangan qurilma 
bo‘yicha zikr etilgan voqea tavsiflanmishning o ‘z vatanida yuz 
bergan esa, Navoiy shoir vatanini tilga olish bilan kifoyalangan. 
Agar shoir boshqa joyga ko‘chib borgan bo'lsa, ayni asar 
yozilayotgan davrda muqim turgan joyi ta ’kidlangan masalan, 
“Andijondindur, 
so‘ngra 
Samarqandga 
bordi”). 
Shunga 
qaraganda, Riyoziyni samarqandlik deyish asnosida Navoiy 
voqea Samarqandda bolg an ig a ham ishora etgan.
Navoiyning Samarqandda yashash tarzi qanday b o ig an i 
borasidagi m a’lumotlar bir-biriga zid. Jumladan, Zahiriddin 
Bobur «Bobumoma»da Alisherbekka Samarqandsa Ahmad
126 o -Illa ерда.
188


Hojibek murabbiy va muqavviy (homiy) b o ‘ld i127 deyishidan 
uning hokim tomonidan moddiy qoilab-quvvatlanganligini 
bilish mumkin. Faxriy Hirotiy negadir bu davrda shoir nochor 
ahvolda yashagan degan fikrni bildiradi128. Har ilckala m uallif 
ham Navoiyning kiehik zamondoshlari va e ’tiborga loyiq fozillar 
sanalishi tufayli masalaning yechimi, tabiiyki, uchinchi ovozni, 
tarozi pallasidagi mulohazalar muvozanatini uzil-kesil hal qilishi 
mumkin bo‘lgan yana bir xolis manba bo'lishini taqozo etadi. 
Afsuski, u yo'q. Ana shu muammoga duch kelgan ko'pgina 
navoiyshunoslar 
uning 
yechimini 
buyuk 
shoir 
ijodidan 
izlaganlar. Ye.E.Bertels Navoiyning Samarqandga kelgan id an 
so‘nggi kayfiyatini bildirish niyatida shoiming «Hayrat ul -abror» 
dostonidagi o ‘n birinchi maqolatda keltirilgan yosh tolibi ilmning 
katta shahardagi ahvoli bayoniga suyanadi va “Alisher she’rda 
tasvirlangan kabi kambag‘al sifatida kelmagari bo ‘isa ham, 
ammo begona shaharda yoru birodarsiz, kimsasizlikdan o ‘zini 
yo‘qotib qo‘yish hollari karn b o ‘lmagan bo‘lsa kerak”, deb 
xulosa chiqaradi.129 Xuddi shu she’r V.Abdullaevning kitobida 
ham 130, Izzat Sultonning kitobida ham keltiriladi.131 V.Abdullaev 
uni qashshoqlik va muhtojlikka izoh sifatida keltirsa, Izzat Sulton 
muhtojlik va mag‘rurlik tasdig‘i sifatida ko‘rsatgan. Ye.E.Bertels 
ham, umuman olganda, Navoiyning Samarqanddagi hayotini 
qashshoqlikda o ‘tgan deb hisoblaydi.
Taxminimizcha, 
Zahiriddin 
Bobur 
o ‘z 
xulosasida 
Xondamirdan eshitganlari va «Makorim ul-axloq» asarida 
shoiming 
Samarqanddagi 
hayotidan 
keltirilgan 
lavhalar 
ruhiyatidan kelib chiqqan bo‘lsa kerak. Faxriy esa Navoiyning 
o‘z og‘zidan eshitganlari asosida “sovuq kechalaming birida 
Alisherning 
hammomga 
borish 
zarurati 
tug‘ilgani 
va 
hammomchiga yonidagi juzvdonini garovga qo ‘ymoqcbi bo ‘Isa
127
Бобурнома. - Б. 153.
128

Download 101,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish