NAVOIY VA ABU SA ’ID MIRZO M UNOSABATLARI
Navoiyning Abu Sa’id mirzoga nisbatan qahr va alami
uning asarlarida ochiq namoyon bo ‘lgan, ammo asl sabablari
ma’lum emas. Ye.E.Bertels o ‘zining “Navoiy” monografiyasida
mazkur masalada aniq fikr bildirmagan: bir joyda “Alisher 1464
yili Mashhaddan Hirotga qaytdi. 1466-1467 yili Badaxshonda
Navoiyning do ‘stlari tomonidan ko ‘tarilgan qo ‘zg‘olon Abu
Sa’id tomonidan bostirilgach, u qochib, Samarqandga ketdi” 101
desa, boshqa bir joyda Navoiyning yuqoridagi e ’tirofiga
diqqatini qaratgan shekilli, “u 1467 yili Abu Sa’id tomonidan
Mashhadga surgun qilindi”, - deb ko‘rsatadi,102 Olim negadir bu
ikki xil qarashni mantiqan dalillamagan. Sadriddin Ayniy
Alisher Navoiy va Abu Sa’id o ‘rtasidagi ixtilof Husayn
Boyqaroning, Mir Said Qobuliy va Muhammad Ali G ‘aribiyning
hamda Badaxshon shohlarining shoirga yaqin odamlar ekanligi
vajidan paydo b o ig a n deb ko‘rsatadi.103 Oybek ham shunday
hisoblaydi.104 Ayniy “Abu Sa’id 1466 yilda Alishemi surgun
qilishga hukm chiqardi va Hirotni tark etib, Samarqandda
101
Бертелъс Е.Э. Навои и Джами. - С.77.
I0‘ Курсатилган асар. - С.99.
103
Айний С. Навой: Куллиёт, - С.284 - 285.
Ойбек М. Алишер Навоий: Мукаммал асарлар туплами. 19 томлик. -
Тошкент: Фан, 1979. T.XITI.- Б. 15- 16.
179
yashashni buyurdi. Ahmad Hojibek Alishemi o ‘zi bilan birga
olib ketadi. Chunki unga Sulton Abu Said tomonidan Alishemi
saqlash topshirilgan edi” 105, deydi. Olim Sharafiddinov “Navoiy
Samarqandga 1465 yilda surgun qilinadi va uni Ahmad Hojibek
Hirotdan
Samarqandga
nazorat
qilib
boradi”
degan.106
V.V.Bartold yozadi.: “Xondamirga binoan, Mir Alisher Hirotga
Abu Sa’id huzuriga kelib bir qaneha vaqt yashadi. 0 ‘zi kutgan
e ’tibomi sezmagach, Samarqandga ketdi. Bobur so‘zlariga
qaraganda, Mir Alisher Samarqandga Abu Sa’id tomonidan
qandaydir xato uchun surgun etilgan. M ir Alisherning o ‘zi tahsil
uchun borganligini aytadi. U paytlarda tahsil uchun Hirotdan
Samarqandga
bormas
edilar.
Demak,
uning
Hirotdan
Samarqandga ketishi surgun sifatida qaralishi lozim”.107 Bartold
o ‘z taxminining ishcnarli chiqishi uchun b a’zi m a’lumotlami
qasddan noto‘g ‘ri sharhlaganidan ham ko ‘z yumib bo‘lmaydi.
Jumladan, u shunday yozadi: “Navoiy hayotining bu davrini
yoritishda balki uning go‘zal va fasih tilli, “qalbini asir etgan”
(k o ‘nglumni base sayd qildi) shayx Sadriddin Rivosiy haqidagi
hikoyasi b a ’zi aham iyatga ega bo‘lishi mumkin. Unga hatto oliy
darajadagi shaxslat ham (Badaxshon shohi va podshoh ham)
jazrnan edilar, M ir Alisherning badaxshonliklar bilan yaqin
aloqasi x-871 yil voqeasidan so‘ng uning hayotiga ta ’sir qilgan
boMishi mumkin. Bunga sultonning shayxni uning do‘stlaridan
rashk qilgani harn qo‘shi lgan b o lish i mumkin”.108
Bertels ham ‘'N avoiy” monografiyasida Navoiyning
Samarqkandga borganligini surgun hisoblab, bu paytlarda
Satnarqand ilm-fan m arkazi emas edi, deb fikr bildiradi. U
Bartold singari Sadriddin Rivosiy masalasini ko‘rsatmasada,
ammo tog‘alari va badaxshoniylar fojeasidan keyin shoir
qochishga majbur b o ‘ldi, deb ta’kidlaydi.109 Bertelsning mazkur
105 Айний С. Навой: Куллиёт. - C.284.
106
Шарафиддинов О. Алишер Навоий, - Б.5.1 - 52.
107
Бартольд
В .В .
Мир Али Шир и политическая жизнь. - С.223 - 224.
108
Бартольд
В .В .
Мир Али Шир и политическая жизнь. - С.225.
109 Бертельс Е.Э. Навои. С.77.
180
tadqjqotda bunday yuzaki yondashuvining m a’lum sabablari bor
deb bilaman. U o ‘ta sinchkov manbashunos va bilimdon
n a v o iy sh u n o s
b oisa-da, Bartold konsepsiyasini buzmaslik uchun
uning xulosalari bilan manbalar orasidagi ziddiyatli likrlarga
aniq chek qo‘ymagan va barchasini bir-biriga moslashtirishga
majbur b o ig an . Shunday ekan, “surgun” masalasini qayta k o ‘rib
chiqish navoiyshunoslikning dolzarb masalasiga aylanadi.
Biz bu masalada nima deyishimiz mumkin? Manbalarda
“ s u rg u n ”
m a’nosida qoilanishi mumkin b o ig a n “b a d a rg V yoki
“ixroj qilish” iboralari Zahiriddin Muhammad Bobuming
“Bobumoma”sida ishlatilgan. U Navoiy haqida gapira turib,
“Bilmon, ne jarim a bila sulton Abu Sa’id mirzo Hirotdin ixroj
qildi. Samarqandga bordi, necha yilkim, Samarqandda edi”
degan.110
Bobur aslida “Abu Sa’id Navoiyni Samarqandga nega
surgun qildi?” deb emas, balki “Bilmayman, qaysi gunohu uchun
Hirotdan chiqarib yubordi?” degan mazmunda gapirgan. Mana
shu farkni tushunishning o'ziyoq shoir tarjimai holidagi b a’zi
to‘qimalami bekor qiladi. Bobur Navoiyning saroydan ketishi
Abu Sa’id bilan bogiiqligini bilib, shohning xatti-harakatini
qoralagan. Chunki shoirlar va iim ahliga homiylik qilish shohlik
rasmi b o ig a n . Shoirlar va ilm ahli siyosatda betaraf boiganlar.
Ular bir podshohdan qanchalik muruvvat ko ‘rsalar, uning
vafotidan keyin unga m uxolif (hatto qotiii) b o ig a n keyingi
podshohlardan ham shunchalik muruvvat ko‘rganlar. Shahardan
badarg‘a qilish shoir tomonidan sodir etilgan juda o g ir jinoyat
uchun ravo k o ‘rilishi mumkin. Zahiriddin Bobur Navoiy
siymosida mudhish jinoyatchini
ko‘rmagani
uchun ham
shohning bu ishidan taajjublangan, Chunki shoirlar qadim-
qadimdan saltanat bezagi hisoblanganlar, sulton nomini dunyoga
taratganlar, ulug‘vorligini tarix sahifalariga naqsh etganlar.
Shoirlar va ilm ahliga homiylik qilish barcha sultonlarga obro‘
keltirgan. Aks holda, shoirlaming o ‘tkir hajvlari sulionni yetti
110
Бобур. Бобурнома. - Тошкент: Юлдузча, 1989. - Б. 153.
181
iqlimga kulgu etishga ham qodir edi. Navoiyning Hirotdan
chiqib ketishiga surgun tusini berish V.Bartold uchun nega zarur
bo‘lgani tushunarli. U Bobuming fikri atrofida manbalardagi
barcha faktlami o ‘z yoMiga moslashtirdi. Jumladan, Navoiyning
Badaxshon shohlariga hurmati, Husayn Boyqaro bilan do‘stligi
holatlarini
bo'rttirish
orqali
Abu
Sa’idning
uyushgan
muxoliflarini “tashkil” etdi. Yana bir qo‘shimcha sifatida Shayx
Sadriddin Revosiy shaxsini siyosiy sahnaga olib chiqdi. Bartold
ssenariysi bo‘yicha, Abu Sa’id Sadriddin Revosiyni rashk qilib,
Badaxshon shohini qatl ettiradi, Husayn Boyqaro josusi
Navoiyni Samarqandga surgun qiladi.
Alisherning tog‘alari shoirtab’ bo ‘lsalar-da, asosiy
kasblari sipohiylik edi. Ularning Boyqaro lashkarboshilari
qatorida Abu Sa’idga qarshi jang qilishlari va shahid bo iish lari
umsh qonuniyatlariga taalluqli. Badaxshon shohi taqdiri ham
xuddi shunday. Shu bois Navoiyning tog'alari yoki Badaxshon
hokhnining Abu Sa’id buyrug‘i bilan qatl ettirilishi sulton va
Navoiyning bir-birlariga sovuq munosabatda bo‘lishlariga asos
bo‘la olmaydi (Navoiyning jiyani Amir Haydaming Husayn
Boyqaro tomonidan qatlga buyurilishi kabi). Qolaversa, Navoiy
Abu Sa’id Mirzo zamonida siyosat bilan shug‘ullanmagan yosh
shoir edi. Husayn Boyqaro Abulqosim Bobur vafotidan so'ng
Navoiy bilan ko'rishmagan, Navoiy esa bu davrda Hirotda ham,
Mashhadda yurgani kabi, shoirlar muhitida, jo ‘shqin ijod bilan
band, siyosatdan ancha yiroq shoir sifatida tasavvur uyg‘otadi,
Oybek ham Mir Alisherning Sulton Husayn “qozoq”liklarda
yurganda u bilan aloqasi bo‘lmagani va Hirotda yuz bergan
fitnalarda uning ishtiroki m a’lum emasligini qayd etgan.111
Agar Abu Sa’idning Navoiyga Husayn Boyqaro tufayli
xusumati bo‘lganda, uning o‘g ‘li Mirzo Sulton Ahmad Husayn
Boyqaroga qarshi urush ochganda Navoiyni o ‘zi bilan olib
ketmasdi. Bu haqda “Ravzat us-safo”da quyidagicha m a’lumot
111
Ойбек. Адабий-танкидий маколадар //М укаммал асарлар туплами. -
Тошкент, 1979. T.XII1. - Б. 17.
182
mavjud: “...az Xuroson ba Samarqand rafta dar xonaqohi Xoja
Jaloliddin Fazlulloh, sokin gasht... to darin ayyomki, Mirzo
Sulton Ahmad bino bar tavajjuhi xoqoni mansur ba subi Xuroson
az obi Amuya guzasht amir Alisher niz hamrohi urdu ravon
shuda bud. B a’d az tahqiqi xabari voqeai Sulton Abu Sa’id va
istiloi hoqoni mansuri muzaffarlivo bar baldai foxirai Hirot az
amir Hojibek ruxsat talabida ijozat xos il namuda va ruy ba Hirot
ovard”. " 2
(..J
Do'stlaringiz bilan baham: |